OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Feruz Boboyev

Feruz Boboyev 1986 yil Samarqand viloyatining Oqtosh shahrida tavallud topgan. 
1993-2002 yillarda Oqtosh sharidagi 64-gimnaziya maktabida, 2002-2003 yillarda SamDAQI qoshidagi litsey internatda, so'ng SamDCHT qoshidagi akademik litseyda tahsil olgan. 
2004 yildan buyon AQSHda istiqomat qiladi. Hozirda America Geologiya Instituti talabasi. 


EHSON

Kimdir yashar dunyo qastida
Bilmay foniyligin aslida
Ketar chog’i ololmas ekan
O’zi bilan chaqa dastida.

Yemay ichmay topgan mollari,
Qishin yozin chopgan hollari
Rohatini ko’ralmas ekan
Asal yiqqan kabi bol ari.

O’ylamaydi yetim yesirni
Joni turib molin bersinmi!?
Umidlari jannatdir so’rsang
Cho’lga borar boqqa kirsinmi!?

Anglamaydi dehqon ekanin
Har kim o’rar o’zi ekkanin
Butun borliq egasi Allah
Bilib turar oshkor bekkanin

Payt borida tavba qil inson
Chil ko’ngildan aylagin ehson
Yodingda tut har tong har oqshom
Bugun borsan ertaga yo’qsan.


BAXT

Baxt nimadir?
Unga hamma intilar.
Topolmadim deb ko’pchilik siqilar.
Men ham izlab yo’lga chiqdim yoronlar
Qanday yetish mumkin ayting kim bilar?

O’ylagandim baxtni molu davlat deb,
Tog’ni urib talqon qilar savlat deb,
Noz-ne’matga to’la katta savat deb,
Adashibman moddiylikda rohat deb.

Borin olib dilidamas dastida,
Qolib ketmay o’z nafsining ostida,
Shukronalar aytib har bir faslida
Faqat muslim baxtli ekan aslida.

Baxli ekan ko’p sajdaga borolsa,
Dardin tanho Rabbisiga yorolsa,
Muhtoj bo’lib muhtojlarga berolsa
Ajrlarin sabr ila terolsa.

Baxtli erur -
Talashmaydi xurmatga
Oxiratin hech sotmagay qimmatga
Rozi bo’lib yaxshi yomon qismatga
Allah uchun tayyor turar hizmatga.


INSON

Ibodatlar qilganing chog’i,
Senga bo’ldi Jannatning bog’i.
Shaytonlarning yonib yanog’i
Farishtadan yaxshisan inson.

Lek kufringdan g’unchalar so’ldi,
Ummonlar ham gunohdan to’ldi,
O’z nasling o’z qo’lingdan o’ldi
Hayvonlardan vaxshiysan inson.

Kuning o’tib nafsing g’amida,
Shirk keltirding bir bor kamida.
Ajal eshik qoqqan damida
Afsuslaring aytasan inson.

Iblis chorlab o’nggu so’liga,
Borar Jahannamning to’riga.
Yaratganning najot yo’liga
Endi qachon qaytasan inson.


HAYOT

Yig’lamagin boshga tushgan kulfat uchun
Tashlab ketgan qon-qarindosh, ulfat uchun
Bilib bilmay boy berilgan fursan uchun
Yig’lsang agr arziydi Oxirat uchun

O’rtanmagin tashlab ketsa bevafo yor
Bedavo darlarga bo’lsang hamki duchor
Etolmasa seni dunyo o’ziga zor
Albatta har og’irga bitta yengil bor

Mehmon bo’lsa g’am-tashvish ko’rsatma yoshing
Tog’ yiqilga yelkangga egmagin boshing
Yaralganmas Yaratgan bo’lsa sirdoshing
Ishon kuchga to’lgaydir zayif bardoshing

Siqilmagin molu davlat qo’ldan ketsa
Vaqti kelib mansab oting o’zga minsa
Bilmaganing billyur hayot nogoh sinsa
Qadrsizdir qadrli deb bilganing kimsa.


DUNYO

Kel do’stim e’zozlaylik
O’tgan har bir onimiz
Bilasanku omonat 
Erur bizning jonimiz
Allahning rahmatila
Quyosh kulib boqadi 
Tunda yulduzlar aro 
Oy uyalib balqadi
Odamlarda oqibat 
O’lmagan hali butkul
Tikonlari bo’lsa ham 
Sevimlidir atirgul
Kel dustim ayblamaylik
Dunyoni bir kamlikda
Axir butun umrimiz 
O’tmaydiku g’amlikda
Aslida bir rahmatin 
Dunyoga bergan Allah
Qolgan to’qson to’qqizi
Jannatilarga hamroh
Sabr aylagin bu dunyo 
Bir sinovdir ey dustim
Farishta emasdurman 
Kechir bo’lsa kam-ko’stim


KULFAT

Noumid shayton deydi halqimiz
Ba’zan shunga ham yetmas aqlimiz
Yoqotib o’zni gar kulfat yetsa
Yig’ladik qo’ldan mol-davlat ketsa
Yiqilsan qaytib tura olmadik
O’z o’zimizni ko’ra olmadik
Qidirib aybni foniy dunyodan 
Ajralib qoldik mangu ziyodan
Ayt do’stim kulfat – Qiyomatmidi!?
Yo Rabga bo’lgan hiyonatmidi!?

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.