Gul Pocha Ulfat (1909-1977) - Afg‘onistonning Mashriqiy viloyatiga qarashli Lag‘mon qishlog‘ida ruhoniy oilada dunyoga keladi. Dastlabki ta’limni qishlog‘ida yakunlagach, Jalolobod va Kobilda tahsil oladi. Pushtu tilida ijod qilgan. She’riyat bilan barobar ilm bilan mashg‘ul bo‘ladi.
Uning quyidagi she’riy, nasriy va adabiyotshunoslikka oid asarlari bosilib chiqqan: «Bahor nag‘masi», «Yongan chiroq», «Lug‘aviy tadqiqot», «Afg‘on qo‘shiqlari», «Oliy fikrlar», «Nima yozish kerak yoki stilistika», «Adabiy bahslar», «Ozodlik xabari», «Tanlangan she’rlar», «Oliy xayollar va teran fikrlar», «Yozuv ilmi» va h.k.
Gul Pocha Ulfat 1956 yilda Afg‘on Tarix va Adabiyot Akademiyasi («Pushtu to‘lana») ning Prezidentligiga tayinlanadi. Uning tashabbusi bilan bu davrda mamlakatda ilmiy, madaniy va adabiy hayot yangi bosqichga ko‘tariladi.