Beodoblik faqat qilmishda emas, so‘zda ham bo‘ladi.
ABUL FAROJ
Tajriba bizga qayta-qayta shuni isbotlaydiki, odamlar o‘z tillariga boshqa hamma narsadan ko‘ra ham kamroq hukmrondirlar.
B. SPIPOZA
Odamlar oz so‘zlay turib, ko‘p narsani ifodalay olganlari holda, farosatsizlar esa, aksincha, to‘xtovsiz gapirib, bari bir hech narsa bermaslik xususiyatiga egadirlar.
F. LAROSHFUKO
So‘z ham misoli yaproqqa o‘xshaydi: daraxtning bargi ko‘p bo‘lsa, mevasi oz.
A. POP
Qotma odam qalin chopon kiyishni yoqtiradi, ma’nisi kam odam esa — o‘zini so‘z bilan shishiradi.
M. MONTEN
Aytar so‘zi bo‘lmagan odam — gapdan tinmaydi.
G. SHOU
To‘xtovsiz vaysash — qobiliyatsizlik belgilaridan biri.
J. LABRUYER
Aytar so‘zi yo‘q odam ko‘p gapiradi.
L. N. TOLSTOY
Ezmalik aqli pastlik belgisidir.
A. N. SUMAROKOV
Aqli kaltaning — tili uzun.
ARISTOFAN
O’ylay bilmaydiganlar ezmalik qiladilar.
R. SHERIDAN
Nog‘ora ta’limini berma: u ichi bo‘shligi uchun shovqin soladi.
O. N. BETLING
Umuman olganda, kam biladiganlar ko‘p gapiradi, ko‘p biladiganlar esa kamgap bo‘ladilar.
J. J. RUSSO
Dononing tili qalbida, tentakning qalbi esa tilida.
N. V. SHELGUNOV
Dono odamlar fikr aytishdan oldin o‘ylab ko‘radilar, tentaklar shartta gapirib yuboraveradilar.
G. GEYNE
Kim qanchalik nodon bo‘lsa, shuncha tez xulosa chiqaradi.
E. KONDILYaK
Faqat yuzaki bilim va mavhum fikrlargina ezmalikka olib keladi.
B. GALDOS
Nimaiidir aytish istagi nimanidir o‘rganish istagidan deyarli hammavaqt kuchlilik qiladi.
D. I. PISAREV
Kimki tersayib, ko‘p gapirsa, u kerakli narsalarni o‘rganolmaydi.
DEMOKRIT
Nimadir bir yangi gap aytish istagida kishilar qanchadan-qancha bema’ni gaplarni vaysaydilar.
F. VOLTER
Gapdonlik san’ati hech bir ish qilmaydigan odamlardagina katta hayrat uyg‘otadi.
N. A. DOBROLYUBOV
Bekorchi odamlar doimo sergap bo‘ladilar. Qancha kam o‘ylaganing sari shuncha ko‘p gapirasan.
Sh, MONTESKYE
Ish bilan band bo‘lganda faqat zarur bir gap chiqsagina gapiradilar: bekorchilikda esa odam hadeb so‘zlagisi kelaveradi.
J .J. RUSSO
Agar birovni qandaydir qilmishdan to‘xtatib qolmoqchi bo‘lsangiz, siz uni shu haqda gapirshiga majburlang: odamlar qanchalik ko‘p gaiirganlari sari ish qilishga ishtiyoqlari gauncha susayadi.
T. KARLEYL
Vekorchilikni hech narsa quruq gapdek rag‘batlantira olmaydi.
L. N. TOLSTOY
Dudyodagi eng sergap odamlar bekorchilardir.
P. A. PAVLENKO
Nahslashganda sen doimo ezmalardan nari qoch:
Hammaning tili burro. aqlchi — oz odamda.
KATON
To‘gri so‘zlab, ezmalikdan qoch.
DEMOKRIT
Sergap bo‘lma, negaki, sergaplik shunday bir bo‘shliqqa o‘xshaydiki, unda qoqiladigan toshlar ham ko‘p.
ABUL FAROJ
Bugun faqat bugungi zarurini aytgin sen,
Qolganini qo‘y bugun, kezi kelar unga ham.
GORATSIY
Har narsadan o‘zni tiyish uchun odamga kuch kerak, lekin shular orasidan eng qiyini tilni tiyishdir. Eng muhimi ham aslida shu.
L. N. TOLSTOY
Kim ko‘p gapirsa, bema’nilikni ham ko‘p gapiradi.
P. KORNEL
O’z tilini idora qilolmagan odamda haqiqat bo‘lmaydi.
M. GANDI
Ezma odam qiladigan ishni goho yovuz odam ham o‘zyga ravo ko‘rmaydi.
P.BUAST
O’tkir til — qobiliyat, uzun til — jazo.
D. D. MINAYEV
Tabiatning ezmalarni ko‘rarga ko‘zi yo‘q.
J. RENAR
Sergaplik odatda diqqinafaslikni yuzaga chiqaradi.
M. SERVANTES
Sergaplik doimo yoqimsiz.
M. SERVANTES
Odam ko‘p gapirib qo‘yganda hammavaqt qandaydir vajdoni azoblanib, o‘ng‘aysizlanib yuradi.
I.S. TURGENEV
Yolg‘on ezmalik bilan yashiringan bo‘ladi, yolg‘on ma’lumki, barcha illatlarning boshi.
M.Ye.SALTIKOV-SHCHEDRIN
Sergap o‘zini yaxshi ko‘rsatmoqchi bo‘ladi-yu, ammo nafratga uchraydi, birovga qarashmoqchi bo‘lsa — xira pashshaga aylanadi, odamlarni hayratga solmoqchi bo‘lsa — kulgiga qoladi; u do‘stlarini yerga urib, dushmanlariga xizmat qiladi.
PLUTARX
Safsatabozni qo‘sh qamchi bilan savalaydilar.
ESXIL
Odam oz so‘zlaganidan juda kam afsuslanadi, aksincha, rosa ezmalanganidan esa tez-tez pushaymon yeb turadi. Bu hammaga ma’lum, ammo hamma yoddan chiqaradigan ko‘hna haqiqatdir.
J. LABRUYER
Zarur gapni aytolmaganing uchun bir marta attang qilsang, tilingni tiyolmaganing uchun esa ming karra attanglaysan.
L. N. TOLSTOY
Aytur so‘zni ayt, Aytmas so‘zdan qayt.
A. NAVOIY
Tilga ixtiyorsiz — elga e’tiborsiz.
A. NAVOIY
Og‘izga kelganini demak nodonning ishi,
Olig‘a kelgannn yemak hayvonning ishi.
A. NAVOIY
O’ylamay aytilgan so‘zni ham
otilgan toshdek ushlab qolish qiyip.
MENANDR
Til — chaqmoqtosh, so‘z — uchqun. Hey, gaiprayotgan odam, ehtiyot bo‘lmasang, o‘t tushib ketishi mumkip.
E. KAPIYEV
Kimga nimani gapirayotganingni tez-tez o‘ylab tur.
TORASIY
Eng yomoni — tiyilmagan til.
YEVRIPID
Bilganingni hammavaqt ham gapiraverma, ammo gapirayotganingni esa hammavaqt bil.
M. KLAUDIUS
Bilag‘onligingdap maqtanma, indamay turib gururlan.
P. A. PAVLENKO
Kimki sir bilishini maqtandimi, sirning yarmini ochib ulgurdi, qolganini ham so‘zsiz ochadi.
JAN POL
Kimki bilganinn vaysasa, bilmaganini ham gapiradi.
F.BEKON
Hatto tanishlarga ham biror narsa haqida maqsadsiz gapirish faqat bekorchi ezmalargagina xos xususiyatdir.
D. II. PISAREV
O’zgalar siriga quloq solish — birovnipg molipn garovga olishdek gap.
N. PAMFOR
Senga ishonib aytilgan sirni, senga ishonib toishirgan molu-dunyodan ham afzalroq ehtiyot qilib saqla, negaki, halol kishilarda qasamdan ham kuchli xarakter bo‘lishi kerak.
ISOKRAT
O’zgalar sirini oshkor etish — sotqinlik, o‘z sirnnp oshkor etish ahmoqlikdir.
F. VOLTER
Sir — bir kishiga ogirlik qiladi, ikki kishi uchup ayni muddao, uch kishi bilganda esa sirligi ham qolmaydi.
I. XOUVEL
Faqat uch kishigiia sir saqlay oladi, agar ularping ikkitasi o‘lgan bo‘lsa.
V. FRANKLIN
Hech kim sirni o‘sha sirni bilmagan odamdek saqlay olmaydi.
F. ROXAS
O’z sirini saqlamoqlik — donishmadlik, biroq boshqalardan buni kutish teitaklikdir.
O. XOLMZ
Agar o‘zimizki sirimizni saqlay olmasak, buni boshqalardan qanday talab qilishimiz mumkin?
F. LAROSHFUKO
Sir ham bamisoli to‘r: bitta tuguni yechilsa, hammasi chuvalib ketadi.
V. GYUGO
Haddai tashqari oshkoralik ham yalang‘ochlik singari xunuk ko‘rinadi.
F. BEKON
Har qanday yalangochlik, hatto qalb yalangochligi ham haqoratlidir. Sir boy bermaslik odamlarni nariroqda ushlab turadi va bizii muhofaza etadi. Bu iiyatlarimizni yashirib turuvchi pardadir.
F. BEKON
Har bir kishining ham oyga o‘xshab yorishmaydigan tomoni borki, uni hech kimga ko‘rsatmaydi.
MARK TVEN
Agar odamlar bir-birlarini boshdan-oxir aniq bilganlarida, bir-birlaridan tiraqaylab qochgan bo‘lardilar.
I. KANT
Agar siringni dushmaning bilmasin desang, uni do‘stingga ham aytma.
QOBUS
Dushmandan yashirganingni do‘stingga ham aytma, zero do‘stlikning abadiyligiga kafillik yo‘q.
ABUL FAROJ
Dushmanga alaming so‘zlama aslo.
Quvonib demasin: «Alhamdulillo!»
SADIY
Dushmaning bilishi lozim bo‘lmagan gapni do‘stingga ham aytma.
A. SHOPENGAUER
Birovga sir aytib, saqla degandan,
Dil sirin. hech kimga aytmagan ma’qul.
Ariq tyshib ketsa bog‘lab bo‘lmaydi,
Suvni eng boshidan qaytargan ma’qul.
Bekitiqcha so‘zni aytib bo‘lmaydi,
Har majlisda aytib, qaytib bo‘lmaydi.
SA’DIY
Sir ichni qizitadi, man etish man etilgan narsaga qiziqishni kuchaytiradi.
D. I. PISAREV
Kishining boplab so‘zlashga aqli yoki ehtiyot yuzasidan sukut saqlashga farosati yetmasa — bu falokat bilan teng.
J. LABRUYER
Ertami-kechmi, barcha sirlar ochiladi. Sira ochilmay qoladigan sir yo‘q.
M. M. PRISHVIN