OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Dunyoning eng yaxshi va qimmat brendlari - Interbrand 2007

Eng qimmat brend (savdo markasi) qancha turadi? Dunyodagi eng qimmat brend qaysi? Kimning firma logotipi yiliga milliardlab dollar daromad keltiradi? Yaqin kelajakda qaysi brend muvaffaqiyat qozonadi? Ushbu savollarga quyidagi reytingdan javob olishingiz mumkin.

Har yili bir-biridan mustaqil tarzda ikki nashr ("Business Week" va "The Financial Times") Interbrand xalqaro konsalting guruhi va Millward Brown Optimor tadqiqot kompaniyalari dunyoning eng yaxshi va qimmat brendlari reytingini e'lon qiladi.

"Business Week" va Interbrand kompaniyasi hamkorlikda bu yil yettinchi marta"Dunyoning eng yaxshi 100 ta brendi" reytingini e'lon qildilar.  

O'tgan yili bo'lgani kabi 2007 yilda ham CocaCola reytingda birinchilikni qo'lga kiritdi. Kompaniya daromadlari bu yil o'tgan yilgiga qaraganda 3 %ga kam bo'lsa-da, brend reytingda o'z mavqeini saqlab qoldi. Eslatib o'tamiz, so'nggi paytda ushbu alkogolsiz ichimlikning zararlari haqida matbuot chiqishlari CocaCola reytingiga sezilarli darajada ta'sir o'tkazgan.

Reytingda ikkinchi o'rinni jahon komputer dasturlari bozorini egallab ulgurgan Microsoft(59 mlrd. $) kompaniyasi egalladi. Undan keyingi o'rinda IBM turibdi: uning yillik daromadi 2 foizga o'sgan va 57 mlrd. dollarni tashkil etgan.

AQShning General Electric (51,5 mlrd. $) brendi 4-o'rinda bo'lsa, ko'pchilikning sevimli uyali telefon markasi, Finlandiyaning Nokia (33,6 mlrd. $) brendi 5-o'rinni egalladi. Kuchli o'nlikka yana Toyota (32 mlrd. $), Intel (30,9 mlrd. $), McDonalds (29,3 mlrd. $), Disney (29,2 mlrd. $) va Mersedes (21,5 mlrd. $) brendlari kirgan.

Eng rivojlanayotgan brend sifatida Google e'tirof etilgan. Uning qiymati 44 5ga o'sib, 17,8 mlrd. $ni tashkil etgan. Shuningdek, Zara (22%), Apple (21%) va Nintendo(18%) brendlarida ham bu yil katta o'sish kuzatilgan.

Dunyoning eng yaxshi brendlari (Interbrand) 

1. Coca-Cola, AQSh 
2. Microsoft, AQSh 
3. IBM, AQSh 
4. GE, AQSh 
5. Nokia, Finlandiya 
6. Toyota, Yaponiya 
7. Intel, AQSh 
8. McDonald’s, AQSh 
9. Disney, AQSh 
10. Mercedes, Germaniya 
11. Citi, AQSh 
12. Hewlett-Packard, AQSh 
13. BMW, Germaniya 
14. Marlboro, AQSh 
15. American Express, AQSh 
16. Gillette, AQSh 
17. Louis Vuitton, Fransiya 
18. Cisco, AQSh 
19. Honda, Yaponiya 
20. Google, AQSh 
21. Samsung, Koreya 
22. Merrill Lynch, AQSh 
23. HSBC, Buyuk Britaniya 
24. Nescafe, Shveysariya 
25. Sony, Yaponiya 
26. Pepsi, AQSh 
27. Oracle, AQSh 
28. UPS, AQSh 
29. Nike, AQSh 
30. Budweiser, AQSh 
31. Dell, AQSh 
32. JPMorgan, AQSh 
33. Apple, AQSh 
34. SAP, Germaniya 
35. Goldman Sachs, AQSh 
36. Canon, Yaponiya 
37. Morgan Stanley, AQSh 
38. Ikea, Shvetsiya 
39. UBS, Shveysariya 
40. Kellogg’s, AQSh 
41. Ford, AQSh 
42. Philips, Niderlandiya 
43. Siemens, Germaniya 
44. Nintendo, Yaponiya 
45. Harley-Davidson, AQSh 
46. Gucci, Italiya 
47. AIG, AQSh 
48. eBay, AQSh 
49. AXA, Fransiya 
50. Accenture, AQSh 
51. L’Oral, Fransiya 
52. MTV, AQSh 
53. Heinz, AQSh 
54. Volkswagen, Germaniya 
55. Yahoo!, AQSh 
56. Xerox, AQSh 
57. Colgate, AQSh 
58. Chanel, Fransiya 
59. Wrigley, AQSh 
60. KFC, AQSh 
61. Gap, AQSh 
62. Amazon.com, AQSh 
63. Nestle, Shveysariya 
64. Zara, Ispaniya 
65. Avon, AQSh 
66. Caterpillar, AQSh 
67. Canone, Fransiya 
68. Audi, Germaniya 
69. Adidas, Germaniya 
70. Kleenex, AQSh 
71. Rolex, Shveysariya 
72. Hyundai, Koreya 
73. Herms, Fransiya 
74. Pizza Hut, AQSh 
75. Porsche, Germaniya 
76. Reuters, Buyuk Britaniya 
77. Motorola, AQSh 
78. Panasonic, Yaponiya 
79. Tiffany & Co., AQSh 
80. Allianz, Germaniya 
81. ING, Niderlandiya 
82. Kodak, AQSh 
83. Cartier, Fransiya 
84. BP, Buyuk Britaniya 
85. Mot & Chandon, Fransiya 
86. Kraft, AQSh 
87. Hennessy, Fransiya 
88. Starbucks, AQSh 
89. Duracell, AQSh 
90. Johnson & Johnson, AQSh 
91. Smirnoff, AQSh 
92. Lexus, Yaponiya 
93. Shell, Niderlandiya
94. Prada, Italiya 
95. Burberry, Buyuk Britaniya 
96. Nivea, Germaniya 
97. LG, Koreya 
98. Nissan, Yaponiya
99. Polo RL, AQSh
100. Hertz, AQSh

 

"Dunyoning eng yaxshi 100 ta brendi" reytingining muqobili Millward Brown Optimor va "Financial Times" gazetalari hamkorligida tashkil etilgan "Eng qimmat 100 ta brend"ro'yxatidir. Eng yaxshi brendlar reytingi ekspertlarning bahosi orqali aniqlangan bo'lsa, eng qimmatbaho brendlar - iste'molchilar fikrlari asosida tuzilgan.

MBOga ko'ra, dunyodagi eng qimmat brend Google bo'lib, uning qiymati 77 %ga oshgan va 66 mlrd. $ deya baholangan. Keyingi o'rinlarni General Electric (62 mlrd. $) va Microsoft (55 mlrd. $) brendlari egalladi. To'rtinchi o'rinda 44 mlrd. qiymat bilanCocaCola turgan bo'lsa, 5-o'rinni China Mobile (41 mlrd. $) band etdi.

MBO ekspertlariga ko'ra, eng tez rivojlanayotgan savdo markalari Marks & Spencer(192%), Best Buy (113%) va Target (88%)dir. Eng past ko'rsatgich Home Deport (-33%) da kuzatildi. Shunigdek T-Mobile - (-32%), Intel (-26%) va Dell (-24%) brendlar qiymati ham tushib ketgan.

Dunyoning eng qimmatbaho brendlari  (Millward Brown Optimor)

N/Kompaniya nomi/Brand qiymati, mln. $ 

1. Google  66 434
2. GE (General Electric)  61 880
3. Microsoft  54 951
4. Coca Cola  44 134
5. China Mobile  41 214
6. Marlboro  39 166
7. Wal-Mart  36 880
8. Citi  33 706
9. IBM  33 572
10. Toyota  33 427
11. McDonald's  33 138
12. Nokia  31 670
13. Bank of America  28 767
14. BMW  25 751
15. HP  24 987
16. Apple  24 728
17. UPS  24 580
18. Wells Fargo  24 284
19. American Express  23 113
20. Louis Vuitton  22 686
21. Disney  22 572
22. Vodafone  21 107
23. NTT DoCoMo  19 450
24. Cisco  18 812
25. Intel  18 707
26. Home Depot  18 335
27. SAP  18 103
28. Gillette  17 954
29. Mercedes  17 813
30. Oracle  17 809
31. HSBC  17 457
32. Tesco  16 649
33. ICBC  16 460
34. Verizon Wireless  16 261
35. Starbucks  16 057
36. Honda  15 465
37. Dell  13 903
38. Bank of China  13 689
39. Royal Bank of Canada  13 624
40. Porsche  13 372
41. Deutsche Bank  13 210
42. Yahoo!  13 201
43. eBay  12 927
44. Samsung  12 742
45. Ford  12 627
46. L'Oral  12 303
47. Banco Santander  12 094
48. Pepsi  11 756
49. Carrefour  11 710
50. Merrill Lynch  11 655
51. UBS  11 591
52. Target  11 560
53. ING  11 539
54. Canon  11 413
55. Sony  11 389
56. Morgan Stanley  11 204
57. Chevrolet  11 202
58. Nissan  11 189
59. Chase  11 182
60. Motorola  10 787
61. China Construction Bank  10 757
62. Accenture  10 534
63. Nike  10 290
64. Harley-Davidson  10 269
65. Wachovia  10 035
66. Budweiser  9 977
67. Orange  9 922
68. Marks & Spencer  9 509
69. FedEx  9 310
70. Cingular Wireless  9 260
71. Siemens  9 111
72. State Farm  8 738
73. H&M  8 711
74. JP Morgan  8 490
75. TIM  8 440
76. Goldman Sachs  8 239
77. T-Mobile  8 047
78. Colgate  7 711
79. Chanel  7 499
80. Subway  7 433
81. IKEA  7 373
82. Royal Bank of Scotland  7 200
83. VW (Volkswagen)  7 033
84. Cartier  7 021
85. Hermes  6 939
86. Best Buy  6 674
87. Barclays  6 612
88. Avon  6 558
89. Gucci  6 524
90. Zara  6 469
91. WaMu  6 126
92. Amazon  5 964
93. BP  5 931
94. AIG  5 880
95. ABN AMRO  5 617
96. Auchan  5 570
97. Asda  5 540
98. Lexus  5 421
99. Esprit  5 411
100. Rolex  5 387

Ikkala reytingda ham bir-biriga o'xshash bir jihat bor. Ularda AQSh brendlari ko'p bo'lib, o'zlari ta'kidlaganidek, "Amerika markalari eng yaxshi bo'lishi kerak" prinsipiga amal qolmoqda. Lekin bu aksioma qachongacha davom etishini vaqt ko'rsatadi.

Davronbek Tojialiyev

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.