OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Mixail Sholoxov. Xol (hikoya)

Stolda kuygan o‘q-dori anqib turgan patron gilzasi, qo‘y so‘ngagi, dala xaritasi, ma’lumot, ot terining isi urib qolgan naqshdor yugan, bir bo‘lak non. Bularning hammasi stolda, devorning zaxidan moQor bosgan, chopilgan xarrakda yelkasini deraza raxiga tiragancha eskadron komandiri Nikolay Koshevoy o‘tiribdi. Uyushgan, karaxt barmoqlariga qalam tutgan. Stolda yozib qo‘yilgan allaqachongi plakatlar yonida — chala to‘ldirilgan anketa. Dag‘al qog‘ozga qisqagina so‘zlar yozilgan: Koshevoy Nikolay. Eskadron komandiri. Ekinchi. RKSM a’zosi.
“Yoshi” degan katakka eran-qaran qilib 18 deb yozilgan.
Nikolka yoshiga qaraganda yaQrindor ko‘rinadi. Atrofini ajin qoplagan ko‘zlari va chollarga xos bukchaygan yelkasi uni keksanamo ko‘rsatardi.
— Yosh bola-ya, bolakay, ko‘k qo‘Qaning o‘zi, — deyishadi hazillashib eskadrondagilar, — ammo deyarli talofat ko‘rmasdan ikkita bosmachi to‘dasini tugata oladigan, eskadronni yarim yil mobaynida har qanday keksa komandirdan qolishmasdan janglaru olishuvlarga boshlab boradigan boshqa bir odamni topib ko‘r-chi!
Nikolka o‘n sakkiz yoshdaligidan iymanadi. O’amisha “yoshi” degan yoqimsiz katak qarshisiga kelganda qalamining yurishi sekinlashib, imillab qoladi, Nikolkaning yonoqlari o‘kinchdan qizg‘ish tortadi. Nikolkaning otasi kazak, otasiga ko‘ra u ham kazak. Besh-olti yoshlarida otasi uni harbiy otiga mindirganini xuddi aloq-chaloq tushday eslaydi.
— Yolidan ushla o‘g‘lim! — deb qichqirardi otasi, onasi esa oshxona eshigidan Nikolkaga jilmayib turar, otning do‘ng sirtiga qapishgan jajji oyoqlariga va yugan tutgan otasiga tikilar edi.
Bu allaqachonlar bo‘lgan. Nikolkaning otasi german urushida, xuddi suv yutgandek, bedarak ketdi. Nikolkadan otasiga otga ishqibozlik, behad dovyuraklik, chap oyog‘ining yuqorisida xuddi otasidagiga o‘xshash kaptar tuxumidek xol meros qoldi. O’n besh yoshigacha xizmatkorlikda sargardon kezdi, keyin esa uzun shinel so‘rab olib, stanitsadan o‘tayotgan qizil polk bilan birga Vrangelga qarshi kurashga jo‘nadi. Shu bu yil yozda Nikolka Donda harbiy komissar bilan cho‘milayotgan edi. Komissar Nikolkaning bukchaygan, quyoshdan qoraygan yelkasiga qoqa-qoqa, kontuziyalangan boshini qiyshaytirgancha duduqlanib shunday dedi:
— Sen haligi... haligi... Sen baxt... baxtli ekansan! O’a, baxtli ekansan! Xol — baxtning nishonasi emish.
Nikolka sadaf tishlarini ko‘rsatib tirjaydi-da, suvga sho‘nQidi. Suvdan turib pishqirgan ko‘yi:
— Bekor aytibsan, dovdir! — deb qichqirdi. — Go‘daklikda yetim, umrim bo‘yi xizmatkorlikdan qaddimni rostlamagan bo‘lsamu bu kishi baxtlisan deb o‘tirsa!
Shunday dediyu Donni quchib turgan sariq qumloq tomon suzib ketdi.
 
2

Nikolka istiqomat qilayotgan uy Don ustidagi uchirim yoqasida joylashgan. Derazalaridan yam-yashil, yoyiq Don bo‘ylari, qoramtir suv ko‘rinib turadi. Bo‘ron esgan kechalari uchirim tagida to‘lqinlar shaloplaydi, darchalar entikkandek hasrat chekadi, Nikolkaning nazarida suv pol tirqishlaridan o‘g‘rincha sizib kirayotgandek, to‘liqib, uyni silkitayotgandek tuyuladi.
U boshqa kvartiraga ko‘chmoqchi ediyu, niyatini amalga oshirmay, kuzgacha shu yerda qoladigan bo‘ldi. Ayozli tongda mo‘rt sukunatni nag‘alband etigining jaranggi bilan chil-chil sindirgancha Nikolka bo‘sag‘aga chiqib keldi. Olchazor bog‘chaga tushdi-da, shabnamdan giryonzada, oqarinqiragan o‘langa yostandi. Og‘ildan uy bekasining sigirni tek turishga undayotgani, yo‘g‘on ovozli buzoqning qistov bilan mo‘ngrayotgani, tizillab tushayotgan sutning paqir chetiga jaranglab urilayotgani eshitilar edi.
O’ovlida yon eshik g‘ijirladi, it akilladi. Vzvod komandirining:
— Komandir uydami? — degan ovozi eshitildi.
Nikolka tirsaklariga tayangancha qaddini ko‘tardi.
— Men buyoqdaman! Xo‘sh, yana nima bo‘ldi?
Stanitsadan chopar keldi. Aytishicha, Sal okrugidan bosqinchilar kirib kelganmish, Grushinskiy sovxozini bosganmish.
— Boshlab kel uni buyoqqa.
Chopar qora terga botgan otini otxonaga yetakladi. Ot hovlining o‘rtasida oldingi oyoqlari bilan munkib tushdi, keyin yonboshiga quladi-da, o‘qtin-o‘qtin, kalta-kalta xirillaganicha, nafasi tiqilib, darg‘azab vovullayotgan zanjirband itga so‘nayotgan ko‘zlari bilan tikilgan ko‘yi o‘lib qoldi. Chunki chopar olib kelgan paketda uchta xoch belgisi bor edi, chopar uni qirq chaqirim yo‘ldan otga dam bermay olib kelgan edi.
Nikolka raisning undan, eskadron bilan madad bergani yetib kel, deb iltimos qilganini o‘qigach, mehmonxonaga kirib qilichini taqarkan, tinkasi qurib o‘yladi: ”Biror yoqqa o‘qishga ketsam bo‘lardi, buyoqda esa banda... Harbiy komissar izza qiladi, birorta so‘zingni to‘g‘ri yozolmaysan, axir eskadron komandiri bo‘lsang deb... Uning ustiga banda bosganini ayt... Yana qon to‘kiladi, bunaqa turmush tinka-madorimni quritdi... Hammasi me’damga tegdi...”
Yo‘l-yo‘lakay karabinini o‘qlagancha bo‘sag‘aga chiqdi. Xayoli tep- tekis, katta ko‘chalarda chopib ketayotgan otlardek uchqur edi, shularni o‘ylardi: “Shaharga ketsam bo‘lardi... O’qisam bo‘lardi...”
O’lib qolgan ot yonidan otxona tomon o‘tib borarkan, uning chang bosgan burun kataklaridan sizib chiqib, qora tasmadek chizilgan qonni ko‘rib, yuzini ters o‘girdi.
 
3

O’nqir-cho‘nqir yozlik yo‘l bo‘ylab, shamol yalagan arava izlari bo‘ylab gajimdor, bo‘zrang bargizub, qalin hurpaygan sho‘ra va taxoj tarvaqaylab yotibdi. Bu — bir vaqtlar xirmonjoylarga pichan tashib borilgan o‘sha yozlik yo‘l, g‘aramlar dasht bo‘ylab qahrabo qatralaridek sochilib yotibdi, serqatnov yo‘l esa telegraf simyog‘ochlari tagidagi do‘nglik uzra yostangan. Simyog‘och soya jarlar orqali kuzning xira tortgan oqish bag‘ri tomon shitob intiladi, simyoQochlar yonidan o‘tgan yaltiroq yo‘l bo‘ylab esa ataman ellik chog‘li sovet hokimiyatidan norozi Don va Kuban kazaklaridan iborat bosqinchilar to‘dasini boshlab ketmoqda. Ular xuddi qo‘y suruviga darigan bo‘ridek uch kecha- kunduzdan buyon yo‘l bo‘ylab yoki yo‘lsiz qo‘riq osha qochib bormoqda, orqadan esa ularni qoralagancha Nikolka Koshevoyning otryadi kelmoqda.
Bandadagilar ko‘pni ko‘rgan, pixini yorgan harbiylardan bo‘lsalar-da, har qalay ataman og‘ir o‘yga botadi, uzangiga oyoq tiraganchi dashtni ko‘zlari bilan paypaslaydi, Donning narigi tomoniga cho‘zilib ketgan o‘rmonning moviy hoshiyasigacha nechchi chiqirimligini chamalaydi.
Ular shu tariqa bo‘ridek qochishadi, Nikolka Koshevoyning eskadroni esa ularning izidan quvadi.
Yozning ochiq-yorug‘ kunlari, shaffof osmon ostidagi Don dashtlarida qalin bug‘doy boshoqlari kumushdek jaranglab tebranadi. O’rim oldida sarhil-sara bug‘doy boshog‘ining murti o‘n yetti yashar yigitchaning mo‘ylovidek qora tortgan, javdar esa odam bo‘yi o‘sgan bo‘ladi.
Sersoqol dehqonlar daraxtzorlar yaqinidagi qumloq tepalardagi qumoq paykallarga javdar ekadilar. U yaxshi bitmaydi, qadim-qadimdan bir desyatinadan o‘ttiz chorakka yetar-etmas hosil beradi, javdarni shuning uchun ekishadiki, undan qiz bolaning ko‘z yoshidek tiniq samogon tortishadi: negaki azro‘yi azaldan shu taomil bor, boboyu bobokalonlar ham ichib kelishgan. Don oblasti kazaklari qo‘shinining tug‘rosida aroqli bochka ustida yalong‘och o‘tirgan mast kazak tasviri aks ettirilganligi, chamasi bejiz bo‘lmasa kerak. Xutorlaru stanitsalar kuz kunlari quyuq va o‘tkir xamr bo‘lib gupiradi, qizQish tol chetanlar uzra tepasi qizil papoqlar mastona chayqaladi.
Ana shunga ko‘ra ataman ham biror kun hushyor bo‘lmaydi, shu sababdan barcha aravakashlaru pulemyotchilar ressorli tachankalarda kayfdan qayshayishib o‘tiradilar.
Ataman qadrdon qo‘ralarini yetti yil mobaynida ko‘rmadi. German asirligi, keyin Vrangel, quyosh tig‘idan erib turgan Istambul, tikan simli lager, mumlangan, sho‘r qanotli turk felyugasi, Kubaning popiltiriqli qamishzorlari va nihoyat — banda.
Agar yelkasi osha orqasiga o‘girilib qarasa — atamanning kechirgan turmushi ana shu. Atamanning yuragi jazirama yoz kunlari dashtdagi chalchiqlar bo‘yida ho‘kizlarning ayri tuyoqlaridan tushgan izlar qotganidek tosh qotdi. Tushunib bo‘lmaydigan g‘alati bir alam ichini kemiradi, mushaklarini o‘qchiqdan tirishtiradi, ataman payqab turadiki, uni unuta olmaydi, bu dardga hech qanday samogon bilan bas kela olmaydi. Shuning uchun hushyor tortmay kuniga ichadiki, Don dashtlaridagi tashna bag‘ri quyosh ostida ag‘darilib yotgan g‘alla xushbo‘y va totli gullamoqda, qoramag‘iz yuzli jalmerkalar xutorlaru stanitsalarda shunday samogon tortmoqdalarki, sharqirab turgan chashma suvidan ajratib bo‘lmaydi.
 
4

 Tongotarda dastlabki ayoz boshlandi. Nilufarning serbar yaproqlariga nuqra tuklar sochildi, kichkina tegirmon toshida esa ertalab Lukich slyudaga o‘xshagan rang-barang, yupqa-yupqa muz parchalarini ko‘rdi.
Ertalabdanoq Lukichning tobi qochib qoldi: beliga sanchiq kirdi, simillagan oyoqlari oQirlashib yerdan uza olmasdi. Eti so‘ngaklaridan ajralib ketayotgandek bema’ni gavdasini arang ko‘targancha tegirmon bo‘ylab oyoqlarini surgab bosardi. Tariq juvozdan bir gala sichqon lip etib chiqqancha urib ketdi; yoshlangan nam ko‘zlari bilan yuqoriga tikildi: shift tagidagi qo‘ndoqdan turib kaptar ishchanlak bilan jadal bidir-bidirlagancha xonish qilmoqda edi. Bobo bamisoli qumoq tuproqdan yasalgandek burun kataklari bilan moQor bosgan talx suv isini, javdar uni hidini dimoQiga tortdi, suvning xunuk yutoqqancha ustunlarni yalab-yulqayotganini, tinglab turdi-da, paxmoq soqolini Qijimlab o‘yga toldi.
 
Bobo asalari kuvalari turgan joyda dam olish uchun yostandi. Po‘stinini ustiga qiyQoch tashlagancha uyquga ketdi, oQzi nimochiq, uvizidan sizgan iliq, yopishqoq so‘lagi soqoliga ilashgan. Oqshom qoronQusi boboning uyini bus-butun chulQab oldi, tegirmon sutrang tuman uvadalari orasida qoldi...
UyQonganida o‘rmondan ikki otliq chiqib kelmoqda edi. Ulardan biri asalari kuvalari orasida yurgan boboga qichqirdi:
— Buyoqqa kel, bobo!
Lukich shubhalanib qaragancha turib qoldi. U notinch yillar orasida yem bilan unni so‘ramay-netmay tortib oladigan mana bunday qurama odamlarni juda ko‘p uchratgan, ularning hammasini bab-barobar, yoppasiga qattiq yomon ko‘rar edi.
— Tezroq yursang-chi, galvars chol!
Lukich o‘yib yasalgan kuvalar orasidan o‘tib bordi, tusi ketgan lablarini ohista qimirlatganicha, sassiz chapillatdi, mehmonlarga qiyQos qaragancha beriroqda turib qoldi.
— Biz qizillardanmiz, bobojon... sen bizdan qo‘rqma, — dedi xirqirab ataman beozorgina. — Biz bandani quvib yuribmiz, o‘zimiznikilardan qolib ketdik... Balki, ko‘rgandirsan, kecha shu yerdan otryad o‘tgan edi?
— Allaqanday odamlar o‘tgan edi.
— Ular qayoqqa qarab ketishdi, bobo?
— Kim bilsin jin urganlarni!
— Tegirmoningda ulardan bitta-yarimtasi qolmaganmidi?
— Yo‘q, — dedi Lukich qisqagina va orqasiga o‘girildi.
— Shoshma, qariya, — ataman egardan sakrab tushdi, mastligidan maymoq oyoqlarida turolmay qalqib ketdi, oQzidan samogon hidi burqigancha shunday dedi, — biz komunistlarni yo‘qotamiz, bobo... O’a shunday... Bizning kimligimizning senga hech bir dahli yo‘q! — Qoqilib ketib, yuganini qo‘lidan tushirib yubordi. — Senga dahldor joyi shuki, yetmish otga yem tayorlab berasan, uningni chiqarmaysan... O’ozirning o‘zida!.. Tushundingmi? o‘allang qaerda? 
— Yo‘q, — dedi Lukich atrofiga alanglaganicha.
— Bu omborda nima bor?
— Balo-battar, lash-lush... o‘alla yo‘q!
— Qani, yur-chi!
Cholning yoqasidan tutdi-da, qiyshayib yerga qapishib yotgan ombor tomonga tizzasi bilan sudragancha olib ketdi. Eshikni lang ochdi. Xaltalarda bug‘doy bilan taxojli arpa bor edi.
— Bu g‘alla bo‘lmay nima, qari ablah?
— o‘alla, valine’matim... Bular supurundi... Men bularni bir yil mobaynida bittalab yiqqan bo‘lsam-u... sen otlarga yedirib uvol qilmoqchisan...
— Nima, bizning otlarimiz ochidan tirishib o‘lsinmi? Xo‘sh, bu nima qilganing — qizillarning tarafini olayotibsanmi, o‘zingga o‘lim tilayotibsanmi?
— Rahming kelsin, mehribonginam? Senga nima gunoh qildim? — Lukich boshidan shapkasini yulqib oldi-da, shartta tiz cho‘kib, atamanning serjun qo‘liga yopishgancha o‘pa ketdi...
— Ayt: qizillarni yoqtirasanmi?
— Kechir, jafokashginam!.. Behuda gapirgan bo‘lsam, aybimdan o‘t. Voy, kechir, qiynama meni, — deb o‘krardi chol, atamanning oyoqlarini quchgancha.
— Qizillarga tarafdormasligingga qasam ich... Cho‘qinma, tuproq oshala!
Bobo kaftlaridagi tuproqqa yosh to‘kkancha, tish-og‘zida aylantirib kavshandi.
— Xo‘sh, endi ishondim. O’rningdan tur, qariya!
Ataman oyoqlari uvishib qolgan cholning turolmayotganini ko‘rib kuldi. Yetib kelgan otliqlar xompalardan arpa bilan bug‘doyni tashib chiqib, otlarning oyoqlari ostiga sepdilar, oltinrang donlarni hovli yuziga to‘kib-sochdilar.
 
5

Tuman, namxush qorong‘ilik qo‘ynidagi tong.
Lukich soqchining oldidan o‘tib, yo‘ldan emas, o‘rmondagi o‘zigagina ma’lum bo‘lgan so‘qmoqdan pildiragancha, jarliklar osha, tong oldidagi tetik mudroqlikda sergaklangan o‘rmon osha xutor tomon jo‘nadi.
Yeltegirmonga yetib borib, Qovli yo‘ldan tor ko‘chaga burilmoqchi edi, ko‘z o‘ngida daf’atan otliqlarning g‘ira-shira sharpasi paydo bo‘ldi.
— Kim u kelayotgan? — degan tashvishli xitob eshitildi jimjitlik qo‘ynida.
— Menman... — Lukich chaynalib, o‘zi esa bus-butun bo‘shashib, a’zoyi-badani titray boshladi.
— Kimsan o‘zing? Nima, propuskang bormi? Nima qilib izQib yuribsan?
— Tegirmonchiman... shu yerda suv tegirmonda ishlayman. Xutorga zarur ish bilan ketayotgan edim.
— Qanaqa zarur ish ekan u? Qani, komandirning oldiga yur-chi! Oldinga tush! — deb qichqirdi bittasi ot bilan bostirib kelarkan.
Otning buQli lablari bo‘yniga tegayotganini sezgan Lukich oqsoqlagancha xutor tomon yo‘l oldi.
Maydondagi cherepitsa yopilgan uy oldida to‘xtadilar. Kuzatuvchi inqillagancha egardan tushdi-da, qilichini shaloplatgan ko‘yi bo‘saQaga ko‘tarildi.
— Orqamdan yur!..
Derazalardan chiroq yoruQi ko‘rinib turibdi. Kirib borishdi.
Lukich tamaki tutunidan aksirib yubordi, shosha-pisha shapkasini oldi-da, to‘rdagi burchakka qarab cho‘qindi.
— Mana bu cholni ushlab keldik. Xutorga ketayotgan ekan.
Nikolka paru pat yopishgan paxmoq boshini stoldan ko‘tarib, uyqusiragancha, ammo jiddiy so‘radi:
— Qayoqqa ketayotgan eding?
Lukich oldinga bir qadam tashlab, shodligidan qalqib ketdi.
— Jonginam, o‘zimizniki ekansizlar, men bo‘lsam, yana o‘sha g‘addorlar, deb o‘ylabman... O’takam yorilganidan so‘rashga ham botinolmabman... Men tegirmonchiman. Mitroxaning o‘rmonidan o‘tayotganlaringda menikiga tushgan edinglar, men senga sut quyib bergan edim, qo‘ziginam... Yo esingdan chiqdimi?
— Xo‘sh, nima demoqchisan?
— Aytadigan gapim shuki, o‘rgilay: kecha qorong‘i tushishi bilan menikiga o‘sha bandadagilar bostirib kelishdi, bor don-dunimni otlariga pok-pokiza yedirib yuborishdi!.. Meni xo‘rlashdi... Kattasi: joningdan umiding bo‘lsa, oldimizda qasam ich, dedi, tuproq oshalattirdi.
— Ular hozir qaerda?
O’sha yerda-da. Bir talay araq olib kelishgan ekan, shimirishyapti iblislar. Mening mehmonxonamda, men siz shafqat panohimga xabar bergani yugurib keldim, hech bo‘lmasa siz ularning ta’zirini berib qo‘yarsiz.
— Ayt, otni egarlashsin! — deya boboga jilmaygancha xarrakdan sapchib turdi Nikolka va horg‘inlik bilan shinelining yengini tortdi.
 
6

 Tong otib boryapti.
Uyqusiz kechalarda zahil torgan Nikolka pulemyotli dvukolka tomon chopib keldi.
— Atakaga kirishishimiz bilan o‘ng qanotiga qarab shiQillat. Biz ularning qanotini sindirishimiz kerak!
Shunday dedi-da, yoyilib borayotgan eskadron tomon ot qo‘ydi.
Yo‘ldagi bir to‘p majmaQil dublardan o‘tgach otliqlar ko‘rindi — ular to‘rtta-to‘rttadan saf tortishgan, oraliqlarida tachankalar ketmoqda edi.
— Yeldiringlar! — deb qichqirdi Nikolka va orqasidan tuyoqlarning kuchayganini sezib, ayQiriga qamchi bosdi.
Dahanada jonholatda pulemyot tarilladi, boyagi, yo‘ldagilar xuddi mashq vaqtlaridagidek darhol halqa bo‘lib yoyilishdi.

* * *

Ayqash-uyqash yog‘ochlar orasidan tepalikka to‘ng‘iztaroq yopishgan bo‘ri yugurib chiqdi. Boshini oldinga cho‘zgancha g‘ingshidi. Yaqin orada tars-turs o‘qlar otilmoqda, turli ohangda uvillagan tovushlar payvast tebranib yangramoqda edi.
“Taq!” etib qayrag‘ochzorga kelib tushardi o‘q tovushi, tepalikning naryog‘idagi qaerdadir, shudgordan narida payvast bidirlagan aks-sado eshitiladi: “tuq!” 
Yana o‘qtin-o‘qtin taq-tuq-taq! Tepalik orqasidan javob kelardi: tuq-tuq-tuq!
Bo‘ri turdi-turdi-da, eran-qaran, lapanglagancha jarlikdagi sarQayib qolgan, o‘rib olinmagan qo‘g‘azorga qarab yo‘naldi... 
— Bo‘shashma!.. Tachankalarni tashlamanglar!.. Chakalakka... Chakalakka, deyman onangni emgurlar! — deb qichqirardi ataman, uzangiga oyoq tirab turgancha.
Tachankalar atrofida esa hovliqib qolgan aravakashlar bilan pulemyotchilar yon qayishlarini kesmoqda, pulemyotdan uzluksiz o‘t ochilayotgani tufayli uzilib ketgan halqadagilar tiraqaylab qochishga kirishgan edilar.
Ataman otini burdi, unga tomon qanot yozgandek, qilichini o‘ynatib bir kishi ot choptirib kelmoqda edi. Ko‘kragidan chayqalayotgan durbinidan, burkasidan ataman ot choptirib kelayotgan oddiy qizil askar emasligin payqadi-da, tizginni tortdi. Uzoqdan yosh yigitning Qazabdan burishgan muylabsiz yuzini, shamoldan yumilayotgan ko‘zlarini ko‘rdi. Atamanning tagidagi ot orqa oyoqlariga cho‘kkudek bo‘lib o‘ynoqlardi, o‘zi esa kamariga ilinib qolgan mauzerini yulqilab tortarkan, shunday deb qichqirdi;
— Itvachcha go‘dak!... O’ynataver, o‘ynataver, o‘ynatishni mendan ko‘rasan hali!...
Ataman yaqinlashib kelayotgan qora burkaga qarab o‘q uzdi. Ot sakkiz sajencha chopib kelib, qulab tushdi, burkasini irg‘itib tashlagan Nikolka esa o‘q uza-uza, yugurgancha ataman tomon tobora yaqinlashib kelmoqda edi...
Chakalakning orqasidan kimdir vahshiyona chinqirib yubordi-da, ovozi o‘chib qoldi. Quyosh yuzini bulut bosdi, dashtga, yo‘lga kuz va shamollar dastidan yalanQochlangan o‘rmonga suzib boruvchi soyalar to‘shaldi.
“Nodon, go‘dak, hovliqma, shuning uchun ham bu yerda ajalga duchor bo‘ladi”, deb o‘ylardi ataman, shoshqinlik bilan, nihoyat yigitning oboymasidagi o‘qlari tamom bo‘lgach, tizginini bo‘shatdi-da, kalxat bo‘lib otildi. 
Egardan og‘gancha qilichini siltadi, zarbdan yigitning gavdasi shilq etib bo‘shashganini bir lahza his etdi, keyin jasad sirQalgancha yerga asta qulab tushdi. Ataman sakrab tushib marhumning durbinini yulqib oldi, uning uvishib titrayotgan oyoqlariga qaradi, atrofiga alangladi-da, o‘likning xrom etigini yechib olish uchun cho‘nqayib o‘tirdi. Qirsillayotgan tizzasiga oyog‘ini tiragancha etikning bir poyini chaqqonlik bilan yechib oldi. Ikkinchisining ichida paypoq yiQilib qolganmi, yechilmasdi. o‘azabi oshib so‘kingancha etikni paypoQi bilan qo‘sha suQurib oldi-da, oyog‘ining to‘piqdan yuqorirog‘idagi kaptar tuxumidek keladigan xolga ko‘zi tushdi. Yigitni uyQotib yuborishdan qo‘rqayotgandek uning sovib kelayotgan boshini asta-sekin yuzini yuqoriga qilgancha o‘nglab qo‘ydi, qo‘li og‘zidan laxta-laxta bo‘lib chiqayotgan qonga belandi, tikilib qaradi-da, shundan keyingina uning o‘xshovsizroq yelkalarini noqulay quchgancha, bo‘g‘iq ovoz bilan shunday dedi:
— O’g‘lim!.. Nikolushka!.. Jonim!.. Jigarbandim...
Unniqib borarkan, qichqirdi:
— Aqalli bir og‘iz so‘z aytsang-chi! Nima bo‘ldi o‘zi-ya?
So‘nayotgan ko‘zlariga qaragancha o‘zini yerga tashladi; qon quyilgan qovoqlarini ochib qararkan, ixtiyorsiz, majolsiz jasadini silkitardi... Nikolka esa benihoya zo‘r va muhim narsasi haqida so‘zlab yuborishdan qo‘rqayotgandek mo‘mataloq tilining uchini g‘archcha tishlab olgan edi. 
Ataman o‘g‘lining sovub borayotgan qo‘llarini bag‘riga bosib o‘pdi-da, ter ingan mauzerining po‘lat milini tishlari bilan tishlab, og‘ziga o‘q uzdi...
 
* * *

Kechqurun chakalakning naryog‘ida otliqlar ko‘rinib, shamol g‘ala-g‘ovur tovushlarni, otlarning pishqirishlari va uzangilarining jaranglashini olib kelarkan, atamanning boshidan o‘limtikxo‘r kalxat istar-istamas uchib ketdi. Uchib ketdi-da, kuzning xira, bo‘zraygan osmonida g‘oyib bo‘ldi. 
 

Vahob RO’ZIMATOV tarjimasi

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.