Lyuis Kerroll (Lewis Carroll, haqiqiy ismi Charlz Lyutvij Dojson, Charles Lutwidge Dodgson; 1832—1898) — ingliz yozuvchisi, matematik, mantiqshunos, faylasuf va fotograf.
Lyuis Kerroll 1832 yilning 27 yanvarida Cheshir grafligida ruhoniy oilasida tug‘ildi. 1851 yili Oksfordga ko‘chib, Oksford universiteti qoshidagi Christ Church kollejiga kirdi.
Kollejda o‘qib yurgan kezlari ijodni boshlagan Lyuis Kerroll kichik hikoyalar va she’rlar yozib turli nashrlarda chop ettirdi.
Uning — «Alisa mo‘‘jizalar mamlakatida» (1864), «Alisa oyna ortida» asarlari hamda «Snarkni ovlash» hajviy dostoni, «Brunoning qasosi» (1867), «Evklid» (1881), «Mantiqiy o‘yin» (1887), «Silvi va Bruno» (1889), «Timsoliy mantiq» (1890) kitoblari mashhurdir.
U 1898 yil 14 yanvarda Surrey grafligida vafot etdi.
Lyuis Kerrolning «Alisa mo‘‘jizalar mamlakatida» asari 1951, 1972, 1981, 1982, 1986, 1999 yillari ekranlashtirilgan.