OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Insoniyatning eng muhim 10 ta g'oyasi - New Scientist 2006

Amerikaning New Scientist jurnali olimlar o‘rtasida insoniyatning eng muhim g‘oyalarini aniqlash yuzasidan o‘tkazilgan so‘rov natijalarini e’lon qildi: Katta portlash nazariyasi,   Evolyutsiya, Kvant mexanikasi, Jamuljam nazariyasi, Tavakkal, Xaos, Nisbiylik nazariyasi,   Iqlim o‘zgarishi, Tektonika, Asl ilm



Katta portlash nazariyasi
So‘rov natijalariga ko‘ra Katta portlash g‘oyasi birinchi pog‘onani zabt etdi. Zamonaviy tushunchalarga ko‘ra, bu Koinotning  13 mlrd. yilcha ilgari kengayib boshlagan holati bo‘lib, Koinotning o‘rtacha zichligi hozirgisidan cheksiz ravishda katta bo‘lgan. Fazoning kengayib borishi tufayli Koinot zichligi  vaqt o‘tgan sayin quyilab boradi. O‘tmishga uloqtirilishiga mos holda zichlik fazo va vaqt haqidagi klassik tushunchalar o‘z kuchini yo‘qotguniga dovur (kosmologik singulyarlik) ortib boradi. Shu lahzani hisob-kitob kuni boshlanishi, deb qabul qilish mumkin.



Evolyutsiya — bir shakldan ikkinchisiga, oddiy(ilk)dan murakkabroq va takomillashgan shaklga rivojlanish. Evolyutsion nazariya deganda, butun koinotda  shiddat bilan oldinga intiluvchi buyuk  va yaxlit rivojlanish jarayoni takomillashib borishi, hodisalarning barcha holat va shakllariga tegishli oddiy shakllarning murakkabroqlariga o‘zgarishi jarayonini ta’kidlovchi monistik dunyoqarash tushuniladi.



Kvant mexanikasi — fizikaning elementar zarralar, atomlar, molekulalar, atom yadrolari, shuningdek, makrohodisalarning harakat qonuniyatlari va ularni bayon qilish vositalarini o‘rganuvchi asosiy bo‘limi. XX asrning qator yirik texnik  yutuqlari Kvant mexanikasining maxsus qonuniyatlariga asoslangan. Masalan, yadro reaktorlari faoliyati asosida kvant-mexanika qonuniyatlari yotadi. Kvant mexanikasi nafaqat fizik tadqiqotchilar, balki muhandislarga ham zarur bo‘lgan bilim sifatida sezilarli darajada «muhandislik» fani hisoblanadi.



Jamuljam nazariyasi — Megassience — hammasi haqidagi fan reytingda  4-o‘rinni egalladi. Hammasi nazariyasi olam haqidagi insoniyat tomonidan to‘plangan barcha bilimlarni to‘plab, tizimlashtirishni nazarda tutadi. Bu hammasini yaxlit birlashtiruvchi o‘ziga xos fanlarning fanidir.



Tavakkal
So‘rovda ishtirok etgan olimlar tavakkal insonlarning faqatgina ongida mavjud, ular tomonidan o‘ylab chiqarilgan, deb hisoblashadi.  Bu tushuncha fikrlash, vaziyat va uning oqibatlarini baholash bilan chambarchas bog‘liq. O‘tmishda insonni noxush oqibatlarga olib borgan ko‘plab ishlar vaziyatni  oldindan ko‘ra bilmaslik natijasida sodir bo‘lgan. Endi inson o‘z imkoniyatlarini  o‘zi erkin baholay oladi, yaxshi advokat yordamida esa  har qanday vaziyatni o‘zi xohlagan tomonga  og‘dira olishi mumkin, deb yozadi istehzo bilan jurnal.  



Xaos (tartibsizlik) 
Olimlar, ehtimol, xaos haqida eshitgan oxirgi kishilar edi, deb yozadi jurnal. Hayotimizdagi hamma narsa tartibsiz, tasodifiy, nima bo‘lishini oldindan aytib bo‘lmaydigandir. Benjamin  Franklin shunday yozgan edi: “Mix yo‘qligi uchun taqa boy berilgan; taqa yo‘qligidan ot; oti yo‘qligidan chavandozni dushmani quvib yetib o‘ldiradi — hammasi taqada mix yo‘qligi tufayli”.



Albert Eynshteynning Nisbiylik nazariyasi 
Nisbiylik nazariyasi — fizik jarayonlarning zamon va makon xususiyatlarini ko‘rib chiquvchi fizik nazariya. Ushbu nazariya tomonidan o‘rnatilgan qonuniyatlar barcha fizik jarayonlar uchun umumiydir, shuning uchun ko‘pincha ular yuzasidan shunchaki makon va zamon xususiyatlari haqida gapiriladi. Aynan nisbiylik nazariyasi tortishish kuchi ta’siriga ahamiyat bermasdan zamon va makon xususiyatlarini taqriban ko‘rib chiqadi. Nisbiylik nazariyasi muallifi Albert Eynshteyndir.



Iqlim o‘zgarishi 
Insoniyat yer yuzidagi iqlim o‘zgarishiga alohida e’tibor qaratishi kerak, negaki, insonlar turmushi shunga bog‘liq, deb hisoblaydi olimlar. Iqlim o‘zgarishining asosiy sababi — atmosferada karbonat angidrid gazi to‘planishining ortib ketishi tufaylidir. Sanoat rivojlanishigacha bo‘lgan davrda bunday to‘planish hozirgisidan ancha past miqdorda edi. Ba’zi taxminlarga ko‘ra, XXI asr oxirida atmosferada karbonat angidrid hozirgidan ikki barobar ko‘p to‘planishi mumkin.



Tektonika — geologiyaning bir sohasi bo‘lib,  Yer po‘stlog‘i (geologik turlarning hosil bo‘lish shakllari) hamda yerdagi to‘la rivojlanish bilan bog‘liq tektonik harakat va deformatsiyalar ta’siridagi o‘zgarishlarni o‘rganadi. Masalan, tektonik kartalar yirik zilzilalarni oldindan taxmin qilishda yordam beradi, deb yozadi nashr.



Asl ilm 
Ilm-fan — qandaydir bilim sohasiga tegishli ob’ektiv ishonchli ma’lumotlarni tizimli birlashtirish va bayon qilish, umumiyroq qaraganda — tabiat hodisalari va inson hayoti haqidagi ularning qonuniyatlari va o‘zgarmas tartibi tomonidan ob’ektiv haqiqiy va tizimli bilimlar. Kishilar qadim zamonlardan har bir fan ma’lum  o‘z o‘rniga ega bo‘lgan barcha fanlarni yaxlit fanlar birikmasiga keltirish uchun umumiy asosni topishga uringanlar.

Shunday qilib,  insoniyatning eng muhim 10 ta g‘oyasi:
1.   Katta portlash nazariyasi
2.   Evolyutsiya
3.   Kvant mexanikasi
4.   Jamuljam nazariyasi
5.   Tavakkal
6.   Xaos
7.   Nisbiylik nazariyasi
8.   Iqlim o‘zgarishi
9.   Tektonika
10.   Asl ilm 

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

Топ рейтинг www.uz
© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.