OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Odil No‘shiravon

Aytishlaricha Sosoniy hukmdorlaridan Odil No‘shiravon, yoz kunlarining birida  odamlari bilan ovga chiqdi. U tepa yonbag‘irlarini kezib chiqarkan, odamlari tog‘ echkisini ovlashdi. Undan kabob tayyorlab shohga taqdim qilishmoqchi edi. Go‘shtni shox shabbalariga ildirib, tagiga olov yoqdilar. Ovni to‘xtatib, ovqat tayyorlash bilan mashg‘ul bo‘lishdi. Bir mahal qarashsa, tuz yo‘q. Shu yaqin orada bir qishloqcha bor edi. Tuz olib kelish uchun bir askar yuborishdi. Askar yo‘lga chiqar-chiqmas  Odil No‘shiravon uni chaqirtirib oldi. Va unga:
–Tuzni pulini berib ol! – dedi. – Aks holda tekin olish odati chiqib, qishloq xarob bo‘ladi.
Atrofidagilar hayron bo‘lib:
–Shu ozgina narsadan qanday qilib zarar kelishi mumkin, shohim, – deya so‘rashdi. 
–Dunyoda zulmning tamali uvoqcha edi. Ammo har bir kelgan uni kattalashtirdi.  Va  hozirgi  vaziyatga  kelib qoldi.  Agar shoh xalqning bog‘idan bir olma olsa,  yonidagilar daraxtning ildizi bilan qo‘porib oladilar. Podshoh besh tuxum uchun zulm etsa, askarlari ming tovuqni idishi bilan uradilar, – deya chiroyli javob qaytardi Odil No‘shiravon. 

Hikmat


Kichiklar kattalardan ko‘rganlarini qilishga urinadilar; qiladilar ham. Hatto bundan ham o‘tkazishga harakat qiladilar.

"Guliston"dan
Kavsar Shodiyeva tarjimasi

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.