OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Kazvinlik bilan rassom

Kazvinliklarning eski bir odati bor. Tanalariga, qo‘l va yelkalariga igna bilan ko‘k naqshlar chizdirar edilar.
Kazvinlik teriga rasm chizadigan rassomning oldiga keldi: 
— Ko‘ksimga igna bilan bir rasm sol. Faqat jonim og‘rimasin,  dedi.
— Xo‘p. Nimaning rasmini chizay?
— Mening burjim arslon. O’kirayotgan bir arslon rasmini chiz. Tezroq bo‘l, ammo rasm yaxshi chiqsin.
— Bo‘pti  deya kazvinlikning ko‘ksiga igna sancha boshladi. Joni og‘rigan kazvinlik:
— Hoy usta!.. Nima qilyapsan, jonimni og‘ritdingku,  deya qichqirdi.
— Nima qilay, arslon rasmini sol deding, uning rasmini chizyapman.
— Qaeridan boshlading?
— Dumidan boshladim.
— Qo‘y bu dumini, jonim og‘riyapti. Mening arslonim dumsiz bo‘la qolsin.
Usta "Yaxshi!" deya ishida davom etdi.
— Voy, jonim og‘ridi, bunisi qaeri?
— Qulog‘i.
— Qo‘y, quloqsiz bo‘la qolsin. Quloqni ham chizma.
Rassom boshqa bir joiidan boshladi. Kazvinlik faryod qildi.
— Qaerini chizyapsan?
— Gavdasini.
— Bo‘ldi qil, mening arslonim gavdasiz bo‘la qolsin, juda yomon og‘ritding. Bu holda hushimdan ketaman.
Rassomning sabri tugadi. Qo‘lidagi ignani qo‘yib dedi:
— Men senday odam ko‘rmadim. Dumsiz, quloqsiz, gavdasiz arslon ham bo‘ladimi? Alloh taolo bunday arslon yaratmagan, qani, yo‘lingdan qolma!
Rassom kazvinlikni do‘kondan haydab yubordi.

Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy”sidan

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.