Jan Fujer (Jean Fougère, 1914 -11.03.2005) — hikoya va essenavis Fransuz adibi. Ilk romani «Flo» 1939 yili bosilgan. Fransuz adiblari jamiyati vitse-prezidenti (1958-1960), «Le Figaro» gazetasi sharhlovchisi sifatida faoliyat yuritgan. 1968 yili Fransuz adiblari jamiyati mukofotiga sazovor bo‘lgan. Uning «G‘aroyibotlar bog‘i», «Kichkina janob», «Yangi sigir» kabi asarlari nashr etilgan.