Men uchun insondan qimmatliroq biron-bir kitobiy haqiqat yo‘q. Inson demak o‘ziga butun bir olamni olib yuradigan jonu jahondir va u abadul-abad yashasin.
M. GORKIY
Hayotimning eng mushkul damlarida ham, eng og‘ir daqiqalarida ham qalbim: «Yashasin inson!» — degan gimnni kuylagan.
M. GORKIY
Yerdagi jamiki go‘zal narsalar – oftobdan va barcha yaxshi narsalar – insondan.
M.M.PRISHVIN
Olam ulug‘ kishilarga boy. Axir har bir qishloq, har bir shahar, har bir o‘lka o‘z buyuk kishiga ega emasmi?
K.BOUVI
Men insonman degan ulug‘ fikrla, hamisha ko‘ksimni tutaman baland.
V. A. JUKOVSKIY
Inson — butun bir olam, faqat undagi asosiy tuyg‘u olijanoblik bo‘lsa bas.
F. M. DOSTOYEVSKIY
Inson qanchalar ajoyib, agar u chinakam inson bo‘lsa.
MENANDR
Olim, shoir, jangchi-yu, qonunshunos va hokazo bo‘lish yaxshi, lekin shular barobarida inson bo‘lmaslik yomon.
V. G. BELINSKIY
Kishining haqiqiy inson bo‘lmoqlikdan boshqa maqsadi bo‘lishi mumkin emas.
L. SHEFER
Hamisha qahramon bo‘lish mumkin emasdir, lekin hamisha inson bo‘lib qolish mumkin.
I. GYOTE
Vatanini sevuvchi har bir grajdanin o‘z yuragida soxtagarchilik emas — chinakam sevgi degan shiorni olib yurmog‘i kerak. Ham ilmiy jihatdan, ham ax-loqiy jihatdan haqiqatga xizmat qilmoq darkor. Inson bo‘lmoq darkor.
N. I. PIROGOV
Inson bo‘lish — bu mas’liyat sezishingdir. O‘zingga aloqasizday tuyulsa ham qashshoqlik oldida andisha qilishingdir. Do‘stlaring erishgan har bir g‘alabadan faxrlanishingdir, o‘z g‘ishtingni quya turib, dunyodagi bunyodkorlikka ko‘maklashayotganingni his etishingdir.
A. SENT-EKZYUPERI
Inson bo‘lish — kurashchi bo‘lmoqlikdir.
I. GYOTE
Biz, faqat kurashuvchi insongina qadr-qimmatga ega bo‘lgan zamonda yashamoqdamiz.
E. TELMAN
Inson ezgulikni va ulug‘likni orzu qilishi kerak.
A. GUMBOLDT
Odamga buyuklar oldida ta’zim qilishgina emas, balki ulardan o‘zib ketishga intilish ham xosdir.
V. I. MUXINA
Kishi bekordan-bekor quruq gavdani ko‘tarib yurish uchun emas, balki ulug‘ va ko‘lamli vazifalar ustida ishlash uchun dunyoga keladi.
L. ALBERTI
Hech bir kishi tap-tayyor holda, ya’ni keragicha shakllangan holda dunyoga kelmaydi, lekin uning hamma hayoti to‘xtovsiz harakatdagi taraqqiyot, doimiy shakllanishdan boshqa narsa emas.
V. G. BELINSKIY
O‘z-o‘zini tarbiyalamoq uchun avvalo kishi o‘zini beshafqat, xolis sudga chaqirmog‘i kerak, o‘z nuqsonlari, kamchiliklarini aniq va ochiq-oydin, g‘ururini ayab o‘tirmay, tushunib olishi va ular bilan kelisha olamanmi yoki yo‘qmi, ularni ortiqcha yuk qilib bo‘ynimga ilib yuramanmi yoki chetga uloqtirib tash-lashim zarurmi, degan masalani uzil-kesil hal etib olmog‘i kerak.
N. A. OSTROVSKIY
O‘z yo‘lini topish, o‘z o‘rnini bilish — inson uchun eng muhimi shu, bu insonning o‘zligini tanishi demakdir.
V. G. BELINSKIY
Birdan tushunib yetish va his qilish mumkin, lekin birdan inson bo‘lib qolinmaydi, balki inson sifatida shakllanmoq kerak.
F. M. DOSTOYEVSKIY
Eng mushkul kasbu kor inson bo‘lishdir.
XOSE MARTI
Inson bo‘lish — bu san’atdir.
NOVALIS
Agar sen o‘zingni majbur etmasang va o‘z-o‘zingga talabchan bo‘lmasang, yuzta o‘qituvchini senga biriktirib qo‘yganlarida ham bundan hech natija chiqmaydi.
V. A. SUXOMLINSKIY
Bu dunyonint bir kamligini pesh qilib, o‘z kamchiliklaringizga bu qadar yopishib olmang.
J. RENAR
O‘zingda qandaydir ojizlikni payqab qoldingmi, soxtagarchilik va mug‘ambirlikni yig‘ishtirib qo‘yib, tuzalish payida bo‘l.
E. DELAKRUA
Xulq tuzatilishga qaraganda buzilishga moyilroq.
L. VOVENARG
G‘ayrat ma’naviy kamolotning zarur shartidir.
L. N. TOLSTOY
O‘zimni yomon ishdan tiyishga qurbim yetmaydi, deyish — odam o‘zini odam emas, hatto hayvon ham emas, balki buyum, deb tan olishi bilan barobardir.
L. N. TOLSTOY
Kishi badantarbiya qilgani singari aql va fe’l-atvorini ham mashq orqali toblashi mumkin.
D. I. PISAREV
Badantarbiya mashqi tanani baquvvat qilsa, fikr yuritish mashqi aqlni kuchaytiradi.
A. N. RADISHCHEV
Qalbning ham xuddi tanaga o‘xshab o‘z badantarbiyasi bor, busiz u xarob bo‘ladi, harakatsizlik loqaydligiga tushadi.
V. G. VELINSKIY
Inson dono, odmi, odil, jasur va saxovatli bo‘lishi kerak. Shundagina u Inson degan yuksak unvonga loyiqdir.
K. G. PAUSTOVSKIY