Muvaffaqiyatni kishi hayotda erishgan mavqe bilan emas, balki o‘sha muvaffaqiyatni qo‘lga kirita turib, u qanday to‘siqlarni yengib o‘tgani bilan o‘lchash kerak.
B. VASHINGTON
Yengib o‘tilgan to‘siqlarning ko‘pligigina jasoratga va jasorat ko‘rsatgan insonga haqiqiy to‘g‘ri baho bo‘la oladi.
S. SVEYG
Buyuk qalb egasining qariyb butun sir-asrori qat’iyat degan so‘zdadir. Qat’iyat mardlik uchun g‘ildirakning o‘qidek gap; bu tayanch nuqtasining to‘xtovsiz yangilanib turishidir.
V. GYUGO
Iste’dodli va mehnatga muhabbatli odam uchun hech qanday to‘siq yo‘q.
L. BETXOVEN
Mehnat bilan hamma narsaga erishsa bo‘ladi.
J. BRUNO
Qunt va san’at hal etolmaydigan ish kamdan-kam uchraydi.
S. JONSON
Izchil mehnat hamma to‘siqlarni yengadi.
M. V. LOMONOSOV
Har qanday to‘siq qat’iyat bilan zabt etiladi.
LEONARDO DA VINCHI
Dunyoda hali hech bir yuksaklik yo‘qki, uning cho‘qqisini oxir-oqibatda qat’iyat zabt et magan bo‘lsin.
Ch. DIKKENS
Qat’iyat — muvaffaqiyat garovi.
I. I. DMITRIYEV
Hamma odamlar ham buyuk ish qilishlari shart emas. Ko‘pincha oddiy sabr-qanoatning o‘zi ham kuch-qudratning buyuk ramziga aylanishi mumkin.
G. BUSHNELL
Sabr-toqatli odamning istagan narsaga erishishga ham sabr-toqati yetadi.
B. FRANKLIN
Sabr-toqat va vaqt besabrlikka qaraganda ko‘p narsaga erishtiradi.
J. LAFONTEN
Kimki mayda ishni eplolmasa, kattasi ham qo‘lidan kelmaydi.
M.V.LOMONOSOV
Kimki sekin va shoshmay yursa, har qanday manzil ham unga uzoqlik qilmaydi; kimki safarga chidam bilan tayyorlansa, u so‘zsiz maqsadga yetadi.
J. LABRUYER
Nima hodisa yuz bermasin, biz sabr va iroda bilan hammasini yengamiz.
VERGILIY
Sabr bilan kutganlarga hamma narsa o‘z vaqtida keladi.
O.BALZAK
Sabr achchig‘u, lekin mevasi shirin.
J. J. RUSSO
Qat’iyat peshona sho‘rini yuvadi.
G. FLOBER
Yarim ish qilindi, bunga shubha yo‘q,
Uyog‘iga bersin sabru tahammul.
I. GYOTE
Sabr va vaqt kuch yoki ehtirosga qaraganda ko‘proq samara keltiradi.
J. LAFONTEN
Sabr-toqat orqali biz kuch bilan erishganimizga qaraganda ko‘proq narsaga erishishimiz mumkin.
E. BERK
Nish unmas biyobon, sho‘rxok tuproq ham
Gulzorga aylanur sabr qilsa odam.
GULXANIY
Sabr bilan yumush bitar, sabrsizlar o‘z oyog‘idan ketar.
SA’DIY