OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Har kimning ta’rifi o‘ziga yarasha

Hindlar filni qorong‘u bir og‘ilga qamadilar. Umrida fil ko‘rmagan xalq o‘sha yerga to‘plandi. Filni ko‘rmoqchi edi ular. Lekin og‘il shu qadar qorong‘u ediki, ko‘z bilan ko‘rishning aslo imkoni yo‘q edi. Ichkariga kirganlar filni qo‘llari bilan paypaslab ko‘rar, uni har kim o‘zicha ta’rif etar edi.
Bittasi filning xartumini ushlab: "Fil bir quvur ekan",  derdi. Yana boshqasi filning qulog‘idan tutib: "Fil yelpig‘ichga o‘xshar ekan",  deya tushuntirdi. Boshqasi filning oyog‘ini tutib filni faqat oyoqdan iborat deb bilar va: "Fil bahaybat bir ustunga o‘xshar ekan", deya oshirib toshirib tushuntirardi.
Yana bir odam filning sirtini silab ko‘rdi va: "Fil taxtga o‘xshar ekan",  deb uni ta’rifladi. Kimki filning qaerini silagan bo‘lsa, hayvonni shunga ko‘ra ta’riflar, lekin hech birining ta’rifi boshqasinikiga o‘xshamasdi. Birovi "dol" derdi, boshqasi "alif". Agar qo‘llarida sham, oddilarida biror yo‘lboshlovchi bo‘lganida, qorong‘u bo‘lsa ham filni aniq ko‘rishar, qanday hayvon ekanini osongina bilib olgan bo‘lardi.
Tuyg‘u ko‘zi ba’zan hovuchga, ba’zan ko‘pikka o‘xshaydi. Hovuchga butun bir filni sig‘dirib bo‘lmaydiku!

Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy”sidan

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.