Chun Sulaymon bir qancha riyozatlar chekib kamolga yetganida (payg‘ambarlik nasib etganida) uning oyog‘i ostida ojiz holda qolgan chumoliga bunday dedi:
— Ey mening oyog‘ ostimda qolgan, qon va tuproqqa aralashgan jonivor, qanday qilib bu holga tushding?
Cho‘loq chumoli shu vaqt unga bunday javob berdi:
— G’isht va tuproq orasida tor go‘rga tiqilganman. Hayotimdagi barcha pok umidlarim kesilgan. Ey pok zot, tuproq ostida qolganim mayli edi, lekin eng yomoni, bu g‘isht yuzimga koinotni to‘sib qo‘ydi. Agar mening holimni tushungan bo‘lsang, fazling bilan men tomonga qarab, yuzimni ochib qo‘ygin. Yuzimdan to‘siqni olib tashlaki, barcha tomonlar ko‘rinib tursin.
Ey, shoh, men (Attor) gunohlarim, ayblariyam ko‘p bo‘lib, yuzingga qarayolmasam-da, meni ochiq yuzli qilgin. Axir sen eng karamli, karimi mutlaqsan. Yaxshi va yomon ishlarim bo‘lsa-da, dargohingga ochiq yuz bilan boray.
Sulaymon va cho’loq chumoli hikoyati
"Mantiqut-tayr"dan (Fariduddin Attor)