Amerikaning CareerBuilding.com internet portali AQShning eng ko‘p haq to‘lanadigan kasblari ro‘yxatini e’lon qildi. Reytingning yuqori 8 ta o‘rnini shifokorlar egallashgan. Ularning oylik ish haqlari top-menejerlar, yuristlar, fuqaro aviatsiyasi uchuvchilari va marketologlarnikidan ancha ko‘pdir.
AQSh mehnat statistikasi byurosining ma’lumotlariga qaraganda, Amerikada xirurglar eng ko‘p oylik oladilar. Ularning o‘rtacha yillik ish haqlari 182 ming dollarni tashkil etadi. Ikkinchi o‘rinda esa xirurglarning yordamchilari va jamoadoshlarivrach-anesteziologlar turishibdi. Washington Profilening yozishicha bu soha vakillari yiliga o‘rtacha 174,6 ming dollar oylik oladilar. Ro‘yxatda 3-o‘rinni akusher-ginekologlaregallashgan. Ularga ham yiliga o‘rtacha 174,6 ming dollar ish haqi to‘lanadi.
Keyingi 5 pog‘onadan ham mediklar o‘rin olgan: yuz xirurgiyasi mutaxassisi – yiliga 169,6 ming dollar; terapevt – yiliga 156,8 ming dollar; protezist-stomatolog – yiliga 156,7 ming dollar; ortodont – yiliga 153,2 ming dollar; psixiatr – yiliga 151,4 ming dollar;
Ko‘rinib turibdiki AQShda tibbiyot xodimlari eng ko‘p daromad keltiradigan marketing va biznes sohasi mutaxassislaridan ham yuqori oylik oladilar.
AQShda top-menejerlar (Chief Executive Officer, CEO) yiliga 140,9 ming dollar oylik olishadi. Ishlab chiqarish bo‘yicha rahbarlar esa yiliga ish haqi uchun 140,2 ming dollarga imzo chekadilar.
Keyingi o‘rinlarda yana tibbiyot sohasi vakillarini ko‘rishimiz mumkin: vrach-pediatrlar – 140 ming dollar; umumiy amaliyot vrachlari – 138 ming dollar.
Fuqarolarning uzog‘ini yaqin qiladigan uchuvchilarning yillik oyligi 134,9 ming dollarni tashkil etadi. Tishlarimizni davolaydigan dantistlar esa yiliga 132,7 ming dollar ish haqi olishsa, oyoq osti va tovonlar kasalliklari bo‘yicha mutaxassis – podiatorlar 111,1 ming oylik olishadi.
Shunday qilib vrachlar yuristlardan ham o‘tib ketishdi. Ularning yillik ish haqlari o‘rtacha 110 ming dollarni tashkil etadi. Eng ko‘p haq to‘lanadigan sohalar reytingidanaviadispetcherlar (100,4 ming dollar), kompyuter va axborot tarmoqlari menejerlari(100,1 ming dollar), marketing bo‘yicha menejerlar (100 ming dollar) ham o‘rin egalladilar.
Yuqori yillik ish haqi har doim ham baxt keltiravermaydi. Ko‘p hollarda aksincha bo‘ladi: yuqori oylik oladigan mutaxassislarda ruhiy tushkunlik va charchash holati ko‘p kuzatiladi. Bu darajaga yetishish uchun esa yillab og‘ir mehnat va o‘rganish talab qilinadi. Shuning uchun ham Amerikada o‘tkazilgan so‘nggi so‘rovnoma natijasiga ko‘ra medik-mutaxassislar AQShdagi eng zo‘r kasb vakillari deya tan olindi.
Vrachlar eng baxtiyor kasb egalari reytingidan joy ololmadilar. Buyuk Britaniyada o‘tkazilan so‘rov natijalariga ko‘ra kosmetologlar, bo‘yoqchilar va sartaroshlar o‘zlarini eng baxtli kasb egalari deb hisoblarkanlar. Xullas kalom, pul deganlari har doim ham baxt keltiravermas ekan.
AQShdagi eng serdaromad kasblar reytingi:
Xirurg - 182 ming dollar
Akusher-ginekolog - 174,6 ming dollar
Yuz xirurgiyasi mutaxassisi - 169,6 ming dollar
Terapevt - 156,8 ming dollar
Protezist-stomatolog - 156,7 ming dollar
Ortodont - 153,2 ming dollar
Psixiatr - 151,4 ming dollar
Top-menejer - 140,9 ming dollar
Ishlab chiqarish bo‘yicha rahbar - 140,2 ming dollar
Vrach-pediatr - 140 ming dolla
Umumiy amaliyot vrachi - 138 ming dollar
Fuqaro aviatsiyasi uchuvchisi - 134,9 ming dollar
Dantist - 132,7 ming dollar
Podiator - 111,1 ming dollar
Yurist - 110 ming dollar
Aviadispetcher - 100,4 ming dollar
Kompyuter va axborot tarmoqlari menejeri - 100,1 ming dollar
Marketing bo‘yicha menejer - 100 ming dollar