Ob-havosiga sal-pal chidasa bo‘ladigan qish kunlarining birida, neshindan keyin Lom yo‘liga aylangani chiqdim. «Aylangani chiqdim» so‘zlarini eshitganda, oldinga va orqaga siljuvchi har xil odamlar orasida odob saqlab, asta-asta ketayotgan, modaga muvofiq kiyingan, tanishlar uchraganda, nazokat ila jilmayib, ehtirom-la t’zim bajo aylab, tinmay shlyapalarni ko‘tarib qo‘yishlarni tushunadigan do‘stlarni ogohlantirib qo‘yay, ularning umidi puchga chiqadi: bu yul u qadar yoqimli ko‘rinishga ega emas. Sofiyadan har xil yunalishda yam-yashil dalalar bo‘ylab sariq tasmalarday tarqalib ketuvchi katta yo‘llar orasida Dunay bo‘yidagi Lom shahri bilan tutashtiruvchi bu yul eng kimsasiz va boshkent odamlari mensimaydigan tarafdir. Sofiyaliklar shapqqa va janubga boradigan yo‘llarda aylanib yurishni afzal ko‘radilar. Lom yo‘lini faqat dehqonlarning gursillagan odamlari jonlantiradi: har payshanba, ya’ni bszor kuni, olomon turnaqator manzara hosil qilib, shovqinlagancha Sofiyaga talpinadi. Lekin bu yo‘lning bir bebaho ustunligi borki, uning boshqa kamchiliklarini ortig‘i bilan qoplab yuboradi: odam bu yulda maza kilib yolgizlanishi, to‘g‘rirog‘i, o‘zini erkin his qilishi mumkin. Balki, bu mening nazarimda shundaydir. Chunki ko‘pincha odam shahar shovqini va yugur-yugurlaridan bir daqiqaga bo‘lsa ham bir qutilgisi, siqilmasdan toza havodan butunlay erkin nafas olgisi keladi, maza qilib fikr va hayollarga berilgan holda, jamiyat rasm-rusmlari iskanjasidan forig‘ bo‘lib, zolimlarga soniya sayin qullarcha bo‘yinsunish taomilidan chetda, xohlagan yerida tentirab yurgisi keladi, goh u yon, goh bu yonga qarab, xech narsa kerak bo‘lmasa ham, birovga tazim qilib, birovning ta’zimiga javob qaytarib, turmush behalovatligi, yolg‘on va munofiqlik (tilyog‘lamalik) teatrida qatnashish, beixtiyor buning ishtirokchisi bo‘lishdan qochgisi keladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, Lom yo‘li — benihoya go‘zal joy, favqulodda ishonarli boshpanadir.
Yana bir zo‘r tomoni shuki, bu yerda ko‘z o‘ngingizda bag‘oyat ajoyib, tasvirlash imkoni bo‘lmagan panorama, betakror ko‘rinishlar yaslanib yotadi. Ko‘zlarni maftun etuvchi, ko‘ngillarni antiqa shodlik bilan to‘ldiruvchi manzaralar: bu yerda shunday yengil-engil tin olasizki, bu yerdan keng Sofiya tekisligi uzra ajib tog‘lar silsilasi butun yaxlitligi bilan, ko‘rki-jamoli-yu, go‘zalligi bilan qad rostlagancha ko‘rinib turadi. Bu yerda ko‘xna nizmalar (Stara-planina) yap-yaqin, uning son-sanoqsiz past-baland tepaliklarini rohatlanib tomosha qilasiz, bitmas-tuganmas tizmalari ufqning butun shimoliy qismini egallab yotadi. Olis- olislardan bir qaraganda bu unchalik baland bo‘lmagan va o‘rmonsiz tog‘ cho‘qqisi xuddi bir xil va hech nimasi bilan e’tiborga loyiqmasga o‘xshab ko‘rinadi ammo musavvirning oshiq nigohi unda shunday kutilmagan tafsilotlar, shunday bir nafislik, chizgilar, shakllar, ranglar, burilmalarini ko‘rish mumkinki... ayniqsa, quyosh uni yon tomondan yoritganda tabiyatning bu komil asari qarshisida zavqdan nafasi tiqilib qolishi hech gap emas. Ko‘hna tizmalar janubdagi bahaybat va salmog‘i og‘ir Vitoshaning butunlay teskarisi, Vitosha haqida ham shunday hayolga boradi kishi.
Tabiyat Men qachon uning qarshisida to‘htasam, yuragim ivib ketganday bo‘ladi, bugun borlig‘im eng yahshi, sokin kechilmalar bilan to‘lmagan payti bo‘lmaydi. Faqat u bilan birga bo‘lgan paytlarimdagina ichimdagi qabih xovotirlar va kundalik mayda-chuyda manfatlarining ovozi o‘chadi.Inson tabiyat bilan opoq-chopoqlikda yolg‘iz va qushday erkin bo‘ladi. bolaga aylangan paytlari oz bo‘lmaydi, bu dunyoda borligidan anglashilmas quvonch his qiladi, Olloh go‘zal, yorug‘, ulug‘vor qilib yaratgan barcha narsalardan hech qanday to‘liqsiz, to‘yguncha orom oladi, undan lazzatlanadi, uni sidqidildan yaxshi ko‘radi. Agarki Xoluq insonni chala qilib yaratgan bo‘lsa, agar ayblari, hirslari, buzuqliklari, ruo‘iy va jismoniy qusurlari oliy komillikdan juda uzoqda bo‘lsa, unutmaganki, tabiyat uning asliday ko‘rinishga ega uning o‘ziday ulug‘, uning o‘ziday mangu, uning o‘ziday ilohiy va mehribondir.
Men fevral oyida Lom yo‘li bo‘ylab bir sayrga chiqqandim, bu sayr ruximda chuqur va hchmas tassurot qoldirdi. Kul rangidagi quyuq bulutlar butun osmonni qopladi, ammo shunday balandlikda, toh tizmasinig oppoq cho‘qqilari bulutdan holi qoldi. Anchagina kuchli, lekin sog‘lom va yoqimli bir izg‘iriq ob-hovo tinch sal-pal ko‘kargan kuzgi arpapoyalar bilan yonma-yon cho‘zilib ketgan yo‘lda aravalar zarang qilib yuborgan izlarinig oxiri ko‘rinmaydi. Bu izlarning qoq o‘rtasida bir so‘qqmoq o‘tganki, u xam yurilaverib qotib ketgan. Bu so‘qmoq bo‘ylab ketishning u qadar og‘irligi yo‘q. Qish sovuqlari qamargan kengliklari mungli sukut ichra mudraydi faqat qaqilaganicha qarg‘alar galasi uchib o‘tadi, yo telegraf simlariga qo‘nadi va yo yerga qo‘nadi. Oqsochli Vitosha va ko‘hna tizmalarning qorli cho‘qqilari o‘z sovuq osmonlardan kafanlari yirtilib har yer har yeri ochilib qolgan o‘lik dalalarga qandaydir og‘ir, anglashilmas jiddiy nazar bilan qarab turishardi. G‘arb tomonda, uncha tik bo‘lmagan, past-baland Visker tizma tog‘larning yonbag‘irlari uzoq-uzoqlarga qarab ketgan, u yoqlarda bulutlar dasta-dasta bo‘lib butun ufq bo‘yi to yergacha osilib tushgani ko‘rinib turadi. Va u tomonidan kelayotgan quruq va sovuq shamolga qarab u yerda qor yog‘ayotganini fahimlash qiyin emasdi. Yo‘lda hech zot yo‘q edi. Butun manzara sirdi go‘zalikka to‘la - qish osmoni ostida allaqanday she’riyat ufurib turardi ... Gap qishning jozibasiz va ma’yus manzarasi ustida ketayotganda, ehtimol bu ikki so‘z g‘alati eshitilar. Go‘zalik va she’riyat hayot tushunchasi bog‘liq ular odamda yorqin ranglar charog‘onlik bayrami, billur jilg‘alaring shildir-shildiri sokin soyalarda pichirlashayotgan yarpoqlar, oydin kechalarning sehirlovchi jimligi haqidagi tasavvurini jonlantiradi. Ammo o‘lik sukunatchi, hech qanday harvkatning yo‘qligi miq etgan bir ovoz insoniy haroratning yo‘qligichi? mayitli tobut ko‘rinib turganda go‘zalik tuyg‘usi uyg‘onadimi? Go‘zalikning birorta unsuri bo‘lmagan joyda she’riyat nafasi seziladimi? Bilmadim, ammo bu g‘amgin qish manzarasida shunday go‘zalik shunday sh’riyat mavjud ediki, shoirning qalami mussavirning mo‘yqalami buni gavdvlantirishga kirishsa, barcha urinishlar zoe ketardi ular ko‘klamninig shodliklariga to‘la manzarasini boy ohang va qirralari bilan tasvirlashda qiynalmay nozik sa’nat shakillarini yaratgan bo‘lsalarda men aytgan go‘zalik va she’riyatni yaratishda anchagina qiynalgan bo‘ladilar. Bu qish manzarasinig go‘zaligi va she’riyati his qilinar idrok etdilar fikr go‘zaligeday g‘oyaning kuchiday ko‘nglidan joy olar edi.
Bu hazin manzara butunicha shoirona niyatlarga uyg‘un edi, necha kundan buyon mening hayolimdan ketmay yurgan rejamga mos kelardi. Men teran uylarga cho‘mgancha temiryo‘l bekatidan bir chaqirimcha beridagi qorovulhonaga yetib bordim.
Visker tomonidan esayotgan namchil shamol yuzlarimga mayda qor uchqunlarini ura boshladi. Keyin o‘ovoda chir-chir aylanayotgan va bir-biri bilan to‘qnashayotgan para-para qorlar izma-iz keldi. Endi quyuq bulutlar mening boshim ustida qalashadi. Qosh qoraya boshlashi bilan sovuqning qahri oshdi. Shu asnoda bir qari dehqon ayolni uchratib qoldim. U nimagadir ulgurmay qolgan, hassasini to‘qqilatib oshqqancha tez-tez kelardi. Yo‘limiz baravarlashganda, men to‘htab uega salom berdim. Alik olib, u ham to‘htadi. «tan-joningiz sog‘ bo‘lsin» deb qo‘ydi.
Musichadekkina, juda qari ayol edi. Kiyim va latta-puttalar tugunga o‘hshab ketadigan bir yuk, botiq ko‘kraklari ustidan kesishgan iplar bilan sirtiga bog‘langanligi sababli, tomirlari bo‘rtigan, qoq suyak qo‘llari bo‘sh qolgan edi.
— Qayoqdan kelayapsiz buvijon? - so‘radim men.
U men bilmaydigan bir qishloqning otini aytdi.
— U bu yerdan uzoqmi?
— Men kallaiy saharlab yo‘lga chiqqandim... Uzoq tog‘larda yashaymiz. Demak roppo-rosa o‘n soat yo‘l yuribdi, men uni uchratganimda ham dearli chopib ketayotgan edi.
Men beixtiyor yoshini so‘raganimda;
Yetmishlarga bordim-ov - dedi Ha taqsir yetmishlardaman. Uning aft angori ham buni tasdihlar edi. Voy xudoyim-e yillar og‘ir mehnat mahrumiyatlar iskanjasida oh-vohsiz o‘tgan qiyinchilik va mashaqqatlar unineg yuzida na qadar chuqur yemurovchi izlar qoldiribdi-ya.
Bu qoq suyak tika madori qurib qoraeb tuproq rang bo‘lib ketgan yuzini hamma yo‘nalishida hunukdan - hunik ajinlar qoplagan edi. Hayot barcha shavqatsiz jabru jafolarini shu yuzida aks etirgan, ayolga hos biron bir insoniy nafislikka o‘rin qoldirmagandek tuyilardi. Bu yuz holi joni qolmagan va g‘azabi qaynagan ho‘kizlardek allaqanday jirkanch ifodali mash’um bir niqobga o‘hshab ko‘rinardi.
«Qoray, teri, chida, jon» - necha-necha asrlar bo‘yi davom etgan qullik azoblar ta’rifiga sig‘maydigan uqibatlar buog‘or halg‘ining qalbidan mana shu so‘zlar aqlga kelardi. Faqat uning xira va so‘nik nigoxili ko‘k ko‘zlarida endi bu qo‘rqinchli niqobni jonlantirib yuruvchi allaqandayiliq beozor mayus bir nur paydo bo‘ldi.
Birdan qayerdadir juda yaqin joyda allaqanday xovoncha pixxiladi. Men atrofga angladim.
Zo‘rg‘a eshitiluvchi bo‘g‘ilangan zayf ovoz takrorlandi.
— Bolani qayoqa olib ketayapsiz buvijon? Kimning bolasi u?- deb so‘radim undan, bola uniki emasligini tushundim.
— Kelinimnig bolasi -javob? hali zig‘irdek kechagina tug‘uldi.
— Kecha? uni qayoqa loib ketayapsiz?
— Sofiyaga olib ketayapman. Onasi kechani o‘zida uzildi... men saharlab yo‘lga chiqdim, Qorong‘i tushgancha yetib olay deb shoshilib ketayapman... Ham qichqirdi... Hali bir martayam egani yo‘q. Yetim qoldi...
— Kampir menga titroq ovoz bilan oilasidagi g‘amgin voqiyalarni gapirib berdi.
Kecha kelini ko‘zi yoriyotganda vafot etibdib, bundan ikki oy oldin uning eri kampirnig navqiron o‘g‘ri qandaydir noma’lum bir kassalikdan o‘lgan ekan. Bor-yo‘g‘i o‘n hondonli qishloqda yangi tug‘ilgan chaqaloqni emiza oladigan birorta ham juvon topilmapdi, bola esa ochlikdan o‘lay depti . Uy sovuq, o‘tin yo‘q shamol lattalarining tagigacha kirib badanni muzlatadi... G‘am-g‘ussa va qashoqlik. O‘zi bolani sofiyaga olib borishga ahd qilibdi balki kimdir olar. Uerda hech kimni tanimaydifaqat bir karvonsaroyning boshlig‘ini biladi qachonlardir u yerda bir qo‘nib o‘tgan.
Na otasi, na onasi bor... Ollohning huzuriga ketishdi. Men qo‘lidan bir ish kelmaydigan kampir uni parvarish qila olmayman. Ertaga o‘zim o‘lib qolish hech gap emas... Mana kimgadir berishga shaharga olib ketayapman-xursinib takrorladi u- Olgisi kelgan odam topilib qolar. Yo‘qsa sho‘rlik ochlikdan o‘lib qoladi, halizgacha emizilmagan.
Latta-putalar ichida bo‘g‘ilib ketgan chaqaloq xuddi kampirning gapini tasdiqlaganday, qattiq avvalgidek o‘tkirroq ovoz bilan chinqirib yubord, ammo shu ondayoq yana jim bo‘lib qoldi. Men ko‘karib ketgan tboshchasinining latta-puttalar bekitolmagan va keskin shom sovug‘idan sag‘lolmagan bir qismini ko‘rdim.
— Balki, Sofiyada xudoning roziligi uchun shu qoshiqday bolachaniasrab olishga ko‘nadigan yaxshi odamlarni bilarsan?
Men, bola qizmi,yo o‘g‘ilmi deb so‘radim.
— Qiz deb javob berdi kampir.
U nochor ko‘zlarimdan yordam beraolmasligimni anglab, menga ta’zim qildi va chopa-chopa ilgarilab ketdi.
Bola lattalar ichida big‘ilardi sovuq hovoda guppilab yog‘ayotgan qorning pag‘a-pag‘a uchqunlari ochiq qolganbir burdagina ochiq qolgshan boshchasiga urilayotgandirki uning ovozi oppoq keng dalalarda goh tinib goh taralib borar edi.
Men bo‘lsam qorli kengliklar aro sirtida bola bilan yo‘q bo‘lib borayotgan pastgina bo‘yli kampirdan ko‘zlarimni uzolmay mixlanganday turgan joyimda qotib turardim.
O‘shal daqiqada ko‘nglimni to‘latib yuborgan og‘ir fikrlar va ilojsiz azoblarni hech qachon unitmaymanyu men shundoq yongigasida mamaqaldiroq guldirab gangib qolgan odamga o‘hshardim. O‘zgarib bo‘lmaydigan ayovsiz,shavqatsiz hayotning bu qo‘rqinchili fojiyasi, qahri qattiq turmushning bu haqiqati odam har kuni har qadamda to‘qnash keladigan ming-minglab odamlarning biri mening yuragimning ildiz-ildizgacha zirqiratib yubordi.
U menga katta bahtsizlikni ko‘rganda har qanday odamda ham uyg‘onadigan ayanch va xamdardlikni emas, allaqanday boshqa bundan daxshatliroq vijdon azobiga yaqin turadigan ichki g‘alayonli hovotirga o‘hshash bir tuyg‘ni uyg‘otdi... Hozirgina shul daqiqada menig qalbim shirin xayollarning yengil to‘lqinlarda jon koitmay suzayotgan bir paytda to‘satdan shundoq burni-burniga to‘qnash kelgan bir odamning chorasiz munosabati, menga.
Dunyoviy yovuzlik shaxsi oldida, atrofimda xo‘ngrayotgan, ko‘zyoshlari sel bo‘lgan, quturgan dengizga o‘xshab butun borliqni yutib yuborayotgan buyuk dunyoviy Dard=alam qarshisida mening jinoiy manmanligim, mening xudbinligimga qarshi otashin norozilikday, ta’naday ta’sir qildi... Shunda boshqalarning boshidagi ofat haqida o‘ylashga yo‘l bermaydigan to‘q va farovon hayotimiz ko‘z o‘ngimda shunday jirkanch bo‘lib ko‘rindiki! Biz ko‘nglimizda shunday e’zozlaydigan va avaylaydigan nozik ruhiy ehtiyojlarimiz va dardlarimiz menga baxtsiz xalqning og‘ir taqdiridan shafqatsizlarcha kulishga o‘xshab ko‘rindi.
Ayanchli ahvolda halok bo‘lgan ota, ko‘zi yoriyotganda o‘lgan ona, ikkovining ham hech qanday tibbiy yordam ko‘rmaganligi, ochlik= yalang‘ochlikda, shunday bir sovuq paytda kechagina, ehtimolki, bugun kechasi tug‘ilgan baxti qaro yetimcha, shunday osongina va ko‘zga tashlanmay yo‘qolgan butun bir mehnatkash oila, — bular xalq ommasining kundalik hayotidagi doim bo‘lib turadigan oddiy bir hodisa, xolos. Va bu omma sabr=toqat bilan, tovush chiqarmay mashaqqat bilan og‘ir kun kechiradi, taraqqiyotimiz, madaniy yutuqlarimiz, nozik ruhiy lazzatlar, ezgu maqsadlar va ahvolni yaxshilash zarurligi to‘g‘risidagi balandparvoz gaplarga qiziqmaydi. U hatto bizdaylar borligini xayoliga ham keltirmaydi, ishlaganda, qiynalganda va o‘layotganda bizga zarracha muhtojligi ham bo‘lmaydi...
Yuragimda bunday qizg‘in tuyg‘ular uyg‘onishi uchun menda asosli sabablar bormidi? Kutilmaganda og‘ir taassurotlar iskanjasiga tushib qolganim uchun azob=uqubat chekayotgan bashariyatning ko‘p qismini tashkil etuvchi birodarlarimiz oldidagi mas’uliyatimiz kuchini juda oshirib yubormadimmi? Ozchilikni tashkil qiluvchi biz, imtiyozli guruhlarga, shaharlarda yugur-yugur, dabdaba, olijanob quruq gaplar bilan ovunib yurish imkonini bergani, ammo taqdir hamma narsadan mahrum qilgan juda katta ko‘pchilikning yarasiga malham qo‘yishda tamoman kuchsiz bo‘lgani uchun madaniyatimiz aybdormi? Bilmadim. Ammo o‘shal daqiqada bu tuyg‘u va fikrlar seli meni shiddat bilan shunday bosgan ediki, men uning oqimidan qutulolmas edim, achchiqlangan qalbim yovuzlikni sharhlashni, tushuntirib berishni qat’iyan talab qilar edi va men hammasini ijtimoiy tuzumda, bizning qarshimizda qad ko‘targan Buyuk Yolg‘onda ko‘rar edim... Va men ongsiz ravishda jahoniy haqiqat, umumbashariy ma’murlik, baxt-saodatni orzu qilgan xayolparast tolstoychilar, muruvvatli tush sohiblari va boshqa qoyilmaqom xom xayol kishilar guruhiga nazar tashladim.
O‘z-o‘zimga tinmay savol berardim: bu baxti qaro qishloqi bugun kimga yalinadi, kimga, bolamni asrab ol, deydi? Bu katta, uning uchun begona shaharda qayoqqa bosh uradi? Kim o‘ziga qabul qiladi bu bola bechorani, agar bugun o‘lmay qolsa, kim boqib oladi, o‘lay deb turgan yetimcha uchun biron mehrli ona yuragini topolmasa, bir iliq beshik, bu sovuqda qotib qolgan qoshi qoshiqdakkina gavdachaga hayot haroratini oqizishga tayyor bir ko‘krakni topolmasa, kampir sho‘rlik nima qiladi? Bola uchun na boshpana, na mehr-shafqat topolmaganidan keyin — gap bizning jamiyatimiz haqida borayotgani uchun shunday hol yuz berishiga shubha qilmasa ham bo‘ladi — bir oyog‘i yerda, bir oyog‘i go‘rda turgan bu qari kampir unga qanday qarasin, uni qanday ulg‘aytirsin? Butunlay zoe ketadigan urinishlar kabi, hech hal qilib bo‘lmaydigan muammolar ham bo‘ladi. Bunday muammolar qarshisida mardlik va jasorat ham o‘rnini butunlay kuchsizlikka bo‘shatib berar, inson taqdirning achchiq qarori oldida qo‘li hech qanday ishga bormay qolar ekan. Haqiqiy hayotning mash’um sharpasini ko‘rmaslik uchuen undan o‘zini olib qochar, uni o‘zini ko‘rmaslikka olar ekan.
Kampir mendan taxminan yarim kilometrcha uzoqqa ketib o‘lgo‘rgan edi, men bo‘lsam damba-dam orqamga o‘girilib, oppoq laylak qor to‘rlari orasida uning tez-tez ketayotgan shaklchasini ko‘rardim. Keyin birdan orqaga qaytdim: unga yetib olish kerak! Nimaga? Nimagaligini o‘zim bilmasdim, lekin nimadir qilishim, unga yordam berishim kerakligini, bolaning taqdiri to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishim, hech bo‘lmaganda shu sovuq kechada biron yerga joylashtirishim kerakligini, bolaning taqdiri to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishim, hech bo‘lmaganda shu sovuq kechada biron yerga joylashtirishim kerakligini sezdim. Mening shaxsiy shart-sharoitlarim yaqin kishim, birodarim uchun chinakamiga o‘z manfaatlarimdan kechib, fidoyilik qilish burchini ado etishga hech qanaqasiga yo‘l bermas edi. Balki, bu bir bahonadir... Inson o‘zining toshbag‘irligini odob-ahloqning istagan bir niqobi ostiga yashirishga moyil bo‘ladi. Ammo u o‘zining ichidagi hakam, ilohiy Qozi — Vijdonni alday oladimi? Aslo. U faqat vijdon azobining shiddatini biroz pasaytirishi, ozgina tizginlashi mumkin... Bu holis qozi ham o‘zaro kelishuvga, murosaga moyilroq bo‘ladi. Men ham o‘zimcha bir murosaga keldim: kampir bugun kechasi boshpana va ozgina sut topib, bolani to‘yg‘azishi uchun hozir unga bir qadar pul beraman, ertalab esa u yoq, bu yoqdan kerakli ma’lumotlar qidiraman, hech bo‘lmasa bir kun yashab turishiga imkon topaman, shu tariqa uni muqarrar o‘limdan saqlab qolaman.
Ko‘nglimda shunday cheksiz rejalar bilan kampirning izidan yugurdim. Qor kuchaygandan kuchayib borar, men endi uning sharpasini arang farqlar edim. U shlagbaum oldida to‘xtadi; bildimki, u qorovul bilan gaplashyapti. U ushlanib qolgan vaqt bizni ayirib turgan masofani ikki baravar qisqartirishga yordam berdi. Shamol qor uchqunlarini uchirar, gohida ularni burqiratib tikka ko‘tarardi. Temiryo‘l ko‘tarmasiga yetib, shlagbaumdan o‘tganimda kampirning katta yo‘ldan o‘ngga burilganini va so‘qmoq bo‘ylab shoshgancha o‘rmon yalangligiga yo‘nalganini ko‘rdim. Bu yetmish yashar kampir qandaydir serharakat qizaloqday qiynalmay yugurardi! Men uni qichqirib to‘xtatmomoqchi bo‘ldim, ammo kuchli shamol ovozimning sadolarini yon tomonga surib ketardi. Nihoyat u ko‘hna turk istehkomining chap tomonidagi Konyuvitsaga yetdi va Knyajevsk daryosi bo‘yiga tushdi. Ikki=uch daqiqada men bu daryo ko‘prigida edim. Har yoqqa olazarak bo‘lganimdan foyda chiqmadi. Kampir eski bir mahallaning tor ko‘chalarida g‘oyib bo‘lgan edi. Mening qidirish va tentirashlarimdan bir natija chiqmadi: men uning izini va yaxshilik qilib quvonish imkonini butunlay yo‘qotdim. Shamol, qattiq jazavasi tutib qorbo‘ronga aylangan, shiddatli tezlik bilan hufton qorong‘isida qor bulutlarini u yoqdan bu yoqqa quvar, eshik va derazalarni taqillatar, shu asno mening nazarimda g‘azabi oshib ketgan tabiiy kuchlarning qo‘rqinchli guvillashlari ichida sovuq izg‘iriqdan qotib qolgan va ochlikdan o‘layotgan qoshiqdakkina bolachaning zorlangan va qiynalib ketgan yig‘isi eshitilayotganday bo‘lardi...
Men Avliyo Kral yonidan o‘tayotganimda, ezilib, nomusdan adoyi tamom bo‘lib, beixtiyor cherkovga kirdim va uzoq-uzoq ibodat qildim...
Ruschadan Miraziz A’zam tarjimasi