OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Oz ta’ma ko‘p ziyon keltiradi

Faqir, soddadil bir odamning yaxshi qo‘chqori bor edi. Qo‘chqorining bo‘yniga arqon bog‘lab yetaklab ketayotgan edi. Ayyor o‘g‘ri uning iziga tushdi va arqonni kesib, qo‘chqorni olib ketdi. Quruq arqonni sudrayotgan odam to‘xtab orqasiga qaradi, qo‘chqori yo‘q. Qayg‘urib "Qo‘chqorim qaerda?" deya to‘rt tomonga yugura boshladi.
Kechgacha yugurdi, charchadi, qo‘chqor esa yo‘q. Qidiraverdi. quduq boshidagi bir odamning: "Ey, voh, deb baqirib chaqirayotganini ko‘rdi. Yoniga yaqinlashdi.
— Tinchlikmi do‘stim, sening ham qo‘chqoring yo‘qoldimi? Nega baqirib chaqiryapsan?
— Bu kimsa qo‘chqor o‘g‘risi edi. 
Boshini egdi:
— So‘rama ukam. Shuncha yildan buyon yiqqan yuz oltinim bor edi. Uni bir xaltachaga qo‘ygan edim. Shu quduq tepasiga keldim. Egilib ichiga bir qaray dedim. Oltin xaltacham, ko‘ynimdan sirgalib quduqqa tushib ketdi arqon bor. Yechinib, quduqqa tushib, xaltachamni topsang, senga oltinning beshdan birini beraman...
Odam: "Yuz oltinning beshdan biri yigirma oltin bo‘ladi. Yigirma oltinga esa o‘nta qo‘chqor beradi. Bir eshik yopilgan bo‘lsa, o‘n eshik ochildi. Bir qo‘chqor ketgan bo‘lsa, Alloh menga kattakon tuya ehson qildi" , deb o‘yladi. Tezda bir qarorga keldi, ust boshini yechdi. Arqonni quduq yoniga bog‘ladi, quduqqa tushdi.
Quduqqa tushar tushmas o‘g‘ri uning kiyim boshini yig‘ishtirib, qochib qoldi.
Bechora odam ta’magirligi bois ham qo‘chqordan, ham kiyimlaridan ayrildi.

Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy”sidan

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.