Choi Xi Su 1962 yili Janubiy Koreyaning Paju shahrida tug’ilgan. U Seul Universitetining badiiy peyzaj fakultetini tamomlagan bo’lib, shu vaqtga qadar 9 ta kitobi nashr etilgan. Choi Xi Su Koreyada anchagina nufuzga ega bo’lgan “Joun chek ilkki” (“Yaxshi kitoblar mutolaasi”) nomli ilmiy-adabiy jurnalining “Oila” bo’limi mudiri lavozimida faoliyat ko’rsatgan va aynan shu jurnal orqali uning bir qancha asarlari koreyalik kitobxonlarga yetib borgan. Uning “Dadam bilan kitob”, “Chuqur muhabbat baxtni yaratadi” nomli kitoblari mashhur.