OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Frans Hooler. Tinchlik elchisi (hikoya)

Oppoq bir kabutar qirg‘in urush maydo-ni osmonida qanot qoqarkan, jangari vertolyot-ning vahshiy parraklari uni bo‘laklarga bo‘lib tashladi. 
Beg‘ubor oppoq patlardan biri bir uy hovlisiga tushadi, so‘ng bir bolakayning jajjigina kaftidan sokingina najot makonini topadi.
Qisqa muddat ichida shu uyning katta-lari – bobo va buvi, bolakay va uning onasi urushdan qochib uyni tark etmoqchi bo‘ladilar. 
– Yashash uchun darkorlarnigina olamiz, – deya ta’kidlar ona. 
Bir qancha kiyimlarini olgancha olib, hujjatlari, biroz pul,taqinchoqla to‘ladi jomadon. Bobo-chi, ikki butilka g‘amlab oladi suv. Buva bo‘lsa so‘nggi burda non, bir nechta olma va yana shirinlikni safar-ga taxt qilib qo‘yar o‘sha on.
Jajjigina murg‘ak bola-chi? Ugina ola-di o‘zi bilan oppoq kabutarning patini...

Nemis tilidan Furqat Soatov tarjimasi

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.