Kotib Yosin (1929-1989), jazoirlik yozuvchi. Fransuz tilida ijod qilgan. Ramziy-impressionistik yo‘nalishdagi «Nejma» romani (1956; shu nomdagi doston, 1948), «Yovvoyi» tragediyasi (1962), «Qatag‘on halqasi» dramatik tetralogiyasi (1954—1959) orqali milliy ozodlik harakatini kuylagan. «Muhammad, chamadoningni ko‘tar» pesasi (1971) muhojirlar taqdiri haqida.