OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Laylini ranjitasan

Bir kuni Majnun kasal bo‘lib yotib qoldi. Davolash uchun tabib chaqirildi.
Tabib:
"Tomirdan qon olish kerak" deb Majnunning qo‘lini bog‘latdi. Qon olish payti Majnun: "Ey tabib, qo‘y, xizmat haqqini ol va qo‘limni yech, shu kasallikdan mayli o‘lay, qon olishdan voz kech," deb dodladi.
Tabib Majnundan:
— Sen cho‘llarda na’ra tortgan arslondan qo‘rqmaysanu qo‘lingdan qon oldirishdan qo‘rqasanmi?  deya so‘radi.
Majnun shunday javob berdi:
— Men ninadan qo‘rqmayman. Mening vujudim, borlig‘im Layli bilan to‘ladir, qon olish payti Laylini ranjitasan, men shundan qo‘rqaman.
Yana bir kun Majnunga yaqinlar Layli deb sen yonib kuyasan. U qiz aslo sen aytgandek go‘zal emasku, dedilar.
Majnun javob berdi:
— Siz Laylini mening ko‘zim bilan ko‘ring, mening ?albim bilan seving! Men uning surat jomidan abadiy ishqning sharobini ichdim, u sharob sizga sirkadir.

Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy”sidan

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.