Ilf va Petrov — rus hammuallif yozuvchilari Ilya Ilf (haqiqiy ismi — Iexiel-Leyb Arevich Faynzilberg; 1897—1937) va Yevgeniy Petrov (haqiqiy ismi — Yevgeniy Petrovich Kataev; 1903—1942). Ikkisi ham Ukrainaning Odessa shahrida tug‘ilgan. Birgalikda «O‘n ikki stul» (1928) va «Oltin buzoq» (1931) kabi mashhur romanlarni yozishgan. Ixtirochi firibgar Ostap Bender haqida ulardan so‘ng boshqa yozuvchilar ham ko‘plab asarlar yaratishgan.
Ilf va Petrov birgalikda yozgan asarlari: «O‘n ikki stul» (roman, 1928), «Oltin buzoq» (roman, 1931), «Kolokolamsk shahrining g‘ayritabiiy tarixi va hayoti» (novellalar, 1928), «Yorug‘ shaxs» (fantastik qissa), «Ming bir kun yoki yangi Shahrizoda» (novellalar, 1929), «Bir safar yozda» (film stsenariysi, 1936), «Bir qavatli Amerika» (qissa, 1937).