Jahon madaniyati, san’ati va ilm-fani tarixida Leonardo da Vinchi (1452 – 1519) nafaqat Uyg‘onish davrining buyuk rassomi, haykaltaroshi, me’mori, balki iste’dodli ixtirochi muhandis, matematik, anatom sifatida ham yorqin iz qoldirgan.
Undan o‘z hayoti davomida bitilgan 7 ming sahifaga yaqin xotira daftari qolgan. Uning qo‘lyozmalari orasida uchish apparatlari, parashyut, suv osti kemasi, avtomat to‘quv stanogi kabi ajoyib narsalarning loyihalarini topdilar. Bir necha yuz yillardan so‘ng bularning barchasi qaytadan ixtiro etildi. Samolyot paydo bo‘lmasdan yuz yillar avval Leonardo da Vinchi qushni eslatuvchi uchish apparatini yaratdi.