OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Yangi kelgan muridning ozgina oltini bor edi, uni o‘z shayxidan yashirmoqchi bo‘ldi. Shayx buni bildi va hech narsa demadi. Murid hamon oltinni yashirin saqlab yurardi. Murid o‘z piri rahbarligida safar qilib yo‘lga chiqdilar. Oldilaridan qop-qora zulmat

Basra shayxi Hasan Basriy Robiya huzuriga bordi va dedi: 
- Ey AIloh ishqida yagona! Hech kimga aytmagan, hech kimdan eshitmagan va o‘zingdan kechgan va o‘zingga nurday ayon bo‘lgan sirlaringdan menga ayt, men shuning shavqida huzuringga keldim. 
Robiya dedi: 
- Ey, zamona shayxi, bir necha vaqt o‘tirib ip yigirdim, kalava qildim va bozorga olib borib sotdim, xushvaqt bo‘ldim. Kalavamning bahosi ikki pora kumush bo‘ldi. Ularni bittadan har ikki qo‘limda ushlab turdim. Shunda meni qattiq qo‘rquv bosdi: boylik menga hamroh bo‘lib, qaroqchiday yo‘ldan ursa nima qilaman, axir buni yashirib bo‘ladimi? Parvardigorimga hammasi ayon-ku. Dunyo odami jonu dilini qonga (molu mulkka) garovga qo‘yadi, bu yo‘lda yuz ming tuzoq qo‘yish bilan shug‘ullanadi. Maqsadi bir parcha harom oltinni qo‘lga kiritish, buni qo‘lga kiritgach — jon taslim kiladi, vassalom. Oltin uning yurisiga qoladi, vorisi ham jon tahlikasida yashab, oltinni qoldirib ketadi...
Ey, Simurg‘ni oltinga almashtirgan, zar ishqida dili otashda yongan kishi, bu yo‘lda soch tolasi ham sig‘maydi, oltin, kumush, boylik sig‘adimi, axir! Jonon tomon bir soch tolasi-chalik yo‘l bo‘lmasa, hech kim bunga jur’at qilmagay.

"Mantiqut-tayr"dan (Fariduddin Attor)

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.