OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Sevgi va axloq

Muhabbat! Vu barcha ehtiroslarning cho‘qqisi va eng g‘olibidir. Ammo uning adadsiz zabtkorlik kuchi cheksiz-chegarasiz olijanoblik va deyarli tasavvurga sigmaydigan darajadagi beg‘arazlikdan iboratdir.
G. GEYNE

O‘zini yaxshi ko‘rgan odam chinakam muhabbatga qodir emas. Shaxsiyatparastlik sevgini zaharlaydigan dahshatli illatdir. Bordi-yu, shaxsiyatparast bo‘lsang, yaxshisi, oila qurmay qo‘ya qol.
V. A. SUXOMLINSKIY

Agar qalbimiz sof bo‘lsa, «ayol» so‘zi biz uchun ulug‘vorlikka limmolimdir.

E. SENANKUR

Ayolni hurmatlash — har bir sofdil kishi tug‘ilishidan bosh-lab rioya qiladigan burch.
LOPE DE VEGA

Ishq-muhabbat kasb qilib olinganda u ma’naviy gunohga aylanadi. Bunday vaziyatda u aqlni susaytiradi va yurakni miskinlashtiradi.
K. GELVETSIY

Muhabbatni faqat sog‘lom jinsiy instinktni qoniqtirish sifatida tushunmaslik kerak. Insonga ko‘pdan-ko‘p quvonch baxsh etuvchi bu tuyg‘u g‘oyaviy yaqinlik, yagona niyat sari intilish, umumiy ish uchun kurash kabi maqsadlar bilan uyg‘unlashib ketmog‘i zarur.
N. K. KRUPSKAYA

Ma’naviy yaqinlik, bir-birovini tushuna bilish, aqliy jihatdan monandlik erkak va ayol o‘rtasida normal munosabat o‘rnatilishining muhim shartidir.
N. K. KRUPSKAYA

Ruhiy yaqinlik shunga olib keladiki, erkak kishi ayol siymosida va aksincha, ayol o‘rtasida normal munosabat o‘rnatilishining muhim shartidir.
N. K. KRUPSKAYA

Ruhiy yaqinlik shunga olib keladiki, erkak kishi ayol siymosida va aksincha, ayol kishi erkak siymosida boshqa jins vakilini emas, avvalo insonni ko‘radi.
N. K. KRUPSKAYA

Ma’naviy munosabatlarda to‘la samimiyat qaror topgan sharoitdagina ayol kishi bilan baxtli bo‘lish mumkin.
M. GORKIY

Oshiq-ma’shuqlar bir-biriga ruhan monand bo‘lganlaridagina muhabbat chinakam ezgu hissiyotga aylanadi, shundagina muhabbat insoniyatning kela-jakdagi taraqqiyotida bizga va’da qilingan ijtimoiy xayrli ishlarning, odamlar orasida birodarlik va shaxslar teng huquqligiping debochasi va garoviga aylanadi.
N. A, DOBROLYUBOV

Muhabbat benihoya buyuk tuyg‘uligi uchun ham har kimning shaxsiy, pinhona ishi bo‘la olmaydi!
B. SHOU

Sevgi — shaxs hayotini bezovchi va nihoyasiga yetkazuvchi serhasham, nafis guldir: lekin u boshqa hamma gullarga o‘xshab bir tomoni bilan, bepoyon os-monga o‘zining eng yaxshi ko‘rinib turgan tomoni bilan ochilmog‘i zarur.
A. I. GERTSEN

O‘tni yallig‘lantirib turish uchun yoqilgi zarur bo‘lganidek,sevgiga ham teran mazmun kerak.
V. G. BELINSKIY

Sevish — bir-birovingga qarash emas, balki birgalashib bir tomonga qarash demakdir.
A. SENT-EKZYUPERI

Do‘stlik, o‘rtoqlik, intilish-larning hamohangligidan mahrum bo‘lgan sevgi bachkana sevgidir.
N. A. OSTROVSKIY

Insonni sevish nima o‘zi?Bu, insonga nima yaxshi bo‘lsa, shundan quvonish, uning farog‘ati uchun nimaiki zarur bo‘lsa, hammasini bajo qilish, o‘zining bu himmatidan lazzat topish, rohatlanish demakdir.
N. G. CHERNISHEVSKIY

Muhabbat bog‘lash — sen o‘zing saodat bilgan narsangni boshqa birovga ilinish, ilinganda ham o‘zing uchun emas, balki o‘zing sevgan odaming haqqi, imkoniyatingga qarab bu saodatni unga baxsh etishingdir.
ARASTU

Sevmoq — boshqa bir odamning baxtida o‘z baxtingni topmog‘ingdir.
G. LEYBNITS

Sevish — ishqida o‘zing o‘rtangan va seni ham sevgan zotni butun tuyg‘u a’zolaring bilan juda yaqindan ko‘rib, tuyib, sevib, vujud-vujudingdan huzurlanishingdir.
STENDAL

Sevish — o‘z suyganing hayoti bilan yashash demakdir.
L. N. TOLSTOY

Muhabbat hech qachon talab qilmaydi, hamisha in’om etadi. Muhabbat doimo uqubat chekadi, hech vaqt e’tiroz bildirib, o‘zi uchun intiqom olmaydi.
M. GANDI

Sevish odamning senga faqat ezgulr tilashi, yaxshilik qilishidir.
P. A. PAVLENKO

O‘z ma’shuqasini mustaqil bir darajaga ko‘tarilishigacha ko‘maklashgan odamgina sevadi.
N. G. CHERNISHEVSKIY

Muhabbat — o‘z kuchiga yarasha tuyg‘u uyg‘ota biladigan yagona ehtirosdir.
STENDAL

Muhabbat bilan do‘stlik shunday bir ahil aks sadodirki, ular olgan narsasinigina bir-biriga qaytaradi.
A. I. GERTSEN

Muhabbat baxt xazinasidir: qancha ko‘p taqdim etgan sari o‘zi ham shuncha boyib boradi.
I. MYULLER

Chuqur muhabbat teran idrokdan ayri emas.
A. I. GONCHAROV

Aql-idrokli odam ko‘r-ko‘rona sevmaydi, agar u sevsa — kimni nima sababdan sevishini biladi.
N. V. SHELGUNOV

Tenglik muhabbatning eng mustahkam asosidir.
G. LESSING

Odatiy hayot tarzidan og‘ishmaslik tabiiylik deb ataladi. O‘z-o‘zidan ma’lumki, sevgan odamingga yolg‘on gapirish u yoqda tursun, hattoki haqqoniyatning musaffoligini zig‘irdek bo‘lsada bo‘yab yoxud noto‘g‘ri tushuntirish ham aslo mumkin emas.
STENDAL

To‘g‘rilik va samimiyat erkak-larning ham, ayollarning ham eng yaxshi bezagidir.
O. GENRI

Muhabbat bor joyda ishonch ham bo‘lmog‘i kerak.
F. E. DZERJINSKIY

Muhabbatga hayotning shiddatli sinovlari ham, sevgi qanday boshlanganligi xususidagi jonli xotirotlar ham bab-baravar zarurdir.
A. A. FADEYEV

Hurmat-ehtiromsiz muhabbat bebaho va beqaror bo‘lgani kabi, muhabbatsiz izzat-ikrom ham sovuq va zaifdir.
B. JONSON

Izzat-hurmatsiz sevgi uzoqqa bormaydi, yuksaklikka ham ko‘tarila olmaydi: u bir qanotli farishtadek gap.
A. DYUMA (o‘gli)

Ongli ehtirom hammavaqt hoyu havasdan mustahkamroqdir.
D. I. PISAREV

O‘z sevganingni sog‘inib ahvoling tang bo‘lishi, ko‘rarga ko‘zing yo‘q odam bilan yashashdan yuz chandon yengilroq.
J. LABRUYER

Insonni sevish, uning hayotiga xalal bermaslik, inson tirikchiligini keraksiz tashvishlar va ortiqcha g‘amxo‘rliklar bilan zaharlamaslik shunday bir afsundirki, bunga har kimning ham qurbi yetavermaydi.
D. I. PISAREV

Inson yirtqich ham, farishta ham emas; u hayvonona, darvishona emas, balki insonchasiga sevmog‘i lozim.
V.G. VELINSKIY

Chinakam insoniy muhabbat biror hissiy qaysarlik yoki yurakning biror injiqligigagina emas, balki faqat o‘zaro insoniy qadr-qimmat, hurmat- izzatga asoslangan bo‘lmog‘i kerak.
V. G. BELINSKIY

 Fisq biror jismoniy qusurda namoyon bo‘lmaydi — axir, jismoniy dag‘allik fisq-fujur emasku, chinakam fisq-fujur jismoniy aloqada bo‘layotganing ayolga nisbatan axloqan pokiza munosabat qilmasligingdir.
    
L. N. TOLSTOY

Biz uchun ayol baxti xususidagi ma’naviy mas’uliyatni zimmaga olganimiz holda uning qalbiga hattoki bilmay turib ozor berib qo‘yishdan ham ortiqroq baxtsizlik bo‘lmaydi.
V. G. BELINSKIY

Ayol ishonchini suiiste’mol etib, muhabbatini oyoq osti qilgan, ojizgina vujudini qiynab, ko‘zidan alam yoshlarini oqizgan odam, mening nazdimda, ablah va razildir.
Sh. NODE

O‘zgaga azob bermay, faqat ezgulikka intilgan muhabbatgina adolatlidir.
DEMOKRIT

Vafodorlik — muhabbatning doimiy orzusi.
L. VOVENARG

Sevgidagi vafodorlik — bu o‘zimiz ko‘ngil bog‘lagan odam-dagi barcha fazilatlarga birma-bir qiziqish uyg‘otadygan, uning goh u qirrasi, goh bu qirrasini afzal qilib ko‘rsatadigan abadiy beqarorlikdir; shu tariqa vafodorlik beqarorlikka aylanadi, ammo u bir kishiga qaratilgan bo‘ladi.
F. LAROSHFUKO

Muhabbat bu oxir-oqibat odam bolasining o‘z qadr-qimmatini boshqa kishilarda aks etishidan o‘zga narsa emas.
R. EMERSON

Erkak kishining iste’dodi xuddi ayol jozibasiga o‘xshab — quruq va’daning o‘zi. Chinakam ulug‘vorlik uchun esa uning qalbi va fe’l-atvori ham o‘z iste’dodiga monand bo‘lmog‘i kerak.
O. BALZAK

Men hayotda muhabbatga shohona o‘rin berilishini inkor etaman va uning mutlaq hukmronligini ham inkor qilaman, mayda havasni ojizona oqlashlariga ham e’tiroz bildiraman.
A. I. GERTSEN

Muhabbat fikrni xiralashtirmay tiniqlashtirishi, qorong‘ilashtirmay ravshanlashtirishi, binobarin, insonning qalbi va aql-idrok go‘shalarida qaror topishi va bachkana ermaklar tug‘diruvchi tashqi hoyu havaslargagina xizmat qilmasigi kerak.
J. MILTON

Erkak kishi qancha xushro‘y bo‘lsa, uning erligi va otaligi shuncha beqaror.
M. GORKIY

Muhabbatning bahosi — muhabbat sinovidan o‘tayotgan odamning bahosi bilan teppa-teng. Sof odamlarda hamma narsa sof bo‘ladi.
R. ROLLAN

Qat’iy xarakter kishilarni muhabbat tuyg‘ulariga qarshilik ko‘rsatishga majbur etadi, lekin shu qat’iyat ayni vaqtda o‘sha tuyg‘ularga harorat va umr-boqiylik bag‘ishlaydi; ko‘ngilchan odamlar esa, aksincha, ehtiroslarga osongina beriladilaru, lekin hech vaqt bu hislarga chinakamiga to‘lib-toshib yurmaydilar.
F. LAROSHFUKO

Aql-idrok ma’qullamagan muhabbat qonunsiz bo‘lib chiqadi: aql-idrokning ovozini o‘chirmoqlik esa hirsga, hayvoniy odatlarga erk bermoq degan gap.
D. I. PISAREV

Go‘zallikni ham hayo bilan sevish mumkin.
F. PETRARKA

Buzuq odamlar muhabbatsiz bo‘ladi. Shu sababdan ularda uyat ham yo‘q. Unday odamlar muhabbatga ehtiyojsiz bo‘lganliklari uchun ham uni tilab olish, o‘zla-rida taqdim etgulik muhabbat bo‘lmagani sababli ham uni hadya etishni uddalab ketaveradilar.
B. SHOU

Sevgini qimmatbaho buyumday avaylang. Unga bir yomonlik qildingizmi, tamom, keyingisidan ham sira yolchimaysiz.
K. G. PAUSTOVSKIY

Sevgi bitta, soxta sevgilar esa minglab.
F. LAROSHFUKO

Muhabbat sarguzashtlarida sevgining o‘zidan boshqa hamma narsa bor.
F. LAROSHFUKO

Muhabbat hayot oftobi va poeziyasidir. Biroq bizning davrimizda o‘z baxti koshonasini birgina muhabbat zaminiga qurish va shu asosda yuragidagi barcha xohish-istaklarini to‘la ro‘yobga chiqarishga umid bog‘lagan kishining holiga voy! Bizning zamonamizda bu o‘zining insoniy qadr-qimmatidan yuz o‘girib, erkaklikdan voz kechish degan gap.
V. G. BELINSKIY

Fisq-fujur, u qay darajada bo‘lmasin, kishi qalbini abgor qilib, unga to‘xtovsiz ta’sir o‘tkazib turuvchi og‘u zarralarini tashlab ketadi.
A. I. GERTSEN

Keksaygan paytda ayol zotiga bee’tibor bo‘lib qolish yoshlikda xotin-qizlarga yoqish bobida ustasi farang bo‘lganlik uchun berilgan jazodir.
O. BALZAK

Vafosiz muhabbat ham, do‘stlik ham, himmat ham bo‘lmaydi.
J. ADDISON

Har ko‘ngilnikim vafo maskan qilur, hayo xam qilur va har maskandakim, ul topilur, bu ham topilur. Vafosizda hayo yo‘q, hayosizda vafo yo‘q.
A. NAVOIY

Sen tobingan va sevgan ayolni ko‘z o‘ngingda haqoratlashlariga yo‘l qo‘yish mumkin emas.
R. ROLLAN

Faqat yaramas odamgina ayollar bilan tortinmay munosabatda bo‘ladi.
M. RUSINEK

Xotin-qizlarga hayosizlarcha munosabatda bo‘la oluvchi shaxs grajdanin sifatida ham ishonchini oqlamaydi; u umum ishiga ham xuddi shunday sharmandalarcha munosabat qiladi, unga boshdan-oyoq ishonish mumkin emas.
A. S. MAKARENKO

Agar bo‘lsa o‘tkir tig‘ing qanchalik,
 Emas tul xotinning dilin ohidek.
SA’DIY

Shaxsiy his-tuyg‘ulariing sofligisiz fuqorolik tuyg‘ularining sofligini tasavvur qilib bo‘lmaydi.
V. A. SUXOMLINSKIY

Odamning irodasi qanchalik kuchli bo‘lsa, muhabbatdagi vafosi ham shunchalik kuchli.
STENDAL

Irodasiz xayolparastlar o‘ylaganidek muhabbatning sevinchi va hasrati insonni, ayniqsa yuragida o‘ti bor, mard odamlarni bo‘lar-bo‘lmasga asir qilavermaydi.
V. SKOTT

Fisq-fujur hayvoniy hissiyotdan iborat bo‘lib, u jamiki go‘zalliklardan mahrumdir. Binobarin go‘zallikda hayotning eng bama’ni elementlari o‘z ifodasini topadi, anovi fisqda esa, bunday mazmun yo‘q, u odamni hayvontabiat tubanlashtiradi.
V. G. BELINSKIY

Sevgidagi soxtagarchilik ijtimoiy ofatlardan biridir.
E. SENANKUR

Soxta sevgi nafratdan ham battar.
PLINIY

Muhabbat tanlayverish — ojizlik alomati.
O. BALZAK

...Men har qanday tarkidunyochi majruhlikka nafrat bilan qarayman, muhabbat gunoh qilib qo‘yganda ham uni hech vaqt qoralamayman, ammo chinakam axloqlilikning yo‘qolish xavfi va hirs o‘zini ulug‘lashga intilayotgani ko‘nglimni ezadi.
F. ENGELS

Faqat tuban, dag‘al, iflos miyagina qachon qarasa ayol badani go‘zalligi bilan band bo‘ladi va o‘zining xira fikrlarini faqat o‘sha narsaga buraveradi.
J. BRUNO

Qalbim muhabbatda ma’naviy rohatlanishning jismoniy rohatlanish bilan teppa-teng bo‘lishini orzu qilgan odamnigina haqiqiy inson deb tan olamiz.
O. BALZAK

Faqat ma’naviylikni ko‘zlagan muhabbat soyaga aylanadi; lekin agar u ma’naviylikdan boshlanmasa, razillikning xuddi o‘zginasidir.
G. SENKEVICH

Ayol kishi o‘zidan past tuyulgan erkakni sevolmaydi. Behuzur, zavq-shavqsiz muhabbat — bor-yo‘g‘i do‘stlikdan iboratdir.
J. SAND

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.