O‘sha yilning iyun oyida U qo‘ramizda mehmon bo‘ldi — U doim o‘zimizning odam sanalardi: rahmatli otasi otamning ham do‘sti, ham qo‘shnisi edi. Ferdinand Saroy shahrida o‘n beshinchi iyun kuni o‘ldirildi. Un oltinchi iyun ertalab esa pochtadan gazeta keldi. Otam qo‘lida kechki Moskva gazetasi, xonasidan chiqib, bizlar — U, oyim va men hanuzgacha choy ichib o‘tirgan yemakxonaga kirdida:
— Mana endi, do‘stlarim, urush!— dedi.— Saroyda Avstriya shahzodasi o‘ldirilibdi. Bu — URUSh degani!
Avliyo Pyotr kuni — otamning tavallud sanasi edi — biznikiga juda ko‘p mehmon keldi, tushlik mahali mening unga unashtirilganim ma’lum qilindi. Biroq o‘n to‘qqizinchi iyulda Germaniya Rossiyaga urush ochdi...
Sentyabrda U biznikiga faqat bir kunga — urushga jo‘nash oldidan xo‘shlashgani keldi (u paytlar hamma URUSh tezda tugaydi, deb o‘ylar va, shuning uchun ham, to‘yimiz ko‘klamga qoldirilgan edi). Mana, xayrlashuv oqshomi. Kechki ovqatdan so‘ng, taomilga ko‘ra, samovar olib kirildi, shunda otam bug‘dan terlagan deraza oynasiga tikilib, dedi:
— Ajab barvaqt va sovuq kuz!
Biz o‘sha oqshom soqin o‘ltirar, haddan tashqari bosiq, botiniy o‘y va tuyg‘ularimizni sir tutgancha, ahyon-ahyonda bir-birimizga shunchaki so‘z qotib qo‘yar edik. Otamning kuz haqidagi gapida ham yolg‘ondakam loqaydlik bor edi. Men balkon eshigiga yaqinlashib, ro‘molcham bilan oynani artdim: bog‘ uzra, qop-qora osmondan shaffof muz bo‘laklariga o‘xshash qirrador va ravshan yulduzlar charaqlardi. Otam gavdasini o‘rindiq suyanchig‘iga tashlagancha, stol tepasidagi qizib ketgan osma chiroqqa parishon tikilib tamaki tutatardi, ko‘z-oynak taqqan oyim esa chiroq yog‘dusida kamoli diqqat bilan ipak xaltacha tikardi — biz uning nchma ekanini yaxshi bilardik, — bu holat ham ta’sirchan, ham dahshatli edi. Otam Undan so‘radi:
— Shunday qilib, bari bir nonushtaga qolmay, ertalab barvaqt ketmoqchiman, degin?
— Ha, agar ruxsat etsangiz, ertalab,— deya javob berdi U.— Ming taassuf, lekin hali uydagilarimga biron bir ko‘rsatma ham bergan emasman.
Otam yengil so‘lish oldi:
— Mayli, ixtiyoring, azizim. Gap shunaqa ekan, u holda oying bilan biz endi uxlaylik, ertaga seni al-batta kuzatib qo‘ymoqchimiz...
Oyim o‘rnidan turib, bo‘lajak kuyovini cho‘qintirdi, U esa avval oyimning, keyin otamning qo‘lini o‘pdi. Ikkimiz xoli qolgach, biz tag‘in bir muddat yemakxona-da bo‘ldik — men qarta suzishga tutindim, U esa xonaning u burchidan bu burchiga jim borib kelardi, saldan keyin:
— Xohlaysanmi, bir oz aylanib kelamiz?— deb so‘radi.
Ko‘nglim tobora xiralashib borardi, loqaydgina javob berdim:
— Mayli...
U dahlizda kiyinaturib nima haqdadir o‘ylarkan, miyig‘ida jozibali kulgancha Fetning she’rini esladi:
Sovuq erur bu kuz naqadar! Nimchangni kiy, sholingni o‘ra...
— Nimcha yo‘q,— dedim.— Keyin nima edi?
— Yodimda yo‘q. Yanglishmasam, mana bunday shekil-li:
Go‘yo yong‘in asta yuksalar Qarag‘aylar oralab,— qara...
— Qanaqa yong‘in?
— Oyning chiqishini aytmoqchidir-da. Bu misralar-da qishloq kuzining allaqanday tarovati bor: «Nimchangni kiy, sholingni o‘ra...» Bobolarimiz va buvilarimiz zamoni... Eh, xudoyim-ey, xudoyim-ey!
— Senga nima bo‘ldi?
— Hech narsa, azizam. Bari bir mungli. Ham mungli, ham yaxshi. Men juda, juda yaxshi ko‘raman seni...
Biz kiyinib, yemakxona orqali balkonga chiqdik, undan boqqa tushdik. Avvaliga shu qadar qorong‘i ediki, men beixtiyor uning yengidan ushlab oldim. Keyin javohirdek yarqiroq yulduzlarga ko‘milgan butoqlarning uchlari yorishayotgan ko‘kda qorayib ko‘rina boshladi. U to‘xtab, uy tomonga o‘girildi:
— Qara, derazalar qandaydir boshqacha, kuzga xos mayin yog‘du sochyapti. O‘lmasam, 6u oqshomni hech qachon unutmayman...
Men uyga qaradim, U meni shveytsarcha yoping‘ichim ustidan quchdi. Tivit ro‘molimni sal ochib, o‘psin deb boshimni sezilar-sezilmas orqaga tashladim. O‘pgach, U yuzimga tikildi.
— Ko‘zlaring qanday charaqlaydi-ya,— dedi.— Sovqotmayapsanmi? Havoni qara, qishning o‘zginasi. Mabodo o‘lib ketsam, har qalay, meni darrov unutib yubormassan?
Men o‘ylab qoldim: «Rostdan ham o‘ldirib qo‘yish-sa-ya?! Nahotki, men Uni qandaydir qisqa muddatga bo‘lsa ham yodimdan chiqarsam — axir, bu dunyoda ham-ma narsa bir kun kelib unutiladi-ku?» O‘z o‘yimdan o‘zim cho‘chib, shoshib javob berdim:
— Unday dema! Sen o‘lsang, men ortiq yasholmayman! U bir oz jim qolgach, dona-dona qilib dedi:
— Nachora, agar o‘lsam, men svni u yoqda kutaman. Sen to‘yib yasha, bu yorug‘ dunyoda xo‘b o‘ynab-kul, keyin yonimga borgin.
Men alam bilan ho‘ngrab yubordim.
Ertalab U ketdi. Oyim kecha o‘zi tikkan o‘sha mash’um xaltachani Uning bo‘yniga osib qo‘ydi — xaltachada oyimning ota-bobolari urushlarda taqib yurgan jajji oltin but bor edi,— keyin biz Uni allaqanday hayajonli noumidlik bilan cho‘qintirdik. So‘ng Uning ortidan tikilib, kimingnidir uzoq safarga kuzatayotganingda bo‘ladigan gangish ichida, faqat biz bilan ilk huyosh nurlaridan o‘t-o‘lanlar uzra yarqirab yotgan qirovni, farahbaxsh erta o‘rtasidagina vujudga kelgan zidlikni his etgan ko‘yi, eshik oldidagi zinada qotib turdmk. Bir ozdan keyin huvillab qolgan uyga qaytib kirdik. Men yelkalarimni mahkam quchgancha, nima qilishga hayron, bor ovoz bilan ho‘ngrashni ham, qo‘shiq aytishni ham bilmay xonalar bo‘ylab tentiy boshladim...
Uni o‘ldirishdi — qanday dahshatli so‘z!— Galitsiya-da, bir oydan so‘ng o‘ldirishdi. Mana, o‘shandan beri o‘ttiz yil o‘tdi. Uzundan-uzoq tuyulgan bu yillar mobaynida boshimdan ko‘p, juda ko‘p voqealar kechdi: ular haqida diqqat bilan o‘ylar ekansan, kechmish deb atalgan bu sirli, anglash mushkul, aql ham, yurak ham bovar qilmaydigan hodisalarni xotirangda birma-bir saralaysan kishi. Un sakkizinchi yilning ko‘klamida, otamdan hem, onamden ham ajralgan damlar, men Moskva-da, Smolensk bozoridagi «Bekam, endi qalaysiz, qatiq bersam yalaysiz?», deb doim ustimdan kuladigan chayqovchi xotinning yerto‘lasida istiqomat qilardim. Men ham chayqov bilan shug‘ullanar, u paytlardagi ko‘plar qatori, goh qandaydir uzukmi, goh jajji xochmi, goh kuya yegan mo‘ynami — qolgan-qutgan ba’zi narsalarim-ni papoq kiygan, shinellari yoqavayron soldatlarga pullar edim. Ana o‘shanda, kunlardan bir kun bozorning Arbatga tutash burchagida, kamdan-kam uchraydigan go‘zal qalbli, iste’foga chiqqan harbiy kishi bilan ganishdim, tez orada turmush qurib, u bilan Yekaterinodarga jo‘nab ketdim, Erimning ko‘ngillilarga qo‘shilishga intilgan o‘n yetti yoshlardagi jiyani ham biz bilan birga edi. Salkam ikki hafta yo‘l yurdik: men — chipta kavushdagi qishloqi ayol, u— ohori to‘kilgan kazakcha chakmonli, uzun soqoliga oq oralagan dehqon, xullas, Don va Kubanda ikki yildan ortiq yashadik. Qishda, dengizda bo‘ron qo‘zg‘algan bir paytda boshqa son-sanoqsiz qochqinlarga qo‘shilib, Novorossiyskdan Turkiyaga qarab suzdik; yo‘lda erim terlamadan o‘ldi. Shundan keyin bu yorug‘ dunyoda mening uchovgina yaqin kishim qoldi: erimning jiyani, uning yoshgina xotini va ulerning qizchasi — yetti oylik chaqaloq. Lekin, ko‘p o‘tmay, erimning jiyani go‘dakni menga topshirib, xotini bilan Qrimga, Vrangel panohiga jo‘nay qoldi. Shu-shu, ular bedarak ketishdi Men esa og‘ir qora mehnat bilan ham o‘zimni, ham qizchani boqib, yana ancha vaqt Istanbulda yashadim. Keyin qizchani yetaklab, ko‘plar qatori ne-ne yurtlarda sargardon bo‘lmadim, deysiz! Bolgariya, Serbiya, Chexiya, Belgiya, Parij, Nitstsa... Qizcha allaqachon ulg‘ayib, juda yoqimtoy, ammo menga butunlay befarq qaraydigan fran tsuz qiziga aylanib, Parijda muqim yashab qoldi, u endi Madlen yaqinidagi qandolat do‘konida xizmat qilar, kumushrang tirnoqli nozik qo‘llari bilan shoko-lod qutilarini silliq qog‘ozlarga o‘rar va uni zar-rin bog‘ichlar bilan tugib, xaridorlarga tutqazar edi; men esa xudo bergan nasibaga qanoat qilib to hanuz Nitstsada yashayman... Nitstsada birinchi marta ming to‘qqiz yuz o‘n ikkinchi yili bo‘lgan edim — uning keyin-chalik men uchun xor-zorliklar maskaniga aylanishini o‘sha baxtiyor kunlarimda xayolimga keltira olarmi-dim!
Bir paytlar o‘ylamay-netmay, sen o‘lsang, ortiq yasholmayman, degan odam — men ana shunday qilib, Uning o‘limidan keyin ham yashvyverdim. Biroq, o‘shandan buyon boshimdan kechgan savdolarni eslar zkanman, doim o‘z-o‘zimdan so‘rayman: xo‘sh, u kunlardan nima qoldi? So‘ng o‘zimga o‘zim javob qilaman: birgina o‘sha — sovuq kuz oqshomi... Nahotki, hayotimda, shunday oqshom bo‘lgan? Ha, bo‘lgan edi. Umr bo‘yi ko‘rgan kunim faqat shu,— qolganlari ma’nisiz tushdek o‘tdi-ketdi. Va men ishonaman, juda qattiq ishonaman: qaydadir u yoqda, huv o‘sha oqshomdagidek navqiron muhabbatiyu o‘sha yoshligi bilan U meni kutmoqda. .«Sen to‘yib yasha, bu yorug‘ dunyoda xo‘b o‘ynab-kul, keyin yonimga borgin...» Men to‘yib yashadim, xo‘p o‘ynab-kuldim, endi tezda yoningga boraman.
Ivan Bunin. Sovuq kuz (hikoya)
Abdulla SHER tarjimasi