Fridrix Nitshe – XX asr jahon falsafiy tafakkuri o‘sishiga katta hissa qo‘shgan buyuk nemis faylasuflaridan biri. U 1844 yilda Lyuttsen yaqinidagi Rekken shahrida tavallud topgan. 1864-1868 yillarda Bonn va Leyptsig shaharlarida o‘qiydi. 1869-1878 yillarda Bazel universitetining professori sifatida faoliyat yuritadi va kasalligi tufayli ishni tashlaydi. 1888 yilda Nitshe falajlanib qoladi. Sing-lisi Elizabet Fyorster-Nitshe unga turli g‘amxo‘rliklar ko‘rsatish bilan birga uning asarlarini nashr etish borasida jonbozlik ko‘rsatadi. Faylasuf 1900 yili Veymar shahrida vafot etadi.
Nitshe qisqa umri davomida bir qancha asarlar yozdi. Ayniqsa, uning “Zardo‘sht tavallosi” va “Hokimiyatga intilish” nomli asarlari katta shuhrat qozondi. Uning “Tarixning hayot uchun foyda va zarari to‘g‘risida”, “Shopengauer murabbiy sifatida”, “Rixard Vagner Bayretda”, “Erkin tafakkur sohiblari uchun qo‘llanma”, “Axloqning mohiyati” nomli asarlarida hayot falsafasi bor bo‘y-basti bilan namoyon bo‘lgan.