OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Rabindranat Tagor. Hukm (hikoya)

I

Aka-uka Dukxiram bilan Chxidam erta saharlab belkuraklarini olib ishga ketgan hamon, xotinlari orasida qattiq janjal, mojaro boshlanardi. Ammo qo'shinlari bunga shunday ko'nikib qolishganki, bu janjallarni ko'chadagi oddiy tovushlarday parvosiz eshitaveradilar.
Xotinlarning chinqirganini eshitib, ular bir-birlariga:
— Mana, tag'in boshlandi! — deb qo'yardilar, xolos.
Buning ma'nosi shuki, xuddi ular kutgan narsa ro'y berdi, bu kun ham boshqa kunlardan sira farq qilmaydi.
Sharq tarafdan quyosh chiqishining sababini hech kim so'ramagandek, bu ovsinlar orasidagi nizoning sababini bilishga ham hech kim qiziqsinmasdi. Tabiiyki, bunchalik janjal va g'avg'olar qo'shnilardan ham ko'ra bu ayollarning erlariga ko'proq ta'sir qilishi kerak edi, lekin bu ularni ham u qadar bezovta qihnaydi. Ular hayotning uzoq yo'lida bir aravada ketib borishar, yog'lanmagan g'ildiraklardan chiqqan to'xtovsiz g'ijirlashlar esa ularga hayot charxining tabiiy ovozi bo'lib eshitilardi. Aksincha, agar uydan baqirgan ovoz chiqib tinchlikni buzmasa, oqibati nimalarga olib borishini aytish qiyin bo'lgan juda katta janjal chiqishidan qo'rqib turardilar.
Bizning bu qissamiz boshlanadigan kun kechqurun aka-ukalar ishdan charchab qaytganlarida uy jimjit edi. Tashqarida ham odatdan tashqari jimlik hukm surardi. Olti soatdan beri quyib turgan yomg'ir, oxiri tingan bo'lsa-da, ufqlarda qora qalin bulutlar hamon yastanib yotardi. Havoda zarracha shabada sezilmasdi. Yomg'ir vaqtida qishloq atrofidagi daraxt va ko'katlar barq urib yashnadi. Suv oqizib kelgan ko'katlarning xushbo'y hidi uy tevaragida anqib turibdi. Uylar orqasidagi ko'ldan baqalarning vaqillashi eshitiladi. Shu yaqindan o'tgan Padma daryosi yomg'ir suvidan toshib quyuq qora bulutlar ostida ayniqsa dahshatli tusga kirgan edi. Daryo ekinzorlarining ko'p qismini bosib, uylarga yaqinlashmoqda. Cho'kkan yerlardan mango va non daraxtlarining tomirlari chiqib turibdi; ular biror tayanch topish niyatida bo'shliqqa qarab panjalarini uzatib turganday ko'rinadi.
O'sha kuni aka-uka Dukxiram bilan Chxidam zamindorning idorasida ishladilar.
Daryoning sayoz joylariga ekilgan ekinlar yetilib, qishloq kambag'allari yo o'z dalalarida, yoxud judkor yerlarda band edilar. Shuning uchun zamindorning ishboshisi tashqariga chiqib, faqat shu og'a-inilarni ko'rdi, xolos.
Idoraning tomi teshilgan, ko'p yeridan chakka o'tardi. Aka-uka kunbo'yi shu teshiklarni yamashdi. Tushda uyga borolmay, shu yerda, idorada andak tamaddi qilishdi. Kunbo'yi yomg'irda ishlab kiyimlari jiqqa ho'l bo'ldi, ularga korjoma berilmagan edi. Buning ustiga, ta'nayu haqoratlarni odatdagidan ko'proq eshitdilar. Suyak-suyagigacha nam o'tib, hammayoqlari iflos holda, qosh qorayganda uyga qaytdilar. Ukaning xotini Chondora kiyimining peshini yozib polda yotardi. Har kungidek qovoqlari soliq. Aft-angori shu yomg'irli oqshom singari g'amgin. Akaning xotini Radxa bo'lsa, ayvonda hurpayib o'tiribdi. Aka-uka uyga kirib qarashsa, hadeb yig'laydigan bir yarim yashar bola burchakda chalqancha yotib yalang'och uxlab qolibdi.
— Ovqat ber! — dedi xotiniga Dukxiram.
Radxa o'tga tushgan porox bochkasiday portlab:
— Ovqatni qayoqdan olaman?— deb ovozining boricha chinqirib yubordi. —Nima, o'zim borib pul topaymi?
Kunbo'yi og'ir mehnat va tahqirlardan qaqshab qaytgach, ochlik tugunidan qorong'ilashgan uyda xotindan Sunday zaharli ta'na eshitishga toqat qilolmasdi.
Dukxiram yaralangan yo'lbars ovozini eslatadigan bo'g'iq tovush bilan:
— Nima deding? — dedi-yu, qo'lidagi belkurak bilan xotinining boshiga urdi. Radxa ovsinining oyoqlari ostiga yiqilib, shu zahoti jon berdi.
Ovsini Chondora esa:
— Yo'q, txakur — deb o'rnidan qo'zg'aldi u, — agar xotinim halok bo'lsa, men boshqasini olaman, bordiyu ukamni ossalar ikkinchi uka topolmayman.
Ammo Chxidam xotinini jinoyatchi deb ayblaganda, bu haqda o'ylab ham ko'rmagan edi. U og'ziga kelgan gapni aytishga aytdi-yu, endi o'zi ham larzaga tushib, o'z qilmishini oqlashga yo'l qidirardi.
Yosh dehqoning e'tirozi asosliday tuyuldi Chokrobortiga.
— Unday bo'lsa nima ham qilarding, — dedi u, — jinoyat qanday zuhur etgan bo'lsa, shunday qilib aytib ber. Bari bir jinoyatni yashirib bo'lmaydi.
Shu so'zlarni aytib Ramlochon chiqib kedi va shu zahotiyoq butun qishloqda janjal vaqtida Chondora Dukxining xotinini belkurak bilan urib o'ldiribdi, degan duv-duv gap tarqaldi.
To'g'onni urib ketgan suvdek, shov-shuv bilan qishloqqa politsiya yopirilib kelganda, gunohkor ham, begunoh ham hamma baravar hayajonda qoldi.

II

Chxidam bir aytgan so'zdan qaytib bo'lmasligini tushunar edi. Ramlochonga aytgan gapi allaqachon butun qishloqqa tarqalgan, endi u o'zi ham boshqa bir vaj izlashga botinmas chunki buning oqibati nimaga olib kelishini bilmasdi. Shuning uchun xotinini qutqazishning birdan-bir yo'li deb, ilgari aytganlarini rad etmay, so'roq vaqtida ishni chigallashtirish fikrida edi.
Chxidam xotiniga aybni o'z bo'yniga olishni taklif etdi. Bu iltimos uni hang-mang qilib qo'ydi.
— Mening gapiradigan gaplarimdan tashvish qilma, — deb dalda berdi unga Chxidam, — bari bir biz seni qutqarib olamiz.
U xotiniga tasalli berdi-yu, lekin o'zi vahimaga tushib, tomoqlari quruqshadi, ranglari murdaday oqarib ketdi.
Chondora endi o'n sakkiz yoshga qadam qo'ygan edi. Uning yuzlari shirmonday, baquvvat, harakatchan gavdasi shunday chiroyli ediki, yursa ham, qayrilsa ham, egilsa ham, xullas hamma holatda o'ziga yarashardi. Chondora yangi qayiqcha singari tez, yengil harakat qilar, kiyimlarida esa biror g'ijim topilmasdi. U har bir ishni g'ayrat va mehr bilan boshlar, ko'chaga chiqib gaplashishni yaxshi ko'rar, qo'liga ko'za olib, quduq boshiga kelarkan, ro'molini qiya qilib, chaqnab turgan o'tkir qora ko'zlari bilan o'tgan-ketganni kuzatishga juda ishqiboz edi.
Akasining xotini Radxa Chogndoraning tamom teskarisi: sustkash, yalqov, isqirt edi; u na boshidagi ro'molini, na qo'lidagi go'dakni, na uy-ro'zg'or ishlarini eplay olardi. Tag'in, biror ishi bo'lmagan holda, mug'ambirlik qilib o'zini hamisha band qilib ko'rsatardi. Chondora u bilan kamdan-kam gaplashardi — shunchaki aytgan bir-ikki og'iz so'zi uchun ovsini shallaqilik qilib baqirar, shang'illab qarg'agani qarg'agan edi.
Ajabki ikkalasining ham xulqi o'z erining xulqiga o'xshardi. Dukxiram uzun bo'yli, barvasta, yassi burunli yigit. Kichik ko'zlari borliqning mohiyatini tushunmay, shu bilan birga, so'rashga ham botinmay turganday, savol nazari bilan qarardi. Xullas, bunday yuvosh, baquvvat, ayni zamonda lapashang odamni qidirib topish qiyin.
Chxidam bo'lsa, yaltiroq qora toshdan mahorat bilan yasalgan haykalga o'xshardi. U juda ham kelishgan yigit bo'lib, hamma a'zolari mutanosib, uyg'un, naq kamolotning namunasi edi. Uning yog'langan quyuq qora sochlari hamisha taralgan, buning ustiga, o'zi ham pokiza kiyinar, andak oliftanamo ham bo'lib yurardi. Hech kim daryoga Chxidamchalik yuqoridan tashlab sho'ng'imas, hech kim uningdek bir zabt bilan qayiqni itarib yuborolmas, hech kim unchalik chaqqonlik bilan bambuk tepasiga chiqib, yosh novda sindirib tusholmas, qisqasi — u nimaiki qilsa, hamma ishida tartib, fahm-farosat sezilardi.
Chxidamni qishloqdagi sohibjamol qizlarga beparvo qaraydi deb ham bo'lmasdi, lekin, goho qizlar oldidan savlat to'kib o'tsa-da, o'zining yosh xotini Chondorani hammasidan yaxshi ko'rardi.
Ba'zan eru xotin orasida nizo chiqib, aytishib qolishsa ham, bir-birlarini haqorat qilishmasdi. Totuv yashashlarining bir sababi, asosan, shundan iboratki, agar Chxidam Chondora singari sohibjamol, lekin yengiltak xotinning jilovini bo'sh qo'yish yaramaydi, deb o'ylasa, Chondoraning fikricha, uning eri ko'zi bilan xotin ovlaydi, bordiyu uni rashk zanjiri bilan bog'lab qo'yilmasa, bir kun emas, bir kuni uni tashlaydi-ketadi.
Yuqorida aytilgan voqeadan bir oz ilgariroq er-xotin orasida jiddiy bir janjal chiqdi. Chondora erining ba'zan ishni bahona qilib qayoqqadir ketib qolayotganini payqadi. Masalan, oxirgi marta u ikki kun yo'qolib ketib, uyga pulsiz, quppa-quruq qaytib keldi. Buni ko'rgan Chondora ham, ishlar chatoq ekan, mana bo'lmasa deb, uydan tez-tez ketib qoladigan bo'ldi. U ko'proq pristanga borardi va ko'chadan qaytishi bilan Kashi Mojumdarning kichik o'gli haqida esi ketib gapiradigan bo'ldi.
Chxidamning hayoti zaharlangan edi. Ishda ham fikr-yodi shu. Bir kun kelin oyisi Radxaning oldiga kelib xotinidan hasrat qildi. Radxa bu gapni eshitib chapak chalib yubordi va marxum otasining arvohini shafe keltirib, bobillab ketdi:
— Qarab tur, hali bu baxti qora bir baloni boshlamasa deb qo'rqaman. Men juda yaxshi bilaman bugun-erta u bir falokatga sabab bo'ladi!
Shu paytda qo'shni xonadan chiqqan Chondora salmoqlab:
— Nimadan buncha qo'rqyapsiz ovsin? — dedi. Ikki xotin orasida qattiq janjal boshlandi.
Chxidam qonga to'lgan ko'zlari bilan xotiniga tikilib:
— Agar yana yolg'iz pristanga borganingni eshitsam, suyaklaringni majaqlab tashlayman! — deb baqirdi.
Chondora bo'lsa:
— Hali shundaymi? Mayli, mening suyaklarim majaqlansa majaqlanib qo'ya qolsin, — dedi-yu, ko'chaga qarab yo'l oldi.
Biroq Chxidam bir sakrab unga yetib oldi. Sochidan ushlab uyga itarib yubordi-da, eshikni qulflab ketdi. Kechqurun ishdan kelib qarasa, eshik ochiq — uyda hech kim yo'q. Bu paytda Chondora uch qishloqni bosib o'tib, tog'asining qishlog'iga yaqinlashgan edi.
Chxidam ko'p yalinib-yolvorib, xotinini arang olib keldi shu bilan o'z mag'lubiyatiga iqror bo'ldi.
Chxidam bildiki, kaftdagi simobni qo'l bilan ushlab bo'lmagandek, bu nozanin juvonni ham uyda tutib turish mumkin emas. U ortiq zo'ravonlik qilmadi, ammo doim notinch edi. Yosh, o'jar xotinining sertashvish muhabbati uning uchun azobdan iborat bo'lib qoldi. U ba'zan Chondora o'lsa ancha yengil bo'lardi, chunki oiim tang-risidan hech kim rashk qilmaydi, deb o'ylardi.
Ana shu mahalda oilada musibat ro'y berdi.
Eri Chondorani, aybni bo'yningga ol, deb avrab turganda, u dong qotib ko'zlari go'yo ikki laxcha cho'g'dek bo'lib, Chxidamning yurak-bag'rini kuydirdi. Ayol iztirob ichida, go'yo bu ajdahosimon erdan qutulish chorasini izlaganday tuyulardi. U eridan abadiy yuz o'girdi.
Chxidam xotinini, bu ishning qo'rqadigan joyi yo'q, deb ishontirishga, hatto politsiya va sudda qanday javob berishini o'rgatishga ham urindi. Ammo uning uzundan-uzoq nasihatidan Chondora biror so'zni qulog'iga ilmay toshday qotib, qimir etmay o'tiraverdi.
Dukxiram hamisha va hamma ishda ukasiga tayanardi. Chxidam unga, o'limning aybdori deb Chondorani ko'rsat, deganida, u:
— Unda sening xotining nima bo'ladi? — deb so'radi, xolos.
— Men uni qutqarib olaman, — dedi Chxidam. Soloqmon Dukxiram esa shu bilan tinchlanib qola qoldi.

III

Chxidam xotiniga yo’l-yo'riq o'rgatib bunday dedi:
— Radxa meni pichoq bilan urmoqchi bo'ldi, men o'zimni himoya qilganda bexosdan belkurak unga tegib ketdi, degin!
Sudda voqeani shu zaylda bayon qilishni Ramlochon bobo o'ylab topdi. U xotin shunday javob berganda, Chxidam o'zi nima deyishi va qanday dalillar keltirishi lozimligini batafsil tushuntirdi.
Bu orada yetib kelgan politsiyachilar ish boshlab yubordilar. Radxani Chondora o'ldiribdi, degan ovoza qishloq aholisining miyasiga singib ketgandi. Hamma guvohlar shuni tasdiqlardilar.
Chondora so'roqda:
— Ha, men oidirdim, — deb javob berdi.
— Nega?
— Uni ko'rgani ko'zim yo'q edi.
— Janjallashib qolganmidinglar?
— Yo'q.
— Avval u seni o'ldirmoqchi bo'ldimi?
— Yo'q.
— Ehtimol u senga yomon gap gapirgandir?
— Yo'q.
Bu javoblar hammani hayratda qoldirdi. Chxidam hang-mang bo'lib qoldi.
— Noto'g'ri gapiryapti! — deb qichqirdi u. — Radxa birinchi bo'lib pichoq ko'targan.
Politsiyachilar unga tanbeh berib, jim turishga majbur etdilar. Masalaning biror jihati qorong'i qolmasin deb, Chondorani batafsil so'roq qilishdi, lekin bu foyda bermadi: uning javoblari hamon boyagining o'zi edi. Radxaning birinchi boiib hujum etganini u qat'iy rad etdi. Bu ayol sira ko'rilmagan o'jarlik qildi. U to'g'ri dor ostiga qarab
yoi tutgan, uni bu yo'ldan to'xtatgulik kuch yo'q edi. Ajabo, bu qanday tahlikali kibr?
Chondora fikran eriga murojaat qilib: «Seni qoldirib, o'z yoshligimni dorga bag'ishlayman, mayli, bu tug'ilishimda dor mening oxirgi tayanchim bo'lsin», — dedi.
Mana, o'limga hukm etilgan Chondora hamqishloqlari oldida sharmandai-sharmisor etilgan o'sha beozor, chaqqon, xushchaqchaq juvon yoshlikdan tanish ko'chadan, aravalar yonidan, bozor maydonidan, pristan yonidan, Mojumdaming uyi, maktab va pochta oldidan o'tib, qishloqni abadiy tark etib bormoqda. Uning ketidan bolalar to'da-to'da boiib chopishar, tengqur juvonlar esa, ba'zilari ro'molini qiya qilib, ba'zilari eshik tirqishidan, birovlari daraxtlar orqasida yashirinib, Chondorani olib ketayotgan politsiyachilarga qarar, dahshat, uyat va g'azabdan qaltirar edilar.
Sudda ham Chondora ustiga qo'yilgan aybga iqror boidi. Uning iqroricha, Radxa oiim oldidan unga hech qanday qattiq so'z aytmagan.
Guvohlik berish navbati Chxidamga keldi. U iltijo qilganday qoi qovushtirib, sudga qarab baland ovoz bilan dedi:
— Janobi sudya, qasamyod qilib aytamanki mening xotinimda hech qanday gunoh yo'q.
Sudya unga baqirib tinchlantirgach, so'roq boshladi. Chxidam bo'lgan voqeani to'ppa-to'g'ri so'zlab berdi.
Ammo sudya uning so'zlariga ishonmadi, chunki eng ishonchli bosh guvoh Ramlochon voqeani quyidagicha tasvir etdi:
— Men jinoyat ro'y bergan joyga o'sha zahotiyoq yetib keldim. Guvoh Chxidam menga bo'lgan voqeani batamom so'zlab berdi. U mening tizzalarimni quchoqlab turib: «Xotinimni qanday qilib qutqaraman, shunga bir yoi ko'rsating» — deb iltimos qildi. Ammo men unga hech nima deyolmadim. «Agar men xotini ovqat pishirmagani uchun akam uni urib oidirdi desam, Chondorani qo'yib yuborarmikanlar», — deb so'radi. Bunga men: «Tentak, bunaqa gapdan ehtiyot bo'l. Sud oldida bir og'iz ham yolg'on gapirmaki, dunyoda bundan qattiqroq gunoh yo'q, dedim...»
Ramlochon Chondorani qutqarib qolish uchun bir qan-cha yolg'on-yashiq vajlarni o'ylab qo'ygan bo’lsa ham, ayol o'zini oqlashga urinmaganini ko'rib, qo'rqdi. «Yolg'on guvohlik berganim uchun oxiri o'zim javobgar bo'lmayin tag'in! Yaxshisi, o'z bilganimni gapiray», — deb o'yladi u. Mana shu qarorga kelib, u sudga o'zi eshitgan narsalarni gapirdi, biroq ba'zi tafsilotlarni qo'shishni ham unutmadi. Sudya bu ishni ko'rish uchun vaqt tayinladi.
Bu orada mehnat va savdo, quvonch va alam — dunyoda hamma narsa o'z navbatida davom etdi. O'tgan yillardagi singari srabon oyida yetilayozgan ekinzorlarga to'xtovsiz yomg'ir yog'ib turdi.
Politsiya gunohkor va guvohlarni yana sudga olib keldi. Sud binosining hovlisida juda ko'p odamlar yig'ilib, ishning oqibatini kutmoqda edi.
Botqoqlik bir uchastkani qurilish maydoniga aylantirish yuzasidan Kalkuttadan bir advokat kelgan edi. Shu munosabat bilan da'vogar tarafidan o'ttiz to'qqiz guvoh chaqirildi. Necha yuzlab odamlar sudga kelib, o'zlarining chigal ishlarini yechmoqchi bo'ladilar! Har kim ham o'z ishidan ko'ra jiddiyroq ish yo'q deb o'ylaydi! Chxidam bu sertashvish olamga derazadan nazar tashlarkan, unga hamma narsa o'tkinchi tushday tuyuldi. Banan daraxtining osilib turgan shoxida kakku sayrardi, qushlarning na sudi, na qonuni bor.
— Oh sohib1, bir gapni hadeb so'ray berasizmi? — dedi Chondora.
— Gunohingni bo'yningga olasanmi?— dedi sudya.— Buning uchun qanday jazo berilishini bilasanmi?
— Yo'q, — dedi ayol.
— Seni dorga osadilar.
— Bosgan izlaringizdan o'rgilay, sohib: shu ish tezroq bo'la qolsin! — deb qichqirdi Chondora. — Xohlaganiningizni qiling, mening toqatim qolmadi!
Sud zaliga Chxidamni olib kirganlarida Chondora undan yuz o'girdi. Sudya unga murojaat qilib:
— Mana bu guvohga qarab ayt-chi, u senga kim bo’ladi? — dedi.
Xotin yuzlarini qoii bilan bekitib javob berdi:
— Mening erim.
— U seni sevadimi?
— Sevganda qandoq! — javob berdi u.
— Sen-chi, sen uni sevmaysanmi?
— Jonu dildan sevaman!
So'roq navbati Chxidamga kelganda, u:
— Men o'ldirganman, — deb turib oldi.
— Nima uchun?
— Ovqat so'raganimda bermagani uchun. Dukxiramdan so'roq boshlanganda u behush bo'lib qoldi. O'ziga kelgach:
— Men o'ldirganman, sohib, — dedi.
— Nima sababdan?
— Ovqat bermagani uchun.
Guvohlardan qayta-qayta so'rab, sud, bu aka-ukalar xotin kishini sharmandalarcha dorga osilishdan xalos etish uchun aybni o'z bo'inlariga olmoqdalar, degan qat'iy fikrga keldi.
Ammo Chondoraning o'zi hamma joyda — politsiya uchastkasida ham, sudda ham bir aytganini takrorlay berdi. Uning javoblarida zarracha ikkilanish sezilmasdi. Ikki advokat, ixtiyoriy ravishda, uni o'limdan qutqazish uchun himoya qila boshladi, biroq, oxiri ularning ham hafsalasi pir boiib, o'ziga qo'yib berishdi.
Bir vaqtlar, yoshlik tongida kulcha yuzli, jajjigina qoracha qizcha, qo'g'irchoqlarini qoldirib, ota uydan qaynota xonadoniga kelib kirgan edi. O'sha quvonchli nikoh kechasi bukun yuz bergan bu voqeani kim ham tasavvur eta olardi! Ota, nima bo'lganda ham qizimga yaxshi tarbiya berdim, deb bearmon ko'z yumdi.
Osishdan oldin ko'ngilchan bir vrach Chondoradan, biror odamni ko'rishni istaysanmi, deb so'radi.
— Men onamni ko'rishni istardim, — dedi Chondora.
— Ehtimol, ering bilan ko'rishishni xohlarsan, uni chaqirib beraymi?
— Yo'q, o'lgan yaxshi! — deb javob berdi Chondora.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.