Janjalga, fitna va ichiqoralikka moyillik — betayin odamlarning ishi.
PINDAR
Faqat bir tomon aybdor bo‘lganda edi, janjal bunchalik uzoq cho‘zilmasdi.
F. LAROSHFUKO
Ma’lumki, barcha janjallarning o‘ziga xos xususiyati ikkala tomonning zaifligidir.
F. VOLTER
Janjallashayotgan ikki kignining aqllirog‘i — ko‘proq aybdor.
I. GYOTE
Janjalga ikki kishi kerak: hech qachon o‘shalarning biri bo‘lmang.
J. LEBBOK
Kim bilandir janjallashayotganda shuni nazarda tutish kerakki, janjal oxiri borib do‘stlikka aylansin.
DIODOR
Kishilar ko‘pincha tasavvurdagi xafagarchiliklari uchunoq tanishlaridan ranjib, g‘azablanib, ularga sovuq munosabat qilib yuradilar.
J. LEBBOK
Hayotda bo‘lib turadigan har xil janjallar paytida kishi o‘zini yaxshi tutishi xarakterning ustunligini ko‘rsatadi.
G. TEODOR
Mard kishiga qarganda qo‘rqoq odam ko‘proq janjal chiqaradi.
T. JEFFERSON
Men hammavaqt gazabimni bosishga va janjalda yon berishga harakat qilaman, natijada janjalni tinchlatishga erishaman, keyin esa osoyishta holatda hammasi joy-joyiga tushib ketadi. Deyarli hamisha janjal boshidayoq to‘xtatilmaganiga afsuslanishga to‘g‘ri keladi.
L. N. TOLSTOY