OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Tadbirkor bog‘bon

Bog‘bon bog‘iga uchta o‘g‘ri kirganini ko‘rib qoldi. Bularning biri xalqqa fatvo beradigan faqih (olim), ikkinchisi payg‘ambar avlodidan ekanini aytuvchi bir zot,uchinchisi esa shayxga ko‘p   yillar murid bo‘lgan so‘fi edi. Bog‘bon o‘zicha o‘yladi. Hozir bularni tutib eplab bo‘lmaydi, kuch birlikta. Yaxshisi, bu uchlikni tarqatib, ularni alohida alohida jazolash lozim. Shu niyatda ularga jimgina yaqinlashdi. Bog‘iga xush kelganlarini aytdi, so‘ngra so‘figa:
— Mening uyim shu yaqin atrofda. malol kelmasa, borib bir sholcha olib kel, daraxtning tagiga to‘shab o‘tiraylik,  deb iltimos qildi.
So‘fi ketgach, faqih bilan sharifga qarab:
— Sizlar ulug‘ insonlarsiz. Biringiz fatvo bilan yo‘l ko‘rsatasiz, yana biringiz bilan faxrlanamiz. Bu mechkay, xasis so‘fi kim bo‘libdiki, sizdek ulug‘ zotlar bilan hamtovoq bo‘lsa? Uni kelishi bilan daf  iling, qaerga ketsa ketsin. Sizlar esa bog‘imda eng aziz mehmonlarim bo‘lib yeb ichasizlar,  dedi.
Bu taklif ularga ma’qul keldi. So‘fini: "ket bu yerdan, sen bilan do‘st bo‘lishni istamaymiz", deb haydashdi. So‘fi uzoqlashgach, bog‘bon uni tutib oldi va:
— Hoy, sen ko‘ppak Bog‘imga kirishga qanday jur’at etding, senga bu yo‘lni qaysi shayx ko‘rsatdi  deya uni rosa do‘pposladi.
Bog‘bon boqqa qaytdi. Endi sharifga qarab: aziz do‘stim. Hoynahoy ochqagandirsan. Senga kichkina bir xizmat; mening uyimga bor. Xizmatkorimga ayt  yupqa non bilan qazi bersin. Olib kelsang, uchchalamiz qorinni to‘ydiramiz,  dedi. Og‘zidan so‘lagi oqqan sharif bog‘bonning uyiga ravona bo‘ldi. Bu orada bog‘bon fakihga:
— Mana bu sharif deganingiz bema’ni odam. O’zini payg‘ambar avlodidan deb da’vo qiladi. Onasi qanday ayol bo‘lgan, kim biladi? Sen aqlli, bilimli, ko‘pni  ko‘rgan odam bo‘lsang, qanday qilib, unga ishonib, yoningda olib yuribsan?   deyishi bilan faqihning ichiga go‘yo bir qurt o‘raladi. Sharif kelar kelmas so‘ka boshladi:
— Hoy yolg‘onchi, bu boqqa seni kim chaqirdi?O’g‘rilik senga kimdan meros qolgan? Arslon bolasi, arslonga o‘xshar. Qani menga aytchi, sen payg‘ambarga qaysi tomondan o‘xshaysan? dedi va yana bir qancha achchiq gaplar aytdi. Uni oldiga solib haydadi.
Bog‘bonning istagani bo‘ldi  faqih yolg‘iz qoldi. Ta yoqni qo‘liga oldi va:
— Ey noshud faqih sening fatvong boqqa ruxsatsiz kirishmi? Buni qaysi huquq kitobida, qaysi qonunda o‘qiding?  deb faqihni ura boshladi.
Bog‘bon gapirib urar, urib gapirar edi. Bechora faqih boshiga har tayoq tushganda:
— Ur, uraver, fursat g‘animat... Do‘stlaridan ayrilganning kuni shu, haqqi esa tayoqtir. Ur.., deya ingrardi.

Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy”sidan

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.