OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Dilfuza Avezjanova

QALBIM YONA-YONA

Birdan qalbim lovullab yondi
Bilolmadim sababin, nechun?
Birdan xayol og`ushlariga
Cho’kdi boshin ekkanicha jim.

Dardlarin har misralarida
Bayon etdi nogahon yana
Qayg`u, alam ichida behol
Qolibdi u, yuragi yona…

Sevishmoqda shuncha dard, alam
Bardoshi ham yetmay yuragin
Qonga belab, bu dardli qalam,
Xasrat chekib, qalbi ham yona…

Bardosh bilan yetasan baxtga
Mening jajji yuragim hali
Xasrat chekma yonma alamdan
Berajakman senga tasalli…

Sen vafoli qalbim to’rida
Faqat birga bo`lamiz har on
Tanamdasan, jonimdasan sen
Birga xasrat chekamiz, ishon…

Chekma faryod sen yolg`izlikdan
Qo'yma meni azobga, sen-da
Eslatmagin, o`sha dardimni
Qolay shirin xayolda, men-da…

Soya bo`lmas qayg`u bizga hech
Dardimda ham o`t olov yonar.
Unutay men o`shani butkul
G’amdan ado yuragim qonar…

Bo`lmasang-da yonimda shu on
Xayol bilan yashayman sen-la.
Sensiz yurak fig`oni osmon
Sening uchun aytaman alla.

Qalbim yona, qon bo`ldi ko’ngil,
Dardlarim ham kul bo`ldi butkul,
Sensiz orzu qanoti siniq
Uchdi moviy samoga yengil.

Qalbim yona, qon bo`ldi ko’ngil…

XALQ UCHUN

Xalqim uchun quyosh bo'lib nur sochay,
Tun qorong'u kechalarin yoritay, 
Xalq istasa cho`llarin obod etay,
Chaman qilay soya bo'lib boshida.

Yaratgandir yurt uchun bizni rabbim, 
Shu xalq uchun, shunday ulug' yurt uchun. 
Ne qilsak ham kam bo'ladi Vatanga 
Jonim fido bebaho tuproq uchun.

Xalqim uchun kimlar jonin tikmadi, 
Senga atab kimlar she'rlar bitmadi, 
Sening uchun hatto tog'ni ag'darib 
Alp yigitlar Farhodlaring o'tdilar.

O'sha qora zamonlarni eslab goh 
Ko'ngil hijil bo'lib ko'zga yosh kelar. 
Gohida o'ylasam qo`llarim titrab 
She'rlar yozishga xam yetmaydi qurbim.

Yov qilichi boshing uzra aylanganda ham 
Vatanim deb ko'kraklarin qalqon qildilar 
Shu xalqni deb, shu tuproqni deb qanchalar 
Shahid ketdi, aka, uka, otalar.

O'sha jasurlarning izdoshlarimiz 
Ardoqlaymiz har bir tomchi qonini 
Jonim fido aylab shu Vatan uchun 
Muqaddas aylaymiz bu tuprog'ini.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.