Astrid Lindgren (shved. Astrid Anna Emilia Lindgren) (1907.14.11, Vimmerbyu – 2002.28.01, Stokgolm) — shved yozuvchisi. Lindgrenning birinchi kitoblari — «Britt-Mari yurakka taskinlik baxsh etadi» (1944) va «Peppi — Uzun Paypoq» (1945—52). Shvetsiya bolalar adabiyotidagi didaktik sentimental an’analarni o‘zgartirdi. Bolalar uchun atalgan «Mio, mening Miom!» (1954), «Kichkintoy va tomda yashaydigan Karlson» (1955), «Tomda yashaydigan Karlson yana uchib keldi» (1962), «Tomda yashaydigan Karlson yana paydo bo‘ldi» (1968) kabi kitoblari bor.
«Mashhur izquvar Kalle Blyumkvist» (1946), «Daydi Rasmus» (1956) kitoblarida bolalar qarovsizligi bilan bog‘liq muammolarni ko‘targan. Lindgrenning «Lyonneberglik Emil» (1963—72), «Qaroqchining qizi Ronya» (1981) kitoblari ham mashhur. Lindgren insonparvarlik ruhidagi ijodi uchun X.K.Andersen nomidagi Xalqaro oltin medal bilan taqdirlangan (1958). Nobel mukofoti laureati (1994).