OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Malika

Malika Mamadalieva Hasildjanovna 1984 yil 23-mart kuni hamal burji ostida Qirg'iziston Respublikasi O'sh shahrida tavallud topdi.O'rta maktabni a'lo baholarga bitirib, O'shdagi Qirgiz-O'zbek Universitetining Jahon Tillari va Xalqaro Munosabatlar Fakultetiga o'qishga kirdi. 2004 yildan buyon Yosh shoir va yozuvchilarning konferentsiyasi qatnashchisi. She'rlari mahalliy gazetalarda chop etilgan. 2006 yil Universitetni tamomlagan. E-maili: Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. 

Qiziqishlari: musiqa, she'riyat, badiiy adabiyot mutolaasi, Internet.
Sevimli ijodkorlari: O'tkir Hoshimov, Muhammad Yusuf, Abdulaziz Muborak, Guljamol Asqarova, Rislig'oy Hotamova.
Samimiylik va rostgo'ylikni qadrlaydi.

Mehrim bilan sugorib yozdim,
She'rlarimning har bir harfini.
Sezmasangiz qalb bilan ,balkim,
Tushunmassiz mening dardimni.

:::::::::::::::::::::::::::::::::

MUHABBATDAN KETOLMAYMAN

Qurib qoldi ko’zda yoshim
Yurak to’lsa yig’lolmayman.
Hijronga etmas bardoshim
Shodlikka dil bog’lolmayman

Qafasdagi qushcha misol
Yoninga hech borolmayman.
Suvdek oqib ketdi visol
Tushimda ham ko’rolmayman.

Olis yulduz bo’lding ko’kda
Yaqin turib etolmayman.
Dardimni tangrimdan o’zga
Hech kimsaga aytolmayman.

Ey bevafo, bu qilmishing
Ne deb atay bilolmayman.
Hushim yo’qdir baht tilashga
Bahtsizlik ham tilolmayman.

Muhabbatdan kechib ketding
Menchi, bunday etolmayman.
Bir umrga armon bo’lgan
Muhabbatdan ketolmayman.
                                     5 September,2003y.


JANNATLARDA…

Dardimiz og’irdir,qalbimiz og’rir
Osmonlarga etar chekkan nolamiz.
Bu dunyoki bizlar birga bo’lmadik,
Endi jannatlarda birga yuramiz.

Bu dunyoda tushdi yo’limiz ayri ,
Ayri manzillarga unsiz  boramiz.
Sevgimiz ajrini bersa gar Alloh,
Siz-la jannatlarda mangu qolamiz.

Allohga atalgay haqiqiy sevgi,
O’zni oshiqlikka asir qilamiz.
Ikki yo’lning biri sabrdir, biri-
Faqat jannatlarda birga bo’lamiz.
                                       26 mart,2006y

***

TILAK

Quyoshsiz yashashga o’rganib qoldim,
Ko’nikdi oyga ham shamstalab ko’zim.
Sizga baht tiladim,siz esa- menga,
Toqatlar tiladim o’zimga o’zim.

Tasbeh ayta-ayta charchadi sog’inch,
Sajdaga bosh qo’ydi toliqqan yurak.
Shu dam azrouldek jon oldi hijron,
Endi arvoh kabi kezadi tilak.

Lekin men tirikman,xavotir olmang,
Umid uzganim yo’q hayot gulimdan.
Sizsiz yashamoqni o’rgandim,demak,
Sizni sevmay yashash kelar qo’limdan.
                                            25 mart,2005 y.


QULOQSIZ KO'NGIL

Ko’ngilning senga buyruq beradigan tili bor-u,
lekin seni tinglaydigan qulog’i yuq.
Endi boshin urar qaysi devorga,
Suyanchin yo’qotgan bu ojiz ko’ngil.
Umidin ekadi qaysi bahorga,
Ko’klamda sovqotgan bu behis ko’ngil.

Cheksiz sarhadlari ummonga qiyos,
Mehr tomchisi hech adoqsiz ko’ngil.
Muzlab qolmas ekan na bahor ,na yoz
Ko’z yoshning sho’ridan ,qirg’oqsiz ko’ngil.

Tan olmay na taqdir, na hijron g’amin
Yo’lin topar hatto chiroqsiz ,ko’ngil.
Devona quliman bu shoh ko’nglimning ,
Qulga quloq solmas,quloqsiz ko’ngil.
                                              Dekabr,2004 y.


***

Ko’zingga botiriib olmoqchi edim,
Seni izlab  tolgan nigohlarimni.
So’ng…aksing jonlanhan ko’zim ortiga 
Yashirmoqchi edim firoqlarimni.

…Ko’zlar to’qnashdi.Lek o’zni asrashchun
O’tli nigohmas,qalb to’lg’onishidan
bir zum qarolmadim ko’zingga to’yib.
…Qo’rqdim
Hislar yana uyg’onishidan.
                                       9 iyun,2004 y.


***

Tilim gung bo’lgandi allaqachonlar,
Nahot ko’zlarim ham aylandi gungga.
Dardim ko’zimdan ham o’qiy olmasang
Qandoq ham tushunar edin gko’nglimga.

Nahot ko’zlarimning o’tli boqishi
Senga etkazmadi loaqal bir so’z.
Nahotki sezmading,senga bir emas
Termulib turgandi bir juft qora ko’z.

Men endi kulaman bir senga emas,
O’zimga ,hammaga boqaman kulib.
Mungli ko’zlarimga endi sig’mas dard,
G’amlarimning qopi qolibdi to’lib.

Endi ta’sir etmas menga hiyonat,
Endi hiyonat ham qistatar kulgim.
Mayli,qancha bo’lsa chidayin hozir,
Keyin…vafoning 
Pok(!) 
qo’lida o’lgum.
                               16 sentyabr, 2004 y.


O’ZGACHA

Beklarga hos hislatingiz ,so’zlaringiz o’zgacha ,
Meni mahliyo etgan ko’zlaringiz o’zgacha .

O’zgachadir nigohingiz vujudimni yondirar, 
Ko’nglim uzra qolib ketgan izlaringiz o’zgacha .

Ne-ne yigitlar ichra sizga yo’qdir hech qiyos ,
Hech kim sizga o’hshamas , to abad ,hanuzgacha .
   
Erursiz qalb quyoshim ,go’yo men  chetda yulduz ,
Tunlari etmas nuringiz bu bedor yulduzgacha .

Ataydurman “Begim”debon ,nasib etsa Allohim ,
Yoningizda bo’lay o’zim ,bahorlardan kuzgacha .
 
Ko’zim tolmas kutishdan ,kifoyadir bilsangiz –
Sizni bahtli etguvchi Malikangiz o’zgacha.
                                                   Yanvar, 2003 y.


OMON BO'LSANG BAS

Mayli, yod etmagin meni bir bora, 
Sendan menga mayli kelmasin bir sas. 
Mayli, sen unutgin mening ismimni, 
Menga bu dunyoda omon bo`lsang bas. 

Boshing toshdan bo`lsin qayda bo`lsangda, 
Lek yurak toshligi tilagim emas. 
Mayli senga aziz bo`lsin boshqalar, 
Sen mening qalbimda aziz bo`lsang bas.
 
Bilmam senga etmoq bo`larmi nasib, 
Balki sen bo`larsan armon yo havas. 
Agarda orzuing ushalsa mensiz, 
Menga armonliging unutmasang bas. 
                                                     2003 y 


KO'ZLARING

Ko’zim yashirgani topolmam bir joy,
Qayga boqsam ta’qib etar ko’zlaring.
Go’yo berkinmachoq o’ynabon,lekin
O’z-o’zini oshkor etar o’zlari.

Ko’zim yashiribon sendan pinhona,
Kuzatsam meni zor izlashlaringni…
Ne hojat ko’zlarim berkitib ,axir,
Sevaman ko’zlarim ko’zlashlaringni.
                                          Oktyabr, 2004 y.


***

Bilaman,qalbimni mangu soginchga 
Tashlabon siz mendan ketib bo’lgansiz.
Xiyonat emas deb o’zni ovutib
O’zga bilan bahtga yetib bo’lgansiz.

Xato etdingiz yo bu taqdir azal
Vafo chimmatini yechib bo’lgansiz.
Peshonaga yo’yib ayriliq dardin
Sevgingizdan mangu kechib bo’lgansiz.

Kechikdik,kimsasiz ishq sahrosida 
Qalbni quzg’unlarga tutib bo’lganmiz.
Joy topmay sevgining keng dunyosidan
Baht tilab,alvido bitib bo’lganmiz.

Quchoq to’la armon –quchib bo’lganmiz.
Begonamiz-ayro tushib bo’lganmiz.
                                                 20 noyabr, 2004 y.
 

E'TIROZ

Yo’q, siz yolg’onchisiz,so’ylamaysiz rost,
Sizga qiziq faqat ne deb yonishim.
Yoqimlidir sizni sevishim ,xolos
Rohat baxsh etarmi o’zdan tonishim.

Yo’q,siz beyuraksiz,seva olmaysiz,
Amrimahol meni tushunishingiz.
Go’yo siz-mehrli,men bir bag’ritosh,
Ayblashmi qo’ldan kelgan ishingiz. 

Yo’q,siz berahmsiz,garchi sevilib,
Sevmaysiz,sevganga rahm etmagaysiz.
Sevgan men emas,bu ko’ngildir biling,
Garchi bevafosiz,beyuraksiz,lek
Qalbimni toabad tark etmagaysiz.
                                            12 yanvar,2005 y.


SO'NGGI MAKTUB

Bugun ham yurakni qiynar muhabbat
Ikki kuch kurashar bunda beayov.
Biri der : men usiz yashashim kerak
Biri der:hayotim usiz zim- ziyo.

Aslida yuragim yasholmas sizsiz,
Tirikdir u sizning yodingiz bilan.
Sizsiz yashamoqqa hohishim emas
Hayot majbur etsa,ayting ne qilay?

Siz-la qurgim kelar uzoq suhbatlar
Uzun- uzun hatlar bitgim keladi.
Ammo oramizda uzoqdir yo’llar
Uzun armonlarim Tangrim biladi.

Hayot yo’li  boshqa bo’lsa ham hatto,
Ko’ngil yo’li boshqa ekan, voajab.
Ko’ngil amrin har dam etolmay ado,
Inson yashar ba’zan baxtidan ajrab.

Tushunolmay qoldim,o’zimga o’zim,
Nimani kutaman ,o’zim bilmayman.
Goho sizni eslab ,entiksam, goho,
Sizsizlikdan to’yib-to’yib yig’layman.

Umrbod shu sevgim bilan yashashni
Qanchalar hoxlashim bilsangiz edi.
Lek ,sevgi-talpinish bo’lsa ,besamar
Talpinishning, ayting,foydasi nedir?

O’lmaydi, deydilar ,asl muhabbat,
Men ham bugun uni yurakka ko’mdim.
Ochilmayin so’lgan sevgim haqqiga 
Pinhon tilovatlar qilishga ko’ndim.

O’zimni qiynamoq menga orzumas,
Yuragimni berib qayg’u alamga .
Endi unutishim kerak sizni,bas,
Yo’qsa qalbga kim solmas alanga.

Sizni unutmasam murg’ak yurakni 
Bir umrga armon parchalab tashlar.
Tatimay qoladi eng baxtli damlar ,
Sizsiz bag’ri –dilim ayriliq g’ashlar.

Naqadar azobli sizni unutish,
Qalbimga yozilgan har bir so’zingiz.
Har nega vaqt  davo etsa ham,lekin,
Yillar ham yuvolmas qalbdan izingiz.

Bilaman ,yashaysiz kimlardir uchun ,
Ko’ngil-chun yashamoq shartmikan, deysiz.
Unutmang, yashayman men ko’ngildagi
Inson-chun ,siz o’sha inson erursiz.

Azizim ,avf eting ,kechiring meni,
Sizni shunday deya ataganimga.
Kechirin sevgim-chun ,she’rlarim uchun,
Har bir onim sizni yodlaganimga…

Shunday yo’l topayki,toki yuragim,
Baxtim, hayotimga yetmasin ozor .
Shunday xotiraga aylaning, toki
Sizni eslab dilda yashnasin bahor.

Sizni eslaganda yoshlik,muhabbat,
Qalbimga baxsh etsin ajib ehtiros.
…Men sizni unuta olmadim,aslo,
Sizsiz yashamoqni o’rgandim, xolos.
                                               17 iyul, 2004 y

                                       ***
MATLUB MEHR

Bugun men negadir sovqotdim juda,
Tanamni muzlatar sovuq qaltiroq …
Quyosh qani ? Qani  oftobim?
Izlayman…
Ana turibdi-ku!-olaman topib.
Sevinib ketaman.
Lek sevinchim bormas uzoqqa
Qandaydir bir soya qo’ydiku to’sib.
Nimaning soyasi ‘anglay olmasman.
…Qanchalar chopmayin izlab har yoqqa
Lekin iliq tafti kelmaydi etib.
Nega ? degan savol bermaydi tinchlik,
Nahot faqat menga etmasa shunday
Otashli quyoshning  bir tomchi tafti?!
Yuragimni qoplaydi g’ashlik :
Qanday soya bo’ldi oramizdagi :
Taqdir bitigi yo qadr etilmagan 
Samimiy sevgining alamli qahri?
Bilmayman…
Balki bu shunchaki xatolik 
Yoki qaynoq yoshlar ko’zimizdagi?
…Kun-ku o’tib ketar amallab,
sovqotsam hamki 
Yorug’dir.
So’ng tun kirib kelar oymomo bilan
Bag’ri qorong’u.
Quyoshdan rashq qilibmi, bilmam,
Yoritmoqchi bo’lar tunimni mohtob.
Astoydil mo’ralar oynam ortidan,
Yuzimni silaydi,sochim siypalar,
Termular,ko’z qisar,o’zicha erkalar…
Ammo darak yo’q taftidan.
U juda ham go’zal ,barcha mahliyo,
Biroq ,mehr berish emas,hamma qatori
Maftun bo’lishimni istar husniga…

Boshim uzra hamon qoramtir soya.
Men esa topolmam bir tomchi mehr
Na qorong’u tundan,na yorug’ kundan.
Tunku o’zi shunday erur ehtimol,
Lek kun hohlasa ham yo’qdir iloji.
Bugun ham negadir sovqotdim juda,
Tanamni titratar sovuq qaltiroq.


SOG'INCH

Sensiz yolg’izdayman bu keng dunyoda ,
Quyoshsiz huvillab qolganday osmon .
Go’yo yashayapman sensiz ro’yoda ,
Sog’inch yuragimni o’rtar be beomon .
 
 Seni sog’inaman ko’kda oy balqsa ,
Yulduzlarga to’lsa har gal  bu samo.
Yanada urtanar qalbim yangrasa 
Bizning dardimizdan  yaralgan navo.

Soginchdan yurakda o’tli ehtiros
Balki sevgimizda bu so’nggi tuyg’u.
Roziman azobli bo’lsada bi his,
Soginchla qalbimiz birgadir mangu!
                                               25 noyabr, 2003 y


SHUKRONA

Kunlarim o’tmoqda sensiz bema’no,
Faqat surating-la  suhbat quraman .
“Yonimda bo’lsang gar edi durustroq “,-
Deymanu ,shunga ham shukur qilaman .
 
 Sevaman shubhasiz jonimdan, biroq 
Sevadimu deya bag’rim tilaman .
Azob berar menga shu ishq ,shu firoq ,
Shu dardning boriga shukur qilaman . 
 
 Bu dardni bermasmish Alloh har kimga ,
Yuragim to’lsada garchi kulaman.
Sevgi deb  quyibdi uning nomini
Seva olganimga shukur qilaman. 
                                       2003 yil


KECHIKKAN KUZ

Sen ketding-u,kuz ham keldi,
Keldi faslim dil so’roqlab.
Qalbda sovuq shamol eldi
Ketganing sezgach yiroqlab.
 
Endi unga qanday aytay,
Bir umrga  armonliging .
Tuyg’u qolib muhabbatday,
O’zga dardga darmonliging.

Dilimni so’rma ,ey kuzim,
Endi unga davo yo’qdir.
Alvidodir aytar so’zim ,
Yurak esa kuygan cho’g’dir.

Kuz ham kechikdi birozga ,
Xuddi ko’nglim kechikkanday.
Dardim bitib shu qog’ozga ,
Sensiz qalbim ichikkanday.

Har gal kuz fasli kelganda ,
Bog’lar uzra xazon to’lar.
Sovuq shamollar elganda ,
Seni yana ko’rgim kelar.

Kuz tugagach qish boshlanar,
Muzlab qolar tiniq anhor.
Gumonlardan dil gashlanar:
“Qalbimga qaytarmu bahor?”

Oltin yaproqlar shivirlar ,
Ishqim senga izhor etib.
Kuz kelganda o’tib yillar ,
Meni ham qo’ygin yod etib.

Yog’ar yomg’ir endi tinmay,
Yuvmoq bo’lib qalbimdan muz.
Muhabbat-la uchrashtirgan,
Bahorimda 
Kechikkan Kuz!
                           3 oktyabr, 2003 y


ALVIDO

Samimiy edi tuyg’ular,
Afsuski topmadi qaror.
Yot edi bizga qayg’ular,
Unut endi, alvido yor.

Muhabbatim etmay oshkor,
O’tdi qancha tunlar bedor.
Hamon qalbimda beizhor,
Unut meni, alvido yor.

O’zgani aylab ihtiyor,
Mensiz bo’ldingizmi baxtiyor
Mayli unga bo’l vafodor,
Unut meni, alvido yor.
                             
Ayrilish emasdir oson,
Muhabbat ham, sen ham armon
Ne bo’lsa ham bo’lgin omon
Unut meni, alvido yor.

Hotiralar berar ozor,
Unutmoqqa etmas mador.
Sevgingdan bo’lmam umidvor,
Unut meni, alvido yor.

Boriz kechikding, ey ko’ngil,
Kechikkan ishq kimga darkor.
Muhabbating endi bekor
Unut endi, alvido yor.
                                12 avgust ,2003y.


ARMON

Endi sizga etmas qo`lim,
Ketdingiz siz mendan o`zoq. 
Peshona deb qoldim netay, 
Taqdir bizni etdi yiroq. 

Qorong`udir qayda xayol, 
Yo`ldosh bo`ldi menga firoq. 
Utar kunim hijronlarda 
Sizsiz endi yashay qandoq? 

Nechun bizni ayirdilar 
Yo`llarimiz endi so`qmoq. 
Nahot endi armon bo`lsa 
Sizga to`yib-to`yib boqmoq. 

Endi sizga etmas qo`lim, 
Taqdir bizni etdi yiroq. 
Endi o`zga choram yo`qdir 
Ishim-sizga baxt tilamoq. 


***

Siz meni ayblamang sevganim uchun,
Bu bedor yurakni qo’ymang g’ash etib.
Muxr etdim yurakka toabad ,nechun
Yo’l yo’qdir ketishga sizni tark etib.

Sizga bunchalar ham boglandim ,nega,
Nahot o’zimni ham qo’ydim unutib.
Alvidodan avval ishq tilang menga 
Yashayman endi men o’zga baxt kutib.
                                                       Oktyabr,2003y.


***

Sen meni o’ylama unutibdi deb,
Yuragim teparkan, sen unda tirik.
Sensiz umrim kemtik, lekin xayoling
Bahtli-yu omadsiz chog’da ham sherik.

Sen meni o’ylama unutibdi deb,
Chiqmasa ko’kda oy-sevgim timsoli.
Hijrondan yuzini olmish yashirib 
Men ham dardim pinhon etgan misoli.

Sen meni o’ylama unutibdi deb,
Gar dil sog’inchingga bermasam javob.
Qalbim talpinsada, yo’qdir huquqim
Yurak unsizgina aylaydi xitob.

Sen meni o’ylama unutibdi deb,
Yoqib yuborgan deb ishq daftarchasin .
Sening har bir so’zing gu’yo estalik
Egallab turadi qalbim parchasin.

Sen meni o’ylama unutibdi deb,
Ko’zim olib qochsam kelganda u’tru.
Mador yu’q qarashga ko’zlaringga tik,
Sevgidan yodgordir ularga qayg’u.

Sen meni o’ylama unutibdi deb,
Faqat o’zingdirsan umrim mazmuni.
Kun yo’qdir bir lahza etmasam gar yod,
Demak,yashamabman men o’sha kuni.

Sen meni o’ylama unutibdi deb,
Foydasiz,urinma unutgin debon.
Sen ham eslab yurgin meni umrbod,
Men ham unutmasman seni hech qachon.
                                                   28 dekabr,2003 y.


SIZ

Yulduzimsiz, qo’lim etmas osmonimda,
Quyoshimsiz, nurin sochar bo’stonimga.
Mohitobsiz, kechalari ko’kda balqib,
Rashqim qo’zib, azob etar bu jonimga.

Siz olovsiz, bag’rim yoqar qalovlari,
Ko’z yoshlarim daryo etar sinovlari.
Siz bir gulsiz, ozor berar tikonlari,
Muhabbatsiz, totli hatto hijronlari.
                                            14 iyul,2003 y . 


TO'RTLIKLAR

*******

Quyoshim ko’rinmas tunlar ortidan,
Menga juda uzoq tuyular oqshom.
Oyga mahliyoman,lek quyosh ishqi
Qalbimni kemirib bormoqda mudom.

******* 

Sizni unutmoqlik naqadar mushkul,
Unutmaslik esa o’rtaydi dilni.
Ketib bo’ldingizku siz mendan butkul ,
Hech bo’lmasa tashlab keting ko’ngilni.

******

Shirin xotiralar chorlar sen tomon,
Lek mangu so’ginchim dilga qadayman.
Eltib bormasada garchi shamollar
Eng sara so’zlarim senga atayman.

******

Mehringiz ummondir, goh g’arq bo’laman,
So’zingiz darmondir, baxtga to’laman.
Sizni sadoqatli do'st deb bilaman,
Sizni ALLOH uchun yaxshi ko’raman.

******

Endi hushnud etmas meni sevgingiz
Endi  sizdan mehr kutmog’im bekor.
Men-ku begonaman –mehrga tashna,
Mendan ham tashnaroq begonamas bor. 

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.