Eshittimkim, baxtli podshoh, to‘rt ulusning xoni Temur Ko‘ragon iqlimlarni fath etishga kirishganda, Hindistonda qattiq jang bo‘ldi. Unga g‘alaba yuz ko‘rsatib, taqdir dushman lashkariga shikast soldi. Dushmanlarning hammasi dinsiz bo‘lgani uchun (Temur) bek: «Hammasini qilichdan o‘tkazinglar!» - dedi. O’liklarning ko‘pligidan dashtlar to‘lib ketdi. Qizil qon Nil bo‘lib oqdi. O’sha soy toshicha kallalar uchdi; har kishi o‘zboshimchalik bilan bosh oldi. O’tkir tig‘lar har tomonda qon to‘kib, butun olamga g‘avg‘o soldi. Shu payt ikkita bechora sevishgan nogoh ushbu qotillarga duch keldi. Shohning jazosidan omon qolish uchun askarlardan biri ularning birini chopmoqchi bo‘lib otidan tushdi. Uni o‘ldirish uchun askar yonidan tig‘ini chiqargan edi, unisi o‘z sherigini tig‘ ostida ko‘rib, uni ximoya qilish uchun qotilga o‘z boshini tutdi.
- Agar sening maqsading bosh olish bo‘lsa, uni qo‘y, uning o‘rniga bu boshni ola qol! -dedi u.
Askar uning boshini olmoqchi bo‘lgan edi, unisi ham xuddi shu so‘zni aytdi. U qaysiga o‘z zulmini ko‘rsatmoqchi bo‘lsa, boshqa biri o‘sha gap bilan oyog‘iga yiqilar edi. Burgut panjali qotilning jahli chiqib:
- Paysalga solmay ikkalangizni ham chopaman! - dedi.
U qaysi birini o‘ldirishga oshiqsa, ikkinchisi toqatsizlik bilan der edi:
- Tez bo‘l, oldin meni o‘ldira qol, to men o‘lguncha loaqal u tirik tursin!
Ular bir-birlariga o‘z boshlarini in’om qilardilar. Boshlarini kesdirish uchun tig‘ni talashar edilar. Shu munosabat bilan orada birpas xayallash yuz bergan edi, birdan xaiq’orasida omon-omon bo‘lgani haqida nido ko‘tarildi. Chunki bu ikki yor bir-biri uchun jonidan kechgan edi, shoh ham xalqning gunohidan o‘tdi. Bu ikki yor do‘stlik, sadoqat tuyg‘ularini namoyish qilib, elni ham, o‘zlarini ham xalos qildilar.
Ikki vafoli yor
Ikki vafodor yor bir-biriga vafo qilib, boshlaridan kechgani, ularning sharofati bilan yuz ming bosh qilichdan va qilich qindan qutulgani, hatto qayta qingaga kirgani
Alisher Navoiyning «Hayrat ul-abror» dostonidan