Qadimda Iyla nomli qishloq bo‘lib, uning aholisi baliq ovlash bilan tirikchilik qilishardi. Mana shu qishloqda Bani Isroil sulolasidan bo‘lgan bir qavm istiqomat qilar edi. Bani Isroil avlodlari ota-bobolari kabi shanba kunini muqaddas hisoblashar va shu kunni faqat ibodat uchun bag‘ishlashib, boshqa hech bir dunyoviy ishlar bilan mashg‘ul bo‘lmas edilar. davomi... |
Butun bir mamlakatning OAVlari haqidagi ma'lumotlarni bitta maqolada jamlashning imkoni yo‘q. Shuning uchun bugungi Britaniya matbuoti xususida qisqacha to‘xtalib o‘tmoqchiman. Britaniya matbuotidan andoza olsa bo‘ladigan, qolaversa, ularga o‘zimizning tanqidiy fikrlarimizni bildiradigan joylari bor. |
|
davomi...
|
|
yoxud olamning ikki yarim kunlik sarfiga teng olmos haqida Oriyatdan yaralgan millat O'tmishda yashab o‘tgan buyuk shaxslar nimaga erishgan bo‘lsalar hammasiga qalblaridagi oliy tuyg‘u- milliy oriyatning kuchi tufayli erishgan. O'rta asrlardagi dunyoning 700 ta buyuk shaxsidan 500 tasi bobolarimiz bo‘lgani bizga katta sharaf va mas'uliyat yuklaydi. |
|
davomi...
|
Kitobga insonni shaxs sifatida shakllantiruvchi asosiy vositalardan biri sifatida qaraladi. Lekin negadir so‘nggi paytlarda uning ahamiyati biroz kamayayotgandek. Avvaliga bunga televizorni ro‘kach qilgan bo‘lsak, endilikda kishilarning asosiy axborotni kompyuter orqali internetdan olayotgani sabab qilib ko‘rsatilmoqda. |
|
davomi...
|
Erkin A'zam ARALASHQO’RG’ON
Musofirning o‘rtancha qizini Kattakonning kuchugi qopgani xabari kelganda biz qo‘rg‘on og‘zidagi qo‘lbola choyxonamizda qartabozlik bilan mashg‘ul edik. Ie, qachon? Qanday qilib? O’sal emasmikan? Hamma taajjubda: jonivorning jag‘i bir zum tinmagan edi-ku, akillay turib ham qopar ekanmi? |
|
davomi...
|
|
kelajak tibbiyoti imkoniyatlarini kengaytira oladimi?
«Sayns» jurnalining bir sonida quyidagilar bayon etilgan: «1995 yili AQSh Ilmiy Kengashi a’zolari qarshisida 8 yoshli Ashanti de Silva ismli yoqimtoygina qizaloq paydo bo‘ldi. O‘sha paytdagi kongressmenlardan biri Jorj Braun uni kengash a’zolariga tanishtirar ekan «Ro‘parangizda mo‘jizaning tirik isboti turibdi», dedi». |
|
davomi...
|
"Biz Islomni bilamizmi?" viktorinasi juda ko'p tolibi ilmlarni kitob titkilashga, yaxshi kitoblarni sotib olib, undan ilm hosil qilishga undagani bizni judayam xursand qildi. Ramazon hayiti munosabati bilan viktorinaning 4-bosqichini e'lon qildik.
"Biz Islomni bilamizmi?" viktorinasining 4-bosqichi inshaalloh 2010 yil 10 sentabr, juma kunidan boshlanadi. |
|
davomi...
|
Nurulloh Muhammad Raufxon OQ BINO OQSHOMLARI
Hafizalarning uyi Tuyulning chiqaverishida, Jaloyirning kiraverishida joylashganidan bu uydagilar ikkala qishloqqa ham birday edi. To‘ygami, ma’rakagami — ikkala yoqqa ham boraverishar, begonasirashmas edi. Qolaversa, bu qishloqlarning oti bo‘lak, maktabi bo‘lak, xolos, qabristoni qariyb bir-biriga ulanib ketgan. |
|
davomi...
|
|
Hayotida hasad illatiga u yoki bu darajada duch kelmagan kishi kam topiladi. Uning ijtimoiy zarari esa o‘rnini qoplab bo‘lmas darajadadir. Xo‘sh, u qanday paydo bo‘ladi? Uning davosi bormi? Bunday savollar har qanday kishini o‘ylantirishi, tabiiy. Quyidagi mulohazalar shu xususida. HASAD Bu dunyoda kim hasadgo‘ylardan qutulgan? Kimki o‘z vatandoshlari nazdida qanchalik yuksaklikda tursa, shunchalik katta mavqeni egallasa, u shuncha tez hasadgo‘ylarga nishon bo‘ladi. Jorji Amadu, braziliya yozuvchisi |
|
davomi...
|
O‘rta asrlardagi buyuk Sharq mutafakkiri, o‘z ijodi bilan ijtimoiy falsafa, tilshunoslik, mantiq, adabiyotshunoslik, she'riyat, ijtimoiy lingvistika, tabiat-shunoslik rivojiga ulkan hissa qo‘shgan, boy merosi jahon fani taraqqiyotiga jiddiy ta'sir ko‘rsatgan Mahmud Qoshg‘ariy tavallud topganiga ming yil to‘ldi. Favqulodda iqtidor sohibi Mahmud Qoshg‘ariyning hayoti va ijodi haqida ko‘plab asarlar va maqolalar yozilgan. |
|
davomi...
|
Madrasalar qadimdan oliy o‘quv yurti maqomida bo‘lgan. Ularning paydo bo‘lishi o‘qitishda yangi usullarning vujudga kelishi bilan uzviy bog‘liqdir. VIII-IX asrlarda talabalar, asosan, masjidlarda o‘qitilar, ularda musulmon dini aqidalari, islomiy ilmlar (naqliy ilmlar) bilan bir qatorda, aniq fanlar (aqliy ilmlar) o‘qitilar edi. Talabalarga o‘qitish jarayonida aytib turilgan, ular yozganlar. Bu «imlo» usuli deb yuritilgan. X asrdan boshlab o‘quv muassasalarida «imlo» usulidan voz kechildi. |
|
davomi...
|
"O‘zbek mumtoz adabiyoti namunalari"ning 2003 yilda nashr etilgan birinchi jildi (tuzuvchilar - professorlar Nasimxon Rahmon va Hamidulla Boltaboev) so‘zboshisida o‘zbek adabiyotining (umuman, qadimgi turkiy adabiyotning) ilk davri to‘g‘risida fikr yuritilib, milodning V asridan boshlab adabiyotda alohida burilish yuz bergani ta'kidlanadi va shu sababli o‘zbek yozma adabiyotini X asrdan - "Qutadg‘u bilig"dan boshlab emas, balki milodning boshlaridan o‘rganish lozim, degan mulohaza bildiriladi. |
|
davomi...
|
|
<< < 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >>
|