Shuhratiarastlik eng kuchli xohishdir. Meni bu xohishdan xalos etgin, qolganlaridan esa o‘zim qutulaman.
R.SHERIDAN
Shuhratparastlik odamlarning eng tabiiy xususiyatidir, lekin ayni paytda odamlarni tabiiylikdan mahrum etuvchi ham shu shuhratparastlikdir.
L. VOVENARG
Hech qachon, hech bir sharoitda o‘zingga manmanlik va takabburlikni ixtiyor etma.
A. P. CHEXOV
Takabburlik — jonsiz bir mato: Yuvsa kalta, qilmagin xato.
V. SHEKSPIR
Ko‘kka parvoz qilmoqchi bo‘lgan odam kechki soyaga o‘xshab, bir soat ichidayoq uzayib, o‘z egasidan ham kattalashib ketadi; go‘yo xiralashgan sari cho‘zilayotganga o‘xshaydida, bir daqiqadan so‘ng qarasang — yo‘q.
E. SENANKUR
Kishiga aql qancha yetishmasa, unda shuncha takabburlik bor.
A. POP
Kim o‘zini hurmat qilolmasa — u baxtsiz, ammo kim o‘zidan ortiqcha mamnun bo‘lib ketsa, u tentak.
G. MOPASSAN
O’ziga bino qo‘yish va man-manlik baxtsizlikdir, u kishini ahmoq qilib qo‘yadi.
K. LIBKNEXT
Ahmoqlik va takabburlik og‘aini.
P. BOMARSHE
Shuhratparastlikka berilish azaldan donolarpi beaql qilib kelgan.
I. KANT
Agar shuhratnarastlik kimnidir baxtga yetkazgan bo‘lsa, hoynahoy o‘sha odam tentak bo‘lsa kerak.
J. J. RUSSO
Shuhratparastlik buyuklikdan ko‘ra ko‘proq ojizlik belgisidir.
J. SVIFT
Shuhratparast o‘zi bilan o‘zi shu qadar bandki, uning ko‘ngliga zig‘ircha ham begona narsa sig‘maydi.
T. PEN
O’zidan boshqani bilmaydiganlar mislsiz fazilatlar axtaradilar.
J. LABRUYER
Eski mo‘yna shamoldan hurpayadi, beaql kalla esa — takabburlikdan.
M. KLLUDIUS
Doimo dimog‘dor yurish o‘rtahollikning niqobi, xolos.
F. VOLTER
G’o‘dayish — gavdaning shunday bir sirli xususiyatiki, shu bilan aqlning kamligi pardalanadi.
F. LAROSHFUKO
Nuqsosht bor, ayniqsa ruhiy nuqsonli kishilar doimo o‘zlari haqida yuqori fikrda bo‘ladilar. Go‘yo saxiy tabiat kimni boshida aqldan qisgan bo‘lsa, o‘sha kamchilikni to‘ldirish uchun manmanlikni qo‘shimcha chora sifatida yuboraetganday.
I. GYOTE
Izzattalablik — bu aqlning kemtikligidir.
U. DEVENANT
Ba’zi kishilarning ulug‘vorligi dimog‘dorlik, qat’iyligi rahmsizlik, aql-farosati firibgarlik bilan aralashib ketadi.
J. LABRUYER
Izzattalablik pastkash yurakni halol yurakka qaraganda tezroq alanga oldiradi: xashak g‘arami yoki kapa saroydan ko‘ra tezroq yonib tugaydi.
N. SHAMFOR
Ahmoq odam hatto amalidan — ministrmi yoki bosh mirzolikdan tushsa ham o‘zining butun kibru havosi va bema’ni takabburligini tashlamaydi.
N. SHAMFOR
Shuhratiarast odam o‘zi haqida yaxshi gapirib ham, yomon gapirib ham huzurlanadi; kamtar odam esa o‘zini sira gapirmay qo‘ya qoladi.
J. LABRUYER
Shuhratparast odam hamisha pastkash bo‘ladi.
P. I. CHAYKOVSKIY
Shuhratnarastlik bizning dilimizda va o‘zimizga qarshi harakat qiluvchi dahshatli kuchdir.
V.GYUGO
Shuhratparastlik bizni aql bovar qilmas darajada xohishimizga qarshi harakat qilishga majbur etadi.
F. LAROSHFUKO
Shuhratparastlik o‘zimiz loyiq bo‘lmagan shon-shuhratga bevaqt ega bo‘lishga urinishdan boshqa narsa emas.
A. SMIT
Dono odam o‘zi qilgan ishning yaxshiligiga ishonish uchungina e’tirof etishlarini istaydi; shuhratparast esa maqtov talab etadi.
P. BUAST
Maqtov har qancha ortiqcha bo‘lgan taqdirda ham maqtaluvchida har qanday maqtovlardan o‘zining yuqori turishi va o‘z fazilatlari bilangina maqtov chilarning og‘zini ochib qo‘ygani haqida bosh qotirib ko‘rishdek ustunlik bor.
B. FONTENEL
Sayoz va bo‘sh odam o‘zining yo‘q fazilatlari haqida yaxshi gan eshitsa, shuhratparastligi tutib taltayib ketadi, maqtanib, o‘z ishi va o‘z shaxsiga nisbatan zig‘irdakkina tanqidiy qaray olish layoqatini ham yo‘qotib qo‘yadi.
D. I. PISAREV
Ahmoq odam — yana buning ustiga boshi aylanib qolsami...
J. GOLSUORSI
O’ziga bipo qo‘ygan odam jamiyat ko‘ksida qotib qolgan shishdir.
M. GORKIY
Takabburlik o‘ziga mahliyo bo‘lib o‘zgalarga past nazar bilan qarashdan kelib chiqadi.
M. MONTEN
Mansabsiz odam qarshisida osmondan kelib, mansabdorlar qarshisida sharmandalarcha yerga egilishimizning birdan-bir sababi takabburligimizdir.
J. LABRUYER
Ko‘pchilik ichida o‘zini kalondimog‘ tutib kekkaygan odam, agar u hurmat qilishlarini istayotgan bo‘lsa, ayni shu istagiga zid natijaga erishadi.
J. LABRUYER
Soxta hurmat hech bir ish qilmay turib manmanlikka berilishning jazosidir.
N. SHAMFOR
Hammaning e’tiboriga tushishga intilish — o‘sha odamning o‘ziga ziyon, chunki hech bir narsa yurakni kishilarga yoqaman, deb urinishdek barbod etmaydi.
M. GORKIY
Shuhratparastlik kishi boshiga tushadigan og‘ir kulfat-larning manbai.
J. J. RUSSO
...Kimniki izzattalablik alvastisi rom etgan ekan, uni boshqarishga endi aqlning kuchi yetmaydi va u tengsiz kuch, imlagan tomonga qarab chopaveradi...
K. MARKS
Mechkay shuhratparastlik odamning ongini zaiflashtiradi va u o‘ziga yaqinlashib kelayotgan xatarni sezmaydi.
EZOP
Shuhratparast kishilar donolar nafrati-yu, tentaklar hayratini uyg‘otib, tekinxo‘rlar sig‘inadigan kimsaga va o‘z ehtiroslarining quliga aylanadilar.
F. BEKON
Izzattalablik aralashgan joyda samimiyatga o‘rin yo‘q.
O. BALZAK
Men haddan tashqari izzat-talablik bilan shubha-gumonni doimo birga ko‘rganman.
G. LIXTENBERG
Bizning izzattalabligimiz boshqalarga zarar yetkazmasligi — juda kam, to‘g‘rirog‘i, snra uchramaydigan hodisadir.
M. SERVANTES
Shuhratparastlik kishini mahmadona qilib qo‘yadi.
L. SHOPENGAUER
O’z fazilatlarini o‘zgalar huzurida osmonga ko‘tarish qanchalar kulgili bo‘lsa, holilikda ularga tan berish shu qadar donolikdir.
F. LAROSHFUKO
Halol odam hammaning izzatini qozonaman, deya yelib-yugurishi shart emas: izzatning o‘zi uning ixtiyorisiz, o‘z oyog‘i bilan kelsip.
N. SHAMFOR