Qrim tatarlari – Qrimdagi xalq, shuningdek Ukrainaning Xerson viloyatida, O‘zbekistonda, Rossiyaning Krasnodar o‘lkasida yashaydilar. Ukrainadagi qrim tatarlari soni 258 ming kishi (2000). Turkiy tillarning qipchoq guruhiga qrim tatar tilida so‘zlashadi. Bu til O‘zbekiston va Ukrainaning bir qator hududlarida, qisman Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston, Gruziya, Ozarbayjon, Ruminiya va Turkiyada tarqalgan. So‘zlashuvchilarning umumiy soni 800 ming kishiga yaqin (1990-y.lar oxiri).
• Quyosh botish uchun chiqadi, inson o‘lish uchun tug‘iladi.
• Quloq ― ikkita, og‘iz ― bitta. Bas, ikki marta eshitib, bir marta so‘zla.
• Yomon xabarning qanoti bor, xushxabarning ― oyog‘i oqsoq.
• Quyon toqqa achchiq qilibdi, tog‘ sezmabdi ham.
• Ilon po‘stini tashlaydi, fe’lini tashlamaydi.
• Kalning oldida oshqovoq haqida gapirma.
• Bilganga chivin ham dutor, bilmaganga doim nimadir kam.
• Do‘sting senga ta’na qilsa, dushmaning kularkan.
• Sherni tirnog‘idan biladilar.
• Ayiq o‘rmondan xafa bo‘ldi, o‘rmon xabarsiz qoldi.
• Go‘shtni tirnoq bilan kesib bo‘lmaydi.
• Sendan biron narsa so‘rashsa shafqatsiz bo‘lma, seni ezg‘ilashsa muloyim turma.
• Qo‘tir echki podani bulg‘aydi.
• Nodonning boshi og‘rimaydi.
• Oq bilan qora bir joyda chiqishmaydi.
• Bo‘ydoqning bo‘ynida bit bor, uning daromadini it yeb bitiradi.
• Ko‘zsiz yashash mumkin, Vatansiz yashab bo‘lmaydi.
• Ishsizlik ― kambag‘allik kaliti.
• Qisqa suhbatda katta ma’no.
• Tuya pashsha tutmaydi.
• To‘pga o‘rgangan tuya do‘mbiradan cho‘chmaydi.
• Cho‘ponga bo‘ri kerak emas.
• Barcha tirik jonzotlar o‘limga mahkum.
• Hamma narsa bo‘lishi mumkin, lekin soqoli yo‘qning soqoli o‘smaydi.
• Qorning hammasi oq, lekin hamma oq narsa qor emas.
• Mix taqani asraydi, taqa ― otni, ot ― mardni, mard Vatanni asraydi.
• Qayerda xo‘roz ko‘p bo‘lsa, tong erta otadi.
• Ahmoq kunduz kuni chiroq yoqadi.
• Tuvak tuvakka "sening yuzing qora" degan ekan.
• Daraxt niholligida egiladi.
• Agar tuyaning qanoti bo‘lganida bironta ham tom omon qolmasdi.
• Yig‘lasa onam yig‘lar, qolganlar yolg‘on yig‘lar.
• Piyola piyolaga urilsa, ikkisi ham sinadi.
• Temir ishlatilmasa, zang bosadi.
• Ishlayotgan temir yarqiraydi.
• Uylanmoqchimisan ― ko‘zingga emas, qulog‘ingga ishon.
• Mingta xola bitta ona bo‘lolmaydi.
• Yugurgan ham, quvgan ham Xudo deydi.
• Qo‘yni o‘z oyog‘idan bog‘laydilar.
• Har baxtsizlikning yaxshi tarafi ham bo‘ladi.
• Ko‘za har kuni suvga boradi, kun kelib uning dastasi qo‘lda qoladi.
• Ajdodlar qanday bo‘lsa, avlodlar ham shunday bo‘ladi.
• Puling bo‘lsa, narhini bilmaysan, narhini bilganingda izlaganingni topolmaysan.
• Chiroy ― ko‘z uchun, aql ― qalb uchun.
• Qon qon bilan emas, suv bilan yuviladi.
• Ko‘pga yugurgan, ozdan ham qoladi.
• Oz bergan ― ko‘ngildan berar, ko‘p bergan ― boylikdan.
• Ko‘p gapirgan ko‘p adashadi.
• Atirgul tergan tikandan qo‘rqmas.
• O‘t qayerga tushsa, o‘sha yerni kuydiradi.
• Ortiqcha yaxshilik boshni yormaydi.
• Sigir bolalagandan so‘nggina buzoq haqida gapirish mumkin.
• O‘nta hunarni chala bilgandan bittasini to‘liq o‘rgan.
• O‘zga bog‘dagi atirguldan bog‘ingdagi tikan afzal.
• Sevgi sevgini keltiradi.
• Yosh o‘sadi, qari qoladi.
• Ishtonni ko‘tarmasdan baliq tutolmaysan.
• Yuzi go‘zal go‘zal emas, sevimli bo‘lgani go‘zal.
• Olomon oldida eshaginingning dumini kesma, birov uzun desa, boshqasi kalta deydi.
• Qarilar so‘zini olmaganning qariguncha biri ikki bo‘lmas.
• Mehnat qilmay, qiyinchilik ko‘rmay ― baxtga erishmaysan.
• Birovning eshigini qoqsang, senikini ham taqillatishadi.
• Baxtsizlik qo‘sh keladi.
• Xaridor yo‘q bo‘lsa sotuvchi ne qilsin? Sotuvchi yo‘q bo‘lsa ― xaridor.
• Bitta laylak bilan bahor kelib qolmaydi.
• Yolg‘iz farzand ― dushmandan battar.
• Yolg‘iz farzand ― farzand emas, qo‘sh farzand ― farzand.
• Egizak bir onadan, ikkovining fe’li har xil.
• Yomon xabar ― uzun oyoq, g‘iybatchi ― uzun quloq.
• Temir ishlab tursa, zanglamaydi.
• Daromad va buromad ― do‘st.
• Daromad va buromad bir aravada yuradi.
• So‘rab-so‘rab Istanbulni topasan.
• Aka ukaga o‘lim ham tilamaydi, omad ham.
• Baliq boshdan sasiydi.
• Odamning yuragi tarvuz emas, so‘yib tomosha qilgani.
• Sarimsoqning shirini bo‘lmaydi.
• Fil chumchuq tug‘ibdi.
• Filni tishidan bilish mumkin.
• Ajal yoshga qaramaydi.
• Eski do‘st dushman bo‘lolmas.
• Dasturxon mehmon bilan fayzli, uy ― bola bilan.
• Yaxshilik qilgan yaxshilik topadi, yomonlik qilgan ― yomonlik.
• Bolang bo‘lmasa bir tashvish, bolang ko‘p bo‘lsa ― mingta.
• Tarbiyani tarbiyasizdan o‘rgan.
• Yaxshi odam tezda boyib ketmaydi.
• Yaxshi so‘z ― asal, yomon so‘z ― kasal.
• Qozonga nima solsang, qoshiqqa ham o‘sha chiqadi.
• Olmaning tagiga olma to‘kiladi.
D.Tojialiyev tarjimalari