Qalbaki maqtash haqoratlashdir, poydevorsiz qurilgan bino qulaydi.
* * *
Sababsiz uzr gunohdir, ishonch yo‘qolishi bilan qilingan takalluf haqoratdir.
* * *
G‘azab hurmatni unutadi, yaxshiliklarni ko‘mib yuboradi va gunohsizlar uchun jinoyatlar vujudga keltiradi.
* * *
Inson ehsoni bilan, ehson sultoni bilan, sulton zamoni bilan, zamon imkoni bilan, imkon esa makonini belgilab berishi bilan.
* * *
Dunyo — sovchisi ko‘p kelin, podshohlik—xaridorga serob bir mol.
* * *
Kishilarga ma’lum bo‘lmasa ham, haqiqat haqiqatdir, ko‘r ko‘rmasa ham, kunduzi kunduzidir.
* * *
Ehtiyotsiz (qilingan) dori-darmon kasallikdir, unga hojat tushgandagina shifo bo‘ladi.
* * *
Unutilgan joyda esga tushirish (bo‘ladi), erk berilgan joyda qoziga ro‘para bo‘linadi.
* * *
Nafs o‘z tuzilishiga moyildir, qush o‘z zotiga tortadi.
* * *
Xira ko‘zning gunohi zulmatni sevish va yorug‘likni yomon ko‘rishdan (iborat).
* * *
Olijanob (kishi) zafarining karomati (shundaki), agar qo‘lga kiritsa, (boshqalarga) beradi, pastkash zafarining qabihligi shundaki, qo‘lga kiritsa, yana (ko‘proq) kiritishni istaydi.
* * *
Dangasaning hojatida unga hamroh bo‘lma, qancha sodiq kishilar boshqaning fasodi bilan buzilib ketadilar.
* * *
Kosa va cho‘ntakning ikkalasini (barobar) to‘ldirishga hukm qilinmagan, kosani to‘ldirish uchun cho‘ntakni bo‘shatish kerak.
* * *
Qaramli kishi tahqirlansa ham azizdir. Karamli kishi go‘zallik bilan savdo qiladi, mol bilan savdo qilmaydi.
* * *
Ota-onalar ikki xil: tug‘ilish otasi va ta’lim berish otasi; birinchisijismoniy hayot sababli, ikkinchisi ruhiy hayot sababli.
* * *
Dushmanlarga matonatni zohir qilish senga (lozim), o‘zingdagi sustlikni hech zohir etmagin, (u vaqtda) sen tahqirlanib qolasan.
* * *
Rayhonni ko‘rganmisan? Ko‘karib turganda uni hidlashadi, qachon tusi o‘zgarsa, tahoratxonaga tashlab yuborishadi.
* * *
Kitobga rashk (qilish) karamli ishlardan, balki u oilaga rashk qilishning hamshirasi.
* * *
Agar er kishini xavotirlik ipi kishanlab qo‘ygan bo‘lsa, orzu-umid ulovi tomon qo‘zg‘ololmaydi.
* * *
Dalil ko‘rsatishdan mag‘lub bo‘lgan (kishi) hamma narsani aytib beradi, g‘arq bo‘layotgan esa har bir ipga osilishga urinadi.
* * *
Aqlli kishi ikki yomon ishdan yaxshisini tanlab oladi va ikkita ishonchli kishining eng adolatlisiga yon bosadi.
* * *
Karamli (kishi) go‘zallik bilan savdo qiladi, mol bilan savdo qilmaydi.
* * *
Olijanob (odam)ning himmati uning kambag‘allikdan himoya qiluvchisi va qismatiga qarshi quroldir.
* * *
Iqror bo‘lgan kishiga (qilingan) avf qattiq turib talab qilgan kishiga (qilingan) avfdan tezroqdir.
* * *
Insonning kelib chiqishi taqozo qilgan narsaga qanday qilib u qarshilik qila oladi, tuprog‘i yomon bo‘lgandan keyin (qanday qilib) hosil yaxshi bo‘la oladi?
* * *
Dahr qarzdor, ehtimol u va’dasiga vafo qilar, zamona homilador, ehtimol u egizak tug‘ar.
* * *
Muhabbat har qanday qimmat narsaning bahosidir va har qanday yuqori narsaning shotisidir.
* * *
Davr xoinlik qilgandan keyin vafo qiladi, sindirgandan keyin tuzatadi, gunohdan keyin tavba qiladi, haqorat qilgandan keyin taqdirlaydi.
* * *
Maqsadga ortiqcha intilish undan keyin qolishdir, yetarlikdan ziyodasi uning kam (bo‘lishidir).
* * *
Qarindosh qarindoshning birodari, adib adibning bir daraxt ildizidan ko‘kargan shoxi.
* * *
Qilich a’zoning quvvatiga qarab sanchiladi, ot esa mingan kishining holiga qarab chopadi.
* * *
Rahbarlik (qilish) tobelarning ko‘pligiga bog‘liq, tobelarning ko‘p (bo‘lishi) xayru sahovatning ko‘p bo‘lishiga bog‘liq.
* * *
Qaerda rag‘batlantirish bo‘lsa, umid shu tomonga yo‘l oladi. Qaerga don sepilsa, shu yerga qush qo‘nadi.
* * *
Agar hokimiyatda adolat hukm surmasa, u inqirozga yuz tutadi.
* * *
Chopqir ot urilsa qoqiladi, keskir shamshir zo‘r-zo‘rakay (urilsa), kesmaydi, rostgo‘y til yolg‘on so‘zlasa, tutilib qoladi.
* * *
Kichikka muruvvat eng latif va eng yoqimli bo‘ladi, xuddi ozgina suv eng shirin va mazali bo‘lganiday.
* * *
Adabning mevasi katta aqldir, ilmning mevasi yaxshi amaldir.
* * *
Ehson eshigi unga kirishni xohlaganlar uchun ochiqdir, muruvvat qilishni xohlagan kishi uchun uning ihota qilingan joyi bemalaldir.
* * *
Karamli (kishi) uchun to‘siq yo‘qdir, uning oldidan eshik berkitilmaydi ham.
* * *
Yaxshi ko‘rgan kitobni o‘qish qayg‘u zahariga qarshi doridir.
* * *
Farovonlikka shukr (qilish) bolaga sabr (qilish) dan osonroqdir, salomatlikni saqlash dardni davolashdan yengilroqdir.
* * *
Sultonnnng oz (narsasi) ham ko‘pdir, u bilan muomala qilish (uchun) ehtiyotkorlik va tadbir (kerak), uning (aybini) ochish aldanish va aldanishdir.
* * *
Bo‘htonchidanko‘ra unga quloq solgan kishi yomonroqdir, yomon matodan uni qabul qilgan kishi yomonroqdir.
* * *
Muhabbat (suvidagi) xas-xashaklarga bardosh berilmasa va uning loyqa suvlarini ichilmasa, unda yaxshilik bo‘lmaydi.
* * *
So‘zning eng yaxshisi ziddiga qarshi chiqilishidan rohatlanish, hazil va jiddiyligidan xursand bo‘lishdir.
* * *
Iqboldan qalinroq satri-avrat bo‘lmaydi, ishonchdan qulayroq shofe bo‘lmaydi.
* * *
U tufayli yig‘lash mumkin bo‘lmagan kaltak uning eng og‘ritadiganidir, bolaning eng kuchlisi uni shikoyat yengillashtirolmaganidir.
“O‘zbek pedagogikasi antologiyasi”dan olindi.