OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Do’stlik

Bir kishi biroz pulga muhtoj bo’lib qoldi, do’stidan yordam olish maqsadida uning uyiga borib, eshigini taqillatdi. Do’sti chiqib, u bilan ko’rishdi, uyga taklif qilsa ham u kishi qabul qilmay:
—    Do’stim, meni kechir, uyga qilgan taklifmgni hozircha qabul etmayman, vaqtim ziq. Bir kishidan yuz so’m qarzdor edim, bugun kelib, pulini qistadi. Qo’limda pul yo’q edi. Shuning uchun sening huzuringga keldim, yordam etarsan, deb umid qilaman, — dedi.
Uy egasi darhol ichkaridan yuz so’m olib chiqib, do’sti-ning qo’liga berdi.
—    Do’stim, biror narsaga muhtoj bo’lib qolsang, mendan yashirma, qo’limdan kelgancha yordam berishga tayyorman,— deb do’stining ko’nglini ko’tardi.
Do’sti xursand bo’lib, u bilan xayrlashib, uyga qaytdi.
Uy egasi do’sti qaytib ketgandan keyin yig’lab uyiga kirdi. Xotini «Erim ko’p pul berib yuborganiga pushaymon qilib yig’layotgan bo’lsa kerak» — deb, eriga:
—    Biror narsani bahona qilib, pul bermasdan qaytarib yuborsangiz bo’lmasmidi? — degan edi, eri shunday javob berdi:
—    Yo’q, sen o’ylagancha emas, do’stim pulga muhtoj bo’lib qolganini bilmagannian. U kelib so’ramasdan oldin o’zim borib, «Do’stim, biror narsaga muhtojmasmisan, tortinma, ayt», — deb so’rashim kerak edi, g’aflatda qolganimga achinib yig’layapman.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.