Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.

Ziyo istagan qalblar uchun - Shuhrat Qayumov
24.10.2014 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
Ozbek matbuoti
Durdona toplamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
Ozbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Ozbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
Ozbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
Ozbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
Kunlarning yaxhisi - juma, oylarning yaxshisi - Ramazon, amallarning yaxshisi - vaqtida o'qilgan besh vaqt namoz. Ibn Abbos r.a.
 
 
Shuhrat Qayumov Chop etish uchun E-mailga yuborish
She'riyat - Qo'shiq matnlari

SHUHRAT QAYUMOV

Yig'lamagin
Siz o'shamu?
Derazangni chertganida yomg'iru...
Netay
Kimga kerak
Sevib qoldim
Ayriliq
::::::::::::::::::::::::::::::::::::::::::::::::

YIG'LAMAGIN

Ishq bog'imda bahor bo'lib yashnaganim,
Izlab-izlab chamanlardan tanlaganim,
Go'zallikda tanho go'zal ataganim,
Yot quchoqda baxting kulsin, yig'lamagin.

Jonimdan ham ortiq seni sevar edim,
Jamolingda oftoblarni ko'rar edim,
Kuyar bo'lsam bir oshiqdek kuyar edim,
Kuyish menga qismat ekan, sen kuymagin.

Yig'lamagin, sen kuymagin...

Chin sevgimga ishinmading, nolib netay,
Yo ko'kragim yorib senga bir ko'rsatay,
Yuragimni qon yig'latib o'tga otay,
Gulxan bo'lib yonib ketay, sen yonmagin.

Shirin so'zlar yarashibdi dudog'ingga,
G'am soyasi tushmasin hech yanog'ingga,
Dildosh bo'lib zorlaringga, ohingga,
Joningga jon bo'lay o'zim, qiynamagin.

Yig'lamagin, sen yonmagin...

Taqdir dedik, raqdirni ham o'yin qildik,
Xayrlashdik, so'zimizni mayin qildik,
Pushaymoni afsuslarni keyin bildik,
Yulduzimiz bir ekan-ku, biz bilmadik.

Hijroningdan kuyib bir kun o'tar bo'lsam,
Bu dunyodan nolib-nolib o'tar bo'lsam,
Pokiza ruh kapalakka men aylansam,
Sendan so'nggi o'tinchim bor, haydamagin.

Yig'lamagin, haydamagin...

SIZ O'SHAMU?
Xurshid Davron she'ri

Yulduzim deb izlaganim,
Armonlarda boz'laganim,
Kecha-kunduz so'zlaganim,
Siz o'shamu? Siz o'shamu?

Olislardan topmaganim,
Ammo, aslo tonmaganim,
O'ylab-o'ylab qonmaganim,
Siz o'shamu? Siz o'shamu?

Peshonamga taqdir bitgan,
Yuragimni abgor etgan,
Otabegim deya kutgan,
Siz o'shamu? Siz o'shamu?

Tushlarimga kirib yurgan,
Yulduzlarday yonib turgan,
Meni o'ylab xayol surgan,
Siz o'shamu? Siz o'shamu?

Qolmang deyman, zavolimda,
Jamolingiz xayolimda
Dilim dardi savolimda,
Siz o'shamu? Siz o'shamu?

Peshonamga taqdir bitgan,
Yuragimni abgor etgan,
Otabegim deya kutgan,
Siz o'shamu? Siz o'shamu?

Naqorat

NETAY

Umr yo'ldoshi boshqayu,
Ishq savdosi boshqa ekan,
Umrim siz birlan o'tsa-yu,
Sizni sevolmasam netay...

Aytsam tilim, aytmasam dilim,
Kuyar jonim oh men netay,
Yolg'iz Allohga ayon sirim,
Sizni sevolmasam netay...

Bunchalaram parvonasiz,
ishqimda kuyib yonasiz,
Siz hammaga teng yoqasiz,
Lek men sevolmasam netay...

Aytsam tilim, aytmasam dilim,
Kuyar jonim oh men netay,
Yolg'iz Allohga ayon sirim,
Sizni sevolmasam netay...

Ko'ngil so'rar yor topdim-u,
Ko'ngil sevar yor topmadim,
Ming zo'rladim yuragimni
Ishqim sizga uyg'onmadi.

Bu dunyodan endi yorab
Shu dard bilan o'tsam kerak.
Bilolmadim baxt ne demak,
Sizni sevolmasam netay...

Aytsam tilim, aytmasam dilim,
Kuyar jonim oh men netay,
Yolg'iz Allohga ayon sirim,
Sizni sevolmasam netay...

Sizni sevolmasam netay...

KIMGA KERAK

Kimdir seni yonib kutmasa,
Qo'llaringga gullar tutmasa,
Tuyg'ularin nurdek to'kmasa,
Bunday yashash kim uchun kerak?

Kecha-kunduz chulg'asa gar g'am,
Kimlardandir bor bo'lsa alam,
Dunyo bir yon, o'zing bir olam,
Bunday yashash kim uchun kerak?

Kimga kerak? Kimga kerak?
Bunday yashash kim uchun kerak?

Qiynamasa seni hech savol,
Go'zalliklar qoldirmasa lol,
Befarq bo'lsa o'tmish, istiqbol,
Bunday yashash kim uchun kerak?

Bu dunyoda bo'lmasa noning,
Bo'lmasa gar dinu iymoning,
Do'sting, yoring, suyganing, joning,
Bunday yashash kim uchun kerak?

Kimga kerak? Kimga kerak?
Bunday yashash kim uchun kerak?

Naqorat

DERAZANGNI CHERTGANIDA YOMG'IRU SHAMOL
Xurshid Davron she'ri

Derazangni chertganida yomg'iru shamol,
Meni yodga olurmisan, ey yolg'iz ayol.
Uzun tunlar qiynaganda cheki yo`q xayol,
Meni yodga olurmisan, ey go`zal ayol?!

To`kilganda dardim kabi bargu xazonlar,
Ko`z oldingni to`sganida qora to`zonlar,
Sog'inchingni yashirolmay subhi azonlar,
Meni yodga olurmisan, ey go`zal ayol?!

Qizarganda shaftolining oq g'unchalari,
Bog'chalarda sarg'ayganda kuz chechaklari,
Kuz shomlari, yoz tunlari, qish kechalari,
Meni yodga olurmisan,ey yolg'iz ayol?!

Derazangni chertganida yomg'iru shamol,
Og'ushiga olganida cheki yo`q xayol,
Sochlaringdan sirg'alarkan qirmizi ro`mol,
Meni yodga olurmisan, ey go`zal ayol?!

Yodlaringga olurmisan sirli damlarni,
Yodlaringga olurmisan shirin g'amlarni,
Yoqib qo`yib tun qo`ynida yoki shamlarni
Meni yodga olurmisan, ey go`zal ayol?!

SEVIB QOLDIM

Sevib qoldim yangajonim, sevib qoldim,
Bilib-bilmay o'z-o'zimni o'tga soldim,
Uchrashtirgan qizingizga uzurim bor
Yonidagi dugonasin sevib qoldim.

Malohatda tengsiz ekan ul qalamqosh,
Go'zallikda oylar bilan husn talosh,
Dugonasin ta'rif etar tilida bol
Voh, bilmas-ey o'zini der, yurak bebosh.

Qiyin ekan tanlab sevmoq qiyin ekan,
Uchrashuvlar bekor ekan, o'yin ekan,
Dunyolarning ul chetida bo'lsa hamki
Peshonaga yozmish yoring tayin ekan.

Suluv qizlar, so'zgir qizlar tinglang meni,
Dugonasiz yolg'iz chiqing visol kuni,
Dog'da qolmang kuyov bo'lmish o'zi bilmay
Sovchi qizga topshirsa gar yuragini.

Sevib qoldim yangajonim, sevib qoldim,
Bilib-bilmay o'z-o'zimni o'tga soldim,
Uchrashtirgan qizingizga uzurim bor
Yonidagi dugonasin sevib qoldim.

AYRILIQ

- Esingizdami, qorli bir oqshom edi. Kapalaklarga o'xshar edi qor parchalari. Uchoq-uzoq ularga tikilib turardik, nimalarnidir xayol qilib. Qalbimizdagi tuyg'ularimiz xuddi ulardek oppoq edi.
- Avvallari shu yo'llardan yurgan edik. Mana yana o'sha yo'l. Biroq, sensiz. Bu yo'ldagi har bir borliq seni eslatmoqda. Men esa yo'lda...

Oh darddan ko'z yoshim yuzlarim yuvar,
Eslasam vujudim bo'ladi halak.
Hijron quvonchimni ayovsiz quvar,
Jonim, ayriliqqa chidolmas yurak.

Jonim, jonim, chidolmas yurak.


- Eh, qayerlarga uchib ketdi, u orzu havaslar, beg'ubor niyatlarimiz. Aynan o'sha qor parchalaridek erib ketdilar.
- Esingdami, ko'chaning boshida bir onaxon gul sotar edi. Har zamon gul olar edik ulardan. Kecha yana gul oldim. So'lib qoldi...

Nechun deya berilgan savollar bisyor,
Deyman, visolingdan menga o'zga ne kerak?
Men-ku, kuyib bo'ldim, sen bo'l baxtiyor,
Jonim, ayriliqqa chidolmas yurak.

Jonim, jonim, chidolmas yurak.


- Doim kulib turardingiz, sizni hech qachon hafa ko'rmagandim. Tushlarimga kirasiz. Nimagadir ko'zlaringiz nam...
- Kulgulardimdan boshingga oq ro'mol yasang, o'g'irlab ketding...
- Agar bilsaydim, bu eng so'nggi uchrashuvimiz bo'lishini.. Bu yo'lni tugashini hech qachon istamasdim...

Dardim ko'p ammo, sen undan begona,
Hasratim tinglasa yig'laydi, falak.
Dunyoda sevganim, sensan yagona,
Jonim, ayriliqqa chidolmas yurak.

Jonim, jonim, chidolmas yurak.


- Bu oqshom senga she'r yozdim. Shamolga o'qidim, yetkazar deya senga. Balki eshitarsan... Seni jonim derdim. Sen sensizlikni bilmaysan. Axir sen hech qachon sensiz yashamading-ku...

 
« Oldingi   Keyingi »

E'lonlar

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 4073
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 39583653

Do‘stlarimiz
"Yoshlik" jurnaliga obuna bo'ling!
Ayol.uz

Sayt rivojiga hissa