2007 yil noyabr oyi ma'lumotlariga ko'ra Rossiya, shu jumladan rus spamchilari zarbasiga duchor bo'layotgan o'zbek pochta foydalanuvchilariga yuborilgan umumiy maktublarning 75-80 foizini spam tashkil etgan. Eng ommabop spam maktublari mavzusi medikamentlar (salomatlik bilan bog'liq tovar va hizmatlar) bo'lib, 20,8 %ni tashkil etgan.
Ikkinchi o'rinda ta'lim (11 %) bo'lib, unda har xil an'anaviy, psixologik ta'lim xizmatlari reklama qilingan. Shuningdek, komputer va internet, dam olish va turizm, elektron reklama haqidagi spamlar ham pochta foydalanuvchilarini "to'ydirgan".
Runet spamchilarining eng sevimli mavzulari
1. Medikamentlar; salomatlik bilan bog'liq tovar va hizmatlar (28,6 %)
2. Ta'lim (11,0 %)
3. Komputer va Internet (10,3 %)
4. Dam olish va turizm (8,3 %)
5. Elektron reklama xizmatlari (6,1 %)
6. Komputer firibgarligi (4,2 %)
7. Shaxsiy moliya (2,9 %)
8. Huquqiy xizmatlar va audit (2,8 %)
9. Ko'chmas mulk (2,3 %)
10. "Kattalar uchun" spam (1,8 %)