Zahmatkash keksa tegirmon jim. Devor-lar sokin, tom sukunatda. Hatto tegirmon charxlari ham tin. Vindish elektr chirog‘ini o‘chirarkan, ziyo zulmat bag‘rida erib keta-di. Tegirmon charxlari orasida tun izg‘iy-di. Go‘yo tim zulmat, oppoq un zarrachalari-ni raqqosa chivinlar-u, hatto bir-biriga suyanib, g‘ujanak to‘p bo‘lib olgan qop uyum-larini yirtqich ajdar misol yutib yubor-gan.
Tungi qorovul tegirmon o‘rindig‘ida o‘tirib orom olmoqda. Uning og‘zi uyquning sarxush oromidan hayratda ochiq. O‘rin ostidan kuchugining marjon ko‘zlari porlab turibdi. Vindish qo‘llari bilan qopni tizzalariga suyaganicha ko‘tarib, uni tegir-monning mudroq devorlariga suyab qo‘yadi.
Kuchuk sergak tortadi, og‘zini katta ochib esnab oladi. Uning oppoq dag‘al tishlari qayroq pichoqni eslatadi. Kalit ochqich tegirmon eshigini qulfi teshigi ichida aylanadi. Qulfning ingroq nolasi Vin-dishning barmoqlari orasidan sizib chiqa-di. Bu nolishning hisobini oladi u. Bosh tomirlari tepayotganini his qiladi. “Miy-yam naqd to‘xtovsiz soatning o‘zginasi-ya! ” o‘ylab qoladi. Kalitni yana cho‘ntagiga solarkan, kutilmaganda kuchuk hura boshlay-di. “Bosh miyyamsoatini cho‘g‘lanma simlari taranglashib uzilib ketmasligi kchun ular-ni qayta burab joyiga keltirishim kerak” ,-deya ta’kidlaydi o‘ziga o‘zi baland ohangda. Tungi qorovul manglayini yopib qo‘ygan, shlyapasini yuqori ko‘taradi. Uyqudan sar-xush yumuq ko‘zlarini ochib esnarkan:
“Tungi navbatchi askar!” – deya murojaat qiladi.
Vindish tegirmon yon bag‘ridagi ko‘l bo‘yiga keladi. Sohil bo‘yida bo‘lsa pichan xaroba, mudroq turardi. U go‘yo ko‘lning suv ko‘zgusidagi qora bir dog‘ edi. Bu dog‘ misli ko‘l tubidagi zulmat tuynuk misol juda tubanlikda biqinib yotardi. Vindish pichan-lar orasida oromda yotgan velosipedini turgizib oladi.
“Qanday iblis ekan bu, pichanlar orasi-dagi?” – deydi tungi qorovul jirkanib. Vindish velosiped o‘rindig‘iga yopishib olgan pichan shoxchalarini tera boshlaydi. Sanchiq boshoqlarni terib suvga uloqtirar-kan:
“Pichan boshoqlari suvga g‘arq bo‘layotga-nining shohidi bo‘lyapman”,-deya ta’kidladi. Yengil pichan poyachalari esa suv yuzida soch tolasi misol ohista raqsga tushadi. Mitti-gina suv girdobi pichan shoxchalarining bo-shini aylantiradi. O‘sha zulmat tuynuk suv-da erkin chayqaladi. Vindish suvda bu tuynukning harakatdagi suvratiga nigoh-larini tikadi.
Kutilmaganda tungi qorovul kuchugining biqiniga tepki tushiradi. Sho‘rlik kuchuk ingraydi xolos. Vindish ko‘l tubidagi tuy-nukdan nigohini uzmas, suv ostidan esa uning quloqlariga ingroq tovushlar chalina-di.
“Tunlari hali uzun”,- deya ta’kidlaydi tungi qorovul. Vindish bir necha qadam ortga yuradi. Sohildan biroz yiroqroqqa. Nigohi endi sohilga qarama-qarshi yerda mudrab yotgan pichan kulbaning savlatiga tushadi. Kulba esa sokin, tinch, hatto zulmat tuynuk haybatidan holi u. Unda ziyo bor, bu ziyoni tun zulmati mahv etolmagan.
Kutilmaganda go‘zal sukunat ichra gaze-taning beo‘xshov ohangi jarang sochadi.
“Qornim och qolibdi”, – deya qo‘shib qo‘yadi tungi qorovul. Cho‘chqa yog‘i-yu, burda noni o‘ralgan gazeta varaqlarini yozadi. Qo‘lida-gi pichoq yarqirab ketadi. Og‘zi bo‘lsa nima-larnidir kavshaydi. Pichoq qirrasi bilan qo‘l bo‘g‘inlarini qashilagan bo‘ladi.
Vindish velosipedini bir chetga surib, mas’um hilolga termiladi. “Odam – olam-ning sirli hilqatidir!” – deydi tungi posbon nimalarnidir asta kavshagancha. Vindish qopni ko‘tarib velosipediga orta-di. “Inson matonatlidir,- ta’kidlaydi u, – jonvorlardan-da kuchliroq”.
Tungi posbon nonushtasi o‘ralgan gaze-taning bir uchi shamolda jonhalak qanot qoqadi. Shamol go‘yo inson qo‘llariga ayla-nib, uni har tomonga tortqilaydi. Tungi posbon pichog‘ini o‘rindiqqa qo‘yarkan: “Biroz ko‘zim ilinibdi-da”,-deya ta’kidlaydi. Vindish velosipediga engashib olgandi, ammo darhol qaddini rostlab xijolato-muz:
- Men esa sening oromingni buzdim”. – deya o‘zini aybdor his qilgandek bo‘ldi.
- Xijolat bo‘lma, sen emas, – so‘zida davom etadi tungi posbon, – ayolim oromimni o‘g‘irlagan. Mundirini to‘kilgan non ushoqlaridan tozalarkan:
- Shunisini bilamanki, – so‘z qotadi u,- orom olish degan ilohiy tortiqdan mahrumman. Oy bugun to‘lishgan, negadir ko‘z o‘ngimda jonsiz qurbaqa namoyon bo‘libdi. O‘lgudek bemajol edim, yana bir zumga ham ko‘z yumib orom ololmayman. To‘shakda esa quruqlikda yashovchi qurbaqa tovlanib yotardi. Ayolim bilan sirlashgan bo‘ldim. O‘sha qurbaqa go‘yo ayolimning ko‘zlari bilan menga nazar solardi. Unda ayolimniki kabi o‘sha-o‘sha maftunkor o‘ram sochlar va egnida uning tungi libosi, yana bu libos uning latif nozik qornigacha bo‘lgan tanini yashirgandi. Unga:
- Oyoqlaringni yop, ular so‘lg‘in tus olgan, – deya buyuraman. Bu so‘zlarni ayolimga ta’kidladim, qurbaqa esa tungi harir libosni nozik oyoqlari uzra tortadi. U yotgan joy yonidagi o‘rindiqqtsap cho‘kaman. Qurbaqa bo‘lsa ko‘z o‘ngimda ayolimning g‘uncha lablaridagi tabassumini qayta namoyon etadi.
- O‘rindig‘ing g‘ijirlayapti – deydi u. O‘rindiq g‘ijirlamay qoladi. Qurbaqa go‘yo ayolimning nozik yelkasiga tushib turguvchi mayin o‘rim sochlarini yoyib olgandek edi. Bu o‘rim soch tungi libos kabi uzun va maftunkor. Unga yuzlanib:
- Sochlaring ancha o‘sib qolibdi, – deyman. Shu on u boshini ko‘tarib:
- Ko‘p ichib yuboribsan, – hozir o‘rin-dig‘ingdan qulab tushasan, – deya qichqiradi. Oy yuzida qizg‘ish bulutli dog‘ bor edi. Vindish mudroq tegirmon devorlariga suyanadi.
- Odam degani tushunib bo‘lmas hilqat-da, – o‘ziga keladi tungi posbon,- har safar kechirimli bo‘lishga tayyor. Kuchuk bo‘lsa cho‘chqa go‘shtining laxim yeridan bir bo‘lagini chaynay boshlaydi.
- U qilgan xatolarning barchasini allaqachon kechirganman, – deya o‘ziga o‘zi tasalli beradi tungi posbon, – novvoy yigit bilan bo‘lgan ishqiy sarguzashtni ham. Shaharga bitta o‘zi davolanishga ketganini ham. Pichoqning keskir yerini barmoqlarining uchi bilan siypalaydi. O‘shanda butun qishloq ustimdan kulgandi. Vindish chuqur xo‘rsinadi.
- Uning maftunkor ko‘zlariga qaray olmasdim, – deya xotirlaydi tungi posbon. Uning faqat birgina xatosini, hech kimniki bo‘lmasdan bu yorug‘ olamni juda erta tashlab ketganini kechira olmayman.
- Xudo haqqi, – so‘z ochadi Vindish, – ular, ayollar nima sababdan yaratiladi? Tungi posbon hayron yelkalarini qisib:
- Biz uchun emas har holda,- deya javob qaytaradi, – sen uchun ham, men uchun ham emas. Kim bilsin kimlar uchun. Tungi posbon kuchugini erkalarkan:
- Qizlar-chi? – deya so‘z ochadi yana Vindish, – kim bilsin, vaqti kelib ular ham bo‘yiga yetishadi.
Vindishning velosipedi zaminga soya solib turar, o‘sha soya o‘tloq uzra cho‘zilib yotardi. “Qizalog‘im, – gap boshlaydi Vindish, idrokida gaplarini mulohaza qilib ko‘radi, – qizim Amaliya ham endi yosh qizaloq emas”.
Tungi posbon o‘sha oy yuzidagi qizg‘ish bulut dog‘iga nigohlarini tikadi.
- Qizim tovusdek xushqomat bo‘lib yetishdi, – so‘z boshlaydi Vindish. Aytgandek men ham uning maftunkor ko‘zlariga qarashga botina olmayman. Uning ko‘zlarida qandaydir ma’yuslik bor. Kuchuk xayrihohdek boshini buradi.
- Ey, bu ko‘zlar aldamchidir, – uqtiradi tungi posbon,- uning qomati esa holidan darak. Poyabzallarini bir – biriga yaqin qo‘yarkan:
- Qizingning yurishiga e’tibor qil, – ta’kidlaydi, – mabodo qizing yurayotib poyabzali uchini yerga tomon bosarkan, demak unda balog‘at davri boshlandi degani.
Tungi posbon shlyapasini qo‘llari bilan aylantirarkan, yonida kuchugi yotar va uning harakatidan ko‘zlarini uzmasdi. Vindish esa jim.
- Shudring tushyapti, qopdagi unlar namiqib qoladi, – sukunatni buzadi tungi posbon, – so‘zida davom etarkan, – shahar hokimi jig‘ibiyron bo‘ladigan bo‘ldi-da.
Ko‘lmak uzra go‘yo to‘g‘ri tortib qo‘yilgan chilvir bo‘ylab yanglishsiz va ohista, suv yuziga tegar – tegmas, xuddi quruqlikdagidek kattakon bir qush qanot qoqib borardi. Vindish uning ortidan qarab qolarkan: “Mushukka o‘xsharkan”, – deya hayratlanadi.
- Bu – boyqush – deya ta’kidlaydi tungi posbon esnoq ochiq og‘zini qo‘llari bilan yopadi. Keksa Kronerning uyida mana uch kechadan buyon yilt etgan chiroq shu’lasi ko‘rinmaydi. Vindish velosipedni o‘ziga tortarkan:
- U ayol qazo qilgan bo‘lishi mumkin emas,- shubhada davom etadi. Boyqush uy tomidan qo‘nim topganicha yo‘q.
Vindish maysazor yoqalab ketarkan, mas’um oyga boqadi.
- Yodingdan ko‘tarma, Vindish, – qichqiradi tungi posbon uning ortidan:
“Ayollar yolg‘onchi bo‘ladi!”
Herta Myuller. Tungi posbon (hikoya)
Nemis tilidan Furqat Soatov tarjimasi