Abdurahmon ash-Sharqoviy – misrlik arab yozuvchisi. Qohira universitetining yuridik fakultetini tamomlagan (1943). «Al-Kotib» jurnali asoschisi (1951-1953). «Yer» romani unga katta shuhrat keltirgan (1954).
«Muhammad – ozodlik elchisi» romani (1962), Xalifa Husayn haqidagi pesasi (1969), «Bo‘sh yuraklar» (1957), "Chekkadagi ko‘chalar" (1958), "Falloh" (1968) romanlari mashhur.