Angliyaning Skytrax kompaniyasi sayyoramizning eng yaxshi aeroportlari ro'yxatini e'lon qildi. Bu reyting aviayo'lovchilardan olingan anketa natijalari asosida tuzilgan.
2005 yilga taqqoslaganda respondentlar soni 31% ga o'sgan va 7,2 million kishini tashkil etgan. Singapore Changi aeroporti 5 yillik ikkinchi o'rindan keyin shu yili birinchilikka ko'tarildi. Bu aeroport iyul oyida o'zining 25-yilligini nishonlaydi. Reytingdagi ko'p aeroportlarning esa tashkil etilganiga endigina 5-6 yil bo'lgan.
Gong Kongning Hong Kong Int'l Airport havo qo'nalg'asi 1000 ta ovoz kamlik qilib, ikkinchi o'ringa tushib qoldi. Myunxenning Munich Airport aeroporti esa ro'yxatda 3-o'rinni band etdi.
| № | Aeroport nomi | Davlat |
|---|---|---|
| 1 | Singapore Changi Airport | Singapur |
| 2 | Hong Kong Int'l Airport | Xitoy |
| 3 | Munich Airport | Germaniya |
| 4 | Kansai International Airport | Yaponiya |
| 5 | Seoul Incheon Airport | Koreya |
| 6 | KLIA - Kuala Lumpur Airport | Malayziya |
| 7 | Helsinki Vantaa Airport | Finlandiya |
| 8 | Zurich Airport | Shveysariya |
| 9 | Dubai International Airport | BAA |
| 10 | Copenhagen Airport | Daniya |


