Irlandiyalik yozuvchi Liam O’Flaerti 1896-yil 28-avgustda Irlandiyaning Inishmor grafligida tug’ilgan. U o’z asarlarida naturalizm, psixologik tahlil va o’tkir satirani birlashtirib, irland xalqiga bo’lgan munosabatini ifodalagan. Uning “Qo’shningning xotini” (The Neighbour's Wife) (1923), “Chaqimchi” (The Informer) (1925; 1935-yilda film ishlangan), Skerrett (1932), “Ochlik” (Famine) (1937) va “Qo’zg’olon” (Insurrection) (1950) kabi romanlari jahon adabiyotida o’z o’rniga ega. U 1984-yil, 7-avgustda Irlandiya poytaxti Dublin shahrida vafot etgan.