OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Ikki tulki hikoyati

Ikki tulki bir-biri bilan yaqinlashib, qo‘shildilar, bas, juftlashib ishrat qildilar. Bir podsho ovga chiqib cho‘lda itlarini yugurtirdi. Bul ikki tulkini bir-biridan judo qildi. 
Modasi naridan so‘rardi: 
- Ey teshik izlovchi, ayt, biz yana qaerda bir-birimizga yetishamiz? 
Nar dedi: 
- Agar biz umrdan yana bahramand bo‘lsak, shahardagi po‘stin tikuvchilar do‘konida yana uchrashamiz.

"Mantiqut-tayr"dan (Fariduddin Attor)

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.