OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Itlarga yem bo’lgan ayiq

Bir tog'lik odam tog'dan ayiq tutib oldi va uni ko'p aziyat chekib, qo'lga o'rgatdi. Ilgari sayoq yurgan ayiq egasiga rom bo'lgunga qadar kunda ikki marta o'lguncha tayoq yer edi. Ochlik azobi va yegan behisob tayog'i ichi va tashini ezib tashlagan edi. Shu sababli egasi unga bir yog'och ko'rsatsa, ayiq yuvoshlik bilan unga bo'yin egardi. Shu tarzda ayiq ko'cha-ko'ylarda o'yinchilik qilib yurar, egasining uyiga o'tin tashib keltirar edi. Xo'jasi unga haddan ko'p yuk ortar, ayiq yuk tashiyverganidan egnida hatto tuk qolmagan edi. 
Xullas, u bu dunyoda qancha jabru jafo bo'lsa, hammasini tatib ko'rgan edi. Ammo jaholati tufayli nafsida takabburlik ortib ketdi. Goh makru hiyla va xusumat toshi bilan qoplon boshini yanchib tashlayman, deb xayol qilar, goh dahshatli sher yo'liqsa ham, taom uchun uning qornini dadil yorib yuboraman, deb o'ylardi. U shu sifat har xil xom xayollarga berilib yurdi. Oxir-oqibatda uning o'zi bir kun itlarga yem bo'ldi.

“Lisonut-tayr” (Alisher Navoiy)dan

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.