Daniya yozuvchisi, mashhur ertaknavis. Etikdo‘z oilasida tug‘ilgan. «Improvizator» (1835) romanida quyi tabaqadan chiqqan xayolparast shoir va jamiyat ziddiyati tasvirlanadi.
Andersenning «Qo‘rg‘oshin soldatcha» (1838), «Bulbul» (1843), «Irkit o‘rdakcha» (1843), «Qirolicha» (1844), «Ona» (1848) kabi mashhur ertaklari va «Suratsiz surat kitobi» (1840) shu davrda yaratilgan.
Andersen «Mulat» (1840) pyesasini, «Shoir bozori» (1842) yo‘l xotiralarini ham yozgan. «Ikki baronessa» (1849) romanida tabaqalashtirishga asoslangan jamiyatni tanqid qiladi.
Andersenning juda ko‘p ertaklari («Irkit o‘rdakcha», «Qirolicha» va b.) o‘zbek tiliga tarjima qilingan.