OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

O’zini telba ko‘rsatgan oqil

Bir kimsaning: 
"Aqlli odam izlayapman, muammo chiqib qoldi. Undan maslahat olmoqchi edim", deb so‘rayotganini eshitgan bir kishi unga:
"Bizning shaharda o‘zini telbalikka solib yurgan bir kishi bor. Tayoqni ot qilib minadi, bolalar bilan o‘ynaydi. Eng oqil odam shu. U telba qiyofasiga kirgan
olim bir kishidir", dedi. Bu gapni eshittan haligi kishi o‘sha shaharga ketdi. So‘ray so‘ray 'Telba" ni topdi:
— Ey "ot" mingan odam. Bir daqiqaga "ot"ingni bu yoqqa hayda,  deb chaqirdi. Telba yugurib keldi:
— Tezroq gapir "Ot"im juda asov, tepadi
— Uylanmoqchi edim. Qanday qizni tanlaganim ma’qul? Telba bunday dedi: 
— Dunyoda uch xil ayol bor. Biri dard, ikkinchisi mehnat, uchinchisi ziynat Birinchisi senga aslo yor bo‘lmas. Ikkinchisining yarmi seniki, yarmi sendan ayri qoladi. Uchinchisi esa senga vafoli bo‘ladi.
— To‘xta, shoshma, Xudo xayringni bersin! Shuni yaxshilab tushuntir! Bu uch turli ayollar kimlar?
Telba "ot"ining "jilovi"ni tortib, bunday javob berdi:
— Birinchisi, bolali beva xotindir. E’tiborini birinchi eridan bo‘lmish farzandiga qaratadi.Xayolida bolasi bilan eri bo‘ladi. Ikkinchisi bolasiz beva xotin. Yarmi seniki, yarmi oldingi erinikidir. Uchinchisi bokira qiz. U tamomila senga mulk bo‘ladi.
Telba bularni aytgandan keyin "ot"ini niqtab bolalar orasiga ketayotgan edi. Haligi odam uni to‘xtatib:Ey ulug‘ inson! Yana bir savolim bor. Javob ber, so‘ngra ketasan,  dedi.
— Nima deysan? Vaqtim ziq. Bolalar bilan o‘yinga kechikyapman.
— Bu qadar aql farosat egasi ekansan. Nega o‘zingni telbalikka solib yuribsan?
Qari olim shunday javob berdi:
— Hokim meni shaharga qozi qilishga qaror berdi. Rad etdim, qabul qilmadilar. Sendan oqilrog‘ini topolmaymiz dedilar. Shuning uchun o‘zimni telba, devona ko‘rsatyapman. Qoziliqdan ko‘ra telba bo‘lish afzalroqdir.

Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy”sidan

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.