I
Kecha kunbo'yi yomg'ir yog'ib, bu kun tindi, quyosh va to'zigan bulutlar yetilayotgan ertagi sholipoyalarga qarab birin-ketin panjalarini cho'zmoqdalar. Keng va ko'm-ko'k dalalar quyosh nuri tushishi bilan birdan yalt etib porlaydi-yu, yana bir lahzada quymoq ko'lanka ostida qolib ketadi.
Osmon sahnasida faqat ikki aktyor o'ynamoqda — bulut va quyosh, ularning har biri o'z rolini bajaradi, ammo yer sahnasida, ayni bir vaqtda necha joyda, qancha pyesalar o'ynalayotganini hisoblash mumkin emas.
Biz qishloq yo'li ustidagi bir uyda o'ynalayotgan kichik bir hayot pesasini ko'rsatish uchun pardani ko'tardik. Bu uyning faqat ko'chaga qaragan bir xonasi g'ishtdan qurilgan, uning ikki tomonidan boshlanib ketgan eski g'isht devor hovlini tamom ihota qilib, hovlidagi boshqa loyshuvoq hujralarni ham o'z ichiga oladi. Yarim yalang'och bir yigitchaning divanda o'tirgani derazadan ko'rinib turadi, u, qo'lidagi kitobni o'qishga berilib, chap qoiidagi xurmo yaprog'i bilan ba'zi-ba'zida o'zini yelpib, chivinlarni haydaydi.
Yo'l-yo'l soriyga o'ralgan bir qizcha ko'chada — deraza qarshisida uyoqdan-buyoqqa o'tar va soriysining etagiga solib olgan olxo'ridan bitta-bitta olib yer edi. Qizchaning yuz ifodasidan uning divanda o'tirib kitob o’qiyotgan yigitcha bilan oshnaligi ko'rinib turibdi. U bir amallab yigitning diqqatini jalb qilish niyatida, ammo o'zining sokin beparvoligi bilan, go'yo faqat olxo'ri yeyish bilan bandu yigitchani payqamaganday ko'rinishga tirishadi.
Baxtga qarshi, qunt bilan o'qiyotgan yigitchaning ko'zlari ancha zaif bo'lib, uzoqni yaxshi ko'rolmaganidan, qizchaning sokin beparvoligi unga hech ta'sir qilmadi. Aftidan, qizcha buni bilardi, shuning uchun birpasdan keyin, uyoqdan-buyoqqa behuda yurish va sokin beparvolik o'rniga, olxo'ri danaklarini ishga sola boshladi. Ko'rga ishing tushsa, o'z qadru g'ururingni saqlab qolishing qiyin!
Bir necha danak, go'yo tasodifan boribyog'och eshikka tiqillab tekkanda, yigitcha boshini ko'tardi. Mug'ambir qizcha buni payqab, etagidagi olxo'rilardan pishkanroqlarini ajrata boshladi. Yigitcha ko'zlarini qisib qaragach, qizni tanidi: keyin kitobni qo'ydi-da, deraza oldiga kelib, tabassum bilan qizni chaqirdi.
— Giribala!
Giribala zo'r berib olxo'ri saralardi. Bu mashg'ulotga qattiq berilganday bo'lib, uydan ohista uzoqlasha boshla¬di.
Ko'zlari zaif yigitcha qizning bu qilig'i o'zining beixtiyor bir jinoyati uchun berilgan jazo ekanini darrov angladi-da, yugurib ko'chaga chiqdi.
— Hoy, Giribala, o'zi nima gap, bugun menga olxo'ri bermaysanmi?
Giribala unga e'tibor etmay, bir olxo'rini olib diqqat bilan ko'zdan kechirdi-yu, sovuqqonlik bilan yemoqqa kirishdi.
Bu olxo'rilar Giribalalarning bog'idan bo'lib, yigit¬chaning har kuni oladigan sovg'asi edi. Kim biladi, balki bugun Giribala bu odatini unutgandir, har nuchuk, uning harakatlari olxo'rini faqat o'zi uchungina keltirganini ochiq ko'rsatib turardi. Unday desak, nega u olxo'rini birovning eshigi oldiga kelib yeydi, masalaning bu tomoni ravshan emasdi. Yigitcha qizning oldiga kelib, qo'lidan ushladi. Dastlab, Giribala egilib, qo'lini bo'shatishga urinib ko'rdi, ammo birdan ko'zlari jiqqa yoshga to'lib, olxo'rilami yerga tashladi-da, yigitning qo'lidan chiqib qochib ketdi.
Kechka tomon quyosh bilan bulutlar o'yini to'xtadi, oq momiqday bulutlar osmon ufqiga to'planib qoldi, daraxt yaproqlarida, hovuzlarda, yomg'irda yuvilgan tabiatning har bir zarrasida botayotgan quyoshning nurlari chaqnab turardi. Panjarali deraza oldida yana o'sha qizcha yuribdi, xonada esa, yana o'sha yigitcha o'tiribdi. Ammo endi qizchaning etagida olxo'ri, yigitchaning qo'lida kitob yo'q. Darvoqe, bu orada boshqa ba'zi muhim o'zgarishlar ham ro'y bergan edi.
Bu gal ham qizchaning nima maqsad bilan bu yerda aylanib yurganini aytish qiyin. Har holda, uning harakatlaridan, xonada o'tirgan yigit bilan gaplashish niyatida ekani ko'rinmas edi. Qizcha erta bilan tashlab ketgan olxo'rilarim o'sib chiqmadimikan deb ko'rgani kelgan bo'lsa kerak, uning yurish-turishlariga qarab faqat shunday taxmin qilish mumkin.
Olxo'rilarning o'sib chiqmaganiga bosh sabab shuki, ular hozir yerda emas, divanda — yigitchaning oldida edi, qizcha bir nimalarni qidirganday bo'lib, ahyon-ahyonda yerga egilganida, yigitcha o'zicha kulib, jiddiy qiyofada, mevalarni ishtaha bilan birin-ketin yeb bitirmoqda edi. Mana bir necha danaklar go'yo tasodifiy ravishda borib qizchaning yoniga tushdi, hatto oyog'iga ham tegdi, Giribala o'zining parvosizligi uchun yigitcha o'ch olayotganini angladi. Axir shu yaxshi ishmi». Sho'rlik qizcha jajji yuragining g'ururini bosib, yarashish uchun bahona qidirib yurganda, uning og'ir yo'liga yana g'ov solish noinsoflik emasmi» U bu gal yigitni xafa qilmay deb kel¬gan edi! Uyatdan qizchaning yuzlari qip-qizarib ketdi, qochish uchun bahona qidira boshladi, xuddi shu paytda yigitcha chiqib kelib qo'lidan ushladi. Qizcha qo'lini ajratib olishga urinsa ham, bu safar yig'lamadi. Aksincha, qizarib, boshini o'sha berahm yigitchaning orqasiga yashirib, qahqaha urib kulib yubordi; so'ngra, go'yo zo'rlikka bo'ysunib, panjarali zindonga kirayotgan asiradek uyga kirib ketdi.
Osmonda quyosh bilan bulutlarning o'yini tabiiy bir hol bo’lgandek, bu ikki mavjudotning yerdagi o'yini ham tabiiy bir narsadir. Shuning bilan birga, quyosh va bulutlar o'yini tabiiy hol emas, umuman olganda, buni o'yin deb ham bo'lmaydi, u faqat o'yinni eslatadi, shuningdek, kishilik jamiyatida, ko'rkam kuz kunida ro'y berib turgan yuzlab voqealar orasida bu ikki noma'lum kishining qisqagina tarixi, ahamiyatsizdek ko'rinsa-da, aslida unday emas. Beparvolik bilan abadiylikni abadiylikka ulashtiradigan qadimiy, ulug' va ko'zga ko'nnmas tangri o'sha kungi tong va oqshomning kulgisi-yu ko'z yoshlariga bir umrning baxt va musibatlar urug'ini sochib yuborgan edi. Shunday bo'lishiga qaramay, qizchaning sababsiz gerdayishi, yolg'iz tomoshabinlargagina emas, hatto pesaning bosh qahramoni boyagi yigitchaga ham tamomila anglashilmas edi. Nega bu qiz ba'zan jahli chiqadi, ba'zan esa cheksiz mehribonlik ko'rsatadi, goho ko'plab sovg'alar olib keladi-yu, goho iltifotni butunlay unutadi, — bularning sababini anglash osonmas. Bukun u, butun aqlu fikrini, zakovatini ishga solib, yigitni quvontirmoq istasa, ertaga bor kuchini, qaysarligini ishga solib, uning jig'iga tegadi. Agar yigitni biror yo'l bilan xafa qilolmasa, qaysarligi ikki daf’a ortadi, mabodo uni xafa qilguday bo'lsa, qat'iyati pushaymonlik bilan chil-chil bo'lib har bir bo'lagi ko'zyoshida erib ketar, bepoyon marhamat va mehribonlik oqimiga aylanardi.
Quyosh va bulutlar orasidagi bu ahamiyatsiz o'yinning dastlabki ahamiyatsiz tarixi bundan keyingi bobda qisqacha bay on etiladi.
II
Butun qishloq aholisi bir-biriga dushman guruhlarga boiingan, bir-birlariga qarshi ig'vo tarqatadilar va shakarqamish ekadilar, chaqimchilik qiladilar va jut ekadilar.
Faqat Shoshibushon bilan Giribalagina falsafa va adabiyot o'rganish bilan mashg'ul.
Bu do'stlik hech kimni taajjublantirmas va qiziqtirmas edi, chunki Giribala o'n yoshli qizcha bo'lib, Shoshibu¬shon yaqindagina san'at magistri va huquq bakalavri unvonini olgan. Ular qo'shni edilar.
Giribalaning otasi Xorkumar bir vaqtlar o'z qishlog'ida ijaraga yer olib dehqonchilik qilardi, ammo keyin qoii tang kelib, bisotida bor narsani sotdi-da, o'z xo'jayiniga noib bo'lib ishga kirdi; xo'jayini sira qishloqda yashamas edi. Xorkumarning qishlog'i o'zi yer ijarasi yig'ib yuradigan viloyatda, shu sababli u o'z uyidan uzoqqa borolmasdi.
San'at magistri unvonini olganda Shoshibushon huquq fanidan ham yaxshi imtihon berdi, lekin hech qanday ish bilan mashg'ul bo'lmadi. Hech kim bilan ortiqcha inoq ham bo'lmadi; majlislarga qatnashsa ham, biror marta ikki og'iz so'zlagan emas. Ko'zi zaifroq bo'lganidan, ba'zan oshnalarini tanimay qolardi, — u ko'zlarini qisib qarar, odamlar esa, buni nopisandlik nishonasi deb hisoblar edi¬lar.
Olam dengiziga o'xshagan Kalkuttaday katta shaharda kishi o'z fikrlariga berilib, tanho yashasa, bu hol unga alohida ulug'vorlik bag'ishlaydi, ammo qishloqda bu xil yurish-turishni tamom boshqacha baholaydilar.
Shoshibushonni ishlashga majbur etish uchun qilingan haraktlari hech qanday natija bermagach, otasi uni qishloqqa keltirib, xo'jalikka qarashib turishni topshirdi. Shoshibushon qishloq aholisidan ko'pgina mazammat va ta'nalar eshitdi. Buning o'ziga xos sabablari bor edi: Shoshibushon osoyishtalik, tinchlikni yaxshi ko'rardi, shuning uchun uylanishni ham xohlamasdi. Qizlari balog'atga yetib, o'zlari yuk bo'lib qolgan ota-onalar esa, uning uylanishga mayli yo'qligini manmanlik deb, sho'rlikning bu «aybini» sira kechirmasdilar.
Shoshibushonni qancha bezor qilsalar, u shuncha uydan chiqmas bo'lardi. Yigit odatda burchakdagi bir xonada divanda o'tirar, atrofida inglizcha kitoblar sochilib yotardi, u kitoblarni tanlab o'tirmas, qo'lga tushganini o'qiyverardi. Uning ishi shundan iborat edi. Xo'jalik ishlari uni qiziqtirmasdi.
Biz yuqorida aytib o'tgandek, qishloqda u bilan muomala qiladigan birdan-bir odam Giribala edi.
Giribalaning akalari maktabda o'qirdilar; maktabdan qaytgach, esi past singillariga yerning shakli qanday, yer kattami, quyosh kattami deganday so'roqlar berar edilar. Qizcha bularga noto'g'ri javob berganda, darg'azab boiib uning xatosini tuzatardilar. Ko'zga tashlanib turgan narsalar quyoshning yerdan kattaligi haqidagi fikrga zid kelardi, ammo Giribala jasorat etib ba'zan bu haqda o'z tushunchalarini bay on etganda, akalari yanada kekkayib:
— Sen nima deyapsan! — derdilar. — Bizning kitobda shunday deb yozilgan axir, sen bo'lsang...
Bosma kitoblarda shunday yozilganini eshitgach, sho'rlik Giribala qattiq zarba yeganday jim qolar, uning uchun boshqa dalillar kerak bo'lmasdi.
Qizcha akalari singari o'qishni o'rgangisi kelardi. Ba'zan u o'z xonasida o'tirib, kitobni ochar, allanimalar deb gapirar, o'zini o'qiyotganday ko'rsatib, tez-tez kitob varaqlar edi.
Kichik-kichik, tushunib bo'lmaydigan qora harflar,, yelkalarida «i», «o» va «r» harflarining belgilarini ko'tarib, go'yo sirli bir olamning darvozasi oldidagi qorovullarday yonma-yon turardilar-u, Giribalaning biror savoliga javob qaytarmas edilar. «Qotxamala» havasmandlik bilan zoriqib turgan qizchaga o'zining yo'lbars, shakal, bo'ri, eshak va otlar haqidagi afsonalarni so'zlamasdi, «Akenomonchjori» bo'lsa, indamaslikka ahd qilgandek, o'z tarixini so'zlamay, jim turardi.
Giribala akalaridan, o'qishni o'rgatinglar, deb lltimos qildi, ammo akalari buni eshitishni ham xohlamadilar. Unga faqat Shoshibushon yordam qildi.
Birinchi davrda Shoshibushon ham qizchaga «Kotxamala», «Akenomonchjori»dek sirli va tushunib bo'lmaydiganday tuyuldi.
Temirpanjarali derazalari ko'chaga qaragan kichik xonada yosh bir yigit divanda o'tirar, uning atroflarida kitoblar qalashib yotardi. Giribala tashqaridan deraza panjarasiga osilib, o'qishga ortiq berilgan bu g'alati odamga taajjub bilan boqar, kitoblarning ko'pligini ko'rib, bu odam mening akalarimdan ham bilimdonroq bo'lsa kerak, degan xulosaga kelardi. Uning uchun bundan ko'ra taajjubroq ish yo'q. Qizcha, bu yigitning «Kotxamala»ni va dunyodagi boshqa eng muhim kitoblarni o'qigan bo'lishiga shubhalanmasdi. Shoshibushon kitob varaqlar, qizcha bo'lsa, jim turib, uning bilimi chegaralarini aniqlash uchun behuda urinardi.
Bora-bora Shoshibushon bu qizchaga e'tibor qila boshladi. Bir kun u yorqin muqovali bir kitobni ochib, qizchaga qaradi:
— Giri, beri kel, senga suratlar ko'rsataman!
Giri darhol qochib ketdi.
Ammo ertasiga yo’l-yo'l soriy kiyib yana deraza oldiga keldi-da, o'qiyotgan yigitga jimgina tikilib tura berdi. Shoshibushon uni yana chaqirdi, qizcha sochlarini silkitib yana qochib ketdi.
Ularning oshnaligi shu tariqa boshlangan edi, ammo bu oshnalikning keyin qaysi yo'l bilan do'stlikka aylanganini, qachondan beri qizchaning Shoshibushon divanidagi kitoblar orasidan o'ziga muqim joy olganini hikoya qilish uchun maxsus tarixiy tekshirish o'tkazishga to'g'ri keladi.
Giribala Shoshibushondan o'qishnigina emas, yozishni ham o'rgana boshladi. Bu o'qituvchi o'zining kichkina shogirdiga o'qish, yozish va grammatikani o'rgatish bilan qanoatlanmay, unga ulug' yozuvchilarning asarlarini tarjima qilib berib, bular haqida qizchaning fikrini so'rar edi desak, hammaning kulishi aniq. Bulardan qizgina biror narsa anglarmidi, yo'qmi — buni xudo biladi, ammo o'qituvchining bu qadar jonbozligi qizchaga juda yoqib tushgani shak-shubhasiz. Anglashilgan va anglashilmagan narsalar uning bolalik tasavvurida bir-biriga qo'shilib, go'zal lavhalarni bunyodga keltirardi. U jim turib, ko'zlarini katta ochib, diqqat bilan tinglar, ahyon-ahyonda o'rinsiz savollar berar yoki birdan mavzudan chetga chiqib, gapga tushib ketardi. Shoshibushon bunday hollarda qizchaning gapini bo'lmas, ulug' asarlar haqida kichik tanqidchining fikrlarini eshitib, benihoyat mamnun bo'lardi. Butun qishloqda uning dilidagini anglaydigan birdan bir odam shu qizcha edi.
Giribala Shoshibushon bilan tanishganda 8 yashar edi, hozir 10 ga kirdi. Bu ikki yil mobaynida u ingliz va ben¬gal alifbosini o'rganib, bir qancha boshlang'ich kitoblarni o'qib chiqdi. Shoshibushon bo'lsa, o'zining qishloqda o'tkazgan ikki yillik umrini yolg'izlikda o'tdi deb shikoyat qilolmas edi.
III
Giribalaning otasi Xorkumar bilan Shoshibushonning munosabati yaxshi emas edi. Xorkumar bu magistr va bakalavraing oldiga dastlab har xil da'volar va sud protsesslari munosabati bilan maslahatga kelib yurdi, ammo bakalavr bu xil ishlarga qiziqmay, noibga o'zining huquq bobida hech narsa bilmasligiga ochiqdan-ochiq iqror bo'ldi. Xorkumar buni faqat bahona deb o'yladi. Shunday qilib ikki yilcha vaqt o'tdi.
Bir kun o'jar bir ijarachining adabini berib qo'yish zarurati tug'ilib qoldi. Noib u ijarachini nojo'ya harakatlari uchun sudga bermoqchi bo'lib, shu haqdagi ariza qanday bo'lishi lozim degan mazmundagi savollar bilan Shoshibushonga yopishib oldi. Shoshibushonning noibga maslahat bermagani-ku mayli-ya, ammo u qandaydir osoyishtalik va qat'iyat bilan Xorkumarga shunday so'zlar aytdiki, bu so'zlarni unga yoqib tushadi deb o'ylash aslo mumkin emas!
Xorkumarning ijarachilarga qarshi boshlagan hamma da'volari o'zining zarariga hal bo'ldi. Jig'ibiyroni chiqqan noib, raqiblarimga Shoshibushon yordam qilgan deb, nima bo'lsa ham, yigitchani qishloqdan chiqarib yuborish payiga tushdi.
Shoshibushonning ekin maydonlarida sigirlar yura boshladi, kimdir loviyalariga o't qo'ydi, yerlarining uvoti haqida nizolar paydo bo'ldi, Shoshibushonning ijarachilari ijara haqi to'lashdan bosh tortdilar va hatto, ustidan yolg'on maxfiy xabarlar yozmoqchi bo'ldilar; oxiri ish shu darajaga borib yetdiki, agar kechroq ko'chaga chiqquday bo'lsa, o'zini kaltaklab, uyiga o't qo'ymoqchilar, degan ovozalar ham tarqaldi.
Osoyishtalikni yaxshi ko'radigan yuvosh Shoshibu¬shon oxiri Kalkuttaga ketishga qaror qildi. U jo'nay deb turganda, qishloqqa okrug sudyasi kelib qoldi. Uning yugurdaklari, xizmatchilari, politsiyachilari, itlari, otlari va otboqari butun qishloqni larzaga keltirdi.
Bolalar, yo'lbars orqasidan kuzatib borgan chiyabo'ri galasidek, qiziqish va qo'rquv bilan sudya tushgan hovli atrofida to'dalashib yurardilar.
Noib janoblari mehmonnavozlikka ketgan xarajatlarini ortigi bilan qaytishini eslab, sud raisini tovuq, tuxum, yog' va sut bilan ta'minlab turdi. Noib janoblari favqulodda tirishqoqlik bilan, sud raisiga oziq-ovqatni keragidan ortiq yetkazib berdi, ammo bir kuni erta bilan sudning farroshi kelib, sohibning itlariga to'rt sher yog' talab qilganda, Xorkumarning toqati toq bo'ldi. Agar sohibning itlari mahalliy itlardan ko'ra ko'proq yog'ni uyalmay hazm etsalar ham, har holda bu qadar yog' ularning salomatliklariga ziyon qiladi deb, farroshni quruq qaytardi.
Farrosh borib o'z xo'jasiga: men noibning oldiga borib itlar uchun qaerdan go'sht sotib olish mumkin deb so'rasam, u ko'pchilik oldida past toifaga mansubligimni pesh qilib haydadi, nopisandlik qilib hatto sizga ham til tegizdi, dedi.
Sohiblar uchun braxmanlarning toifaviy g'ururi toqat qilib bo'lmaydigan hol edi, buning ustiga noib uning farroshini haqorat qilgan, bunga sud raisi chiday olmadi, darhol «noib chaqirilsin» deb buyruq berdi.
Noib titrab-qaqshab, kalima o'girib sohibning eshigiga keldi. Oyoq tovushlari eshitilganda sud raisi tashqariga chiqdi.
— Nega sen mening farroshimni haydab yubording? — deb qichqirib so'radi u ajnabiy talaffuz bilan.
Xorkumar ta'zim qilib, shoshilgan holda, o'zining hech vaqt bu xil bezbetlikka yo'l qo'ymasligini aytdi; to'g'ri, dastlab 4 sher yog' berishga ko'nmagan bo'lsa ham, keyin to'rt oyoqlilarga ezgulik qilish niyatida mazkur narsani topish uchun kishilar yuborgan.
Sohib kimni, qaerga yubording deb so'radi.
Xorkumar og'ziga kelgan birinchi ismni aytdi. Sohib inobatli kishilarga bu masalani aniqlashni topshirib, noibni o'z uyida olib qoldi, yuborilgan odamlar kechqurun kelib, hech kimni hech yoqqa yuborgan emas ekan, deb xabar qildilar. Endi sud raisida noibning so'zlari yolg'on, farroshning gaplari to'g'ri ekaniga shak-shubha qolmagan edi.
Sud raisi g'azab bilan qichqirib, farroshga buyurdi:
— Qani, qulog'idan cho'zib, uydan chiqarib yubor!
Farrosh fursatni boy bermay, atrofga to'plangan xalqning ko'z oldida sohibning buyrug'ini bajardi.
Bu haqdagi xabar darhol qishloqqa tarqalib ketdi. Haqoratlangan Xorkumar uyiga kelganda tomog'idan ovqat ham o'tmay, o'likday cho'zilib yotdi.
Xorkumarning lavozimi unga ko'pgina dushmanlar orttirgan edi, bu xabar ularni juda mamnun etdi. Ammo Kalkuttaga jo'nashga hozirlangan Shoshibushon bu
xabarni eshitganda g'oyat darg'azab bo'lib, tuni bilan uxlay olmadi.
Erta bilan u Xorkumarning uyiga keldi. Xorkumar Shoshibushonning qo'lidan ushlab o'pkasi to'lib yig'ladi.
— Haqorat da'vosi bilan sud raisini javobgarlikka tortish kerak. Men sening himoyaching bo'laman.
Sohibni sudga berish haqidagi fikrni eshitib, noib qo'rqib ketdi. Lekin Shoshibushon o'z fikrida turib oldi.
Xorkumar o'ylab ko'rish uchun fursat so'radi. Biroq o'zining xo'rlangani haqidagi ovoza hamma yerga tarqa¬lib, dushmanlari o'z quvonchlarini yashirmay yurganini bilgach, u ortiq chidab tura olmay, Shoshibushondan yordam so'rab keldi.
— Babu, mening eshitishimcha, nima uchundir sen Kalkuttaga ketishga qaror qilibsan. Bu fikringdan qayt. Qishloqda senday bir odamning bo'lishi bizlarni ruhlantiradi.
IV
Hamisha odamlardan yashirinb yurgan Shoshibushon bugun sudga keldi. Shoshibushonning gaplarini eshitib boigach, sud raisi uni o'z kabinetiga chaqirib, shunday dedi:
— Shoshu babu, shu ishni ovoza qilmay, o'zaro hal qila qolsak yaxshi bo'lmasmikin?
Shoshibushon zaif ko'zlarini qisgan holda stolda yotgan qonunlar to'plamining muqovasiga diqqat bilan nazar tashladi.
— Men o'z himoyam ostidagi odamga bunday maslahat bera olmayman. U xalq orasida haqoratlang'an. Shun¬day bo'lgach, qanday qilib bu ishni «ovoza qilmay hal etib» bo'ladi?
Qisqagina suhbatdan sohib shuni bildiki, bu kamgap, ko'zlari zaif odamni o'z yo'liga kiritishi oson emas ekan.
— Ol rayt , babu, ko'ramiz, qani bundan nima chiqar ekan.
Sud boiadigan kunni belgilab, rais chiqib ketdi.
Bu orada okrug sudining raisi zamindorg'a shunday deb yozdi:
«Sening noibing mening xizmatkorlarimni haqorat qildi. Bu bilan u menga hurmatsizlik ko'rsatdi. Unga munosib choralar ko'rishingga ishonaman».
Zamindor Xorkumarni chaqirib keltirdi. Xorkumar ham zamindorga bo'lib o'tgan voqeani batafsil so'zlab berdi. Buni eshitib zamindor juda g'azablanib ketdi.
— Axir, gapni cho'zib o'tirmasdan farroshga 4 sher yog'ni berib yuborsang bo'lmasmidi? Nima, bu bilan qashshoq bo'lib qolarmiding?
Xorkumar o'zining yanglishganini sezdi, darhaqiqat, bundan u hech ziyon qilmas edi. O'z aybiga iqror bo'lib, dedi:
— Ko'rinib turibdiki, men shu kun chap yonimdan turgan ekanman. Shuning uchun shunday ahmoqlik qilibman.
— Senga sohib ustidan shikoyat qilishga kim maslahat berdi?
— Marhamatlim, men shikoyat qilmoqchi emas edim. Bu mening hamqishlog'im Shoshining ishi. Uning sud ishlarida hech qanday tajribasi yo'q, bu g'ovg'ani mening roziligimsiz shu bola qo'zg'adi.
Zamindor Shoshibushondan qattiq xafa bo'ldi: bu yangi chiqqan ishsiz advokat nom chiqarish uchun har qanday oldi-qochdiga tayyor! U, ish darhol to'xtatilsin, deb noibga buyruq berdi.
Xorkumar sovg'aga bir qancha meva-cheva olib, okrug sudining raisi huzuriga keldi. Sohib ustidan shiko¬yat qilish mening ta'bimdagi ish emas, bu haligi ona suti og'zidan ketmagan hamqishlog'im advokat Shoshibushonning ishi, u menga hech narsa demasdan, o'zicha shunday behuda ishni boshlagan, dedi. Sohib buni eshitib, Shoshibushonning xatti-harakatidan benihoyat darg'azab bo'lib, noibning uzurlaridan to'la qanoat hosil etdi. U, garchi g'azab ustida noibga jazo berishga buyurgan bo'lsam-da, hozir o'z qilmishimga afsuslanyapman, dedi.
Sohib yaqinda bengal tilidan yaxshi imtihon bergani uchun hozir oddiy odamlar bilan oliy uslubda gaplashar edi.
— Men xafa bo'lganim yo'q, — dedi noib, — ma'lumki ota-onalar ham jahllari chiqqanda bolalariga jazo beradilar, ammo keyincha ularni tizzalariga o'tqizib erkalatadilar.
Okrug sudining raisiga va xizmatkorlariga keltirgan sovg'asini bo'lib bergach, Xorkumar mahalliy sud raisini ko'rish uchun uning oldiga bordi. Shoshibushonning yuzsizlarcha harakatini eshitgan sud raisi bunday dedi:
— Men ham taajjubda qoldim. Men hamisha noib babu aqlli odam degan fikrda edim, to'satdan menga: u kishi bu ishni bosti-bosti qilishga rozi emas, ishni sudga berish niyatida, dedilar. Men o'z quloqlarimga ishonmadim. Endi menga hamma narsa tushunarli...
Oxiri u noibdan, Shoshi Kongress a'zosi emasmi, deb so'radi. Xorkumar, kiprik qoqmay «ha», deb javob berdi.
Sohibning o'ziga xos tushunchasida bu ishlarning mohiyati ravshan edi: bular bari Kongressning qo'H bilan qilingan! Kongress agentlari yashirincha, har yerda ig'vo qilib, janjal chiqarishga imkoniyat qidirib yuradilar, so'ng buni «Amrita bazar» gazetasida bosib, hukumat bilan janjallashadilar. U o'ziga bir zarb bilan bu fitnachilarning hammasini bir yoqli qilishga yetarli huquq bermagani uchun hind hukumatini juda zaif hisoblar edi. Ammo Kongresschi Shoshibushonning nomini diliga tugib qo'ydi.
V
Olamda katta voqealar ro'y berganda, kichik voqealar ham och tomirlarini cho'zib, fursatni qo'ldan bermay, o'z huquqlarini talab etadilar.
Shoshibushon Xorkumar ishi yuzasidan harakat boshlab, katta kitoblardan shu ishga doir yo’l-yo'riq izlaganda, fikran o'z nutqini mashq qilar, guvohlarni takror so'roqqa chaqirar, hayajon bilan titrab, terga pishgan holda, o'zini sud majlisida, ko'p xalq orasida to'la g'alabaga erishganday tasavvur etardi, yosh shogirdi esa har kun belgili bir vaqtda uning eshigiga kelib turardi. Qizning qo'lida eski chorupat , siyoh bilan yozib to'latilgan daftar, o'z bog'laridan goh meva, goh gul, goh shirinlik olib kelardi. Birinchi kunlarda Shoshibushonning qandaydir suratsiz, vahimali kitob o'qiyotganini ko'rdi. Ilgari u qanday kitob o'qimasin, undan biror narsani Giribalaga tushuntirishga urinardi. Nahotki endi, shuncha ko'p katta, qora kitoblarda uning uchun ikki og'iz so'z topilmasa? Nahotki buning sababi kitoblarning kattaligida-yu, uning kichikligida bo'lsa!
Dastlab o'qituvchining diqqatini jalb qilish uchun ashula aytdi, so'ng xat yozdi, oxiri yozganlarini tebrana-tebrana bor tovushi bilan qichqirib o'qidi, — hech qanday natija chiqmadi. Qizcha katta qora kitobdan juda ham xavfa edi. Bu kitob unga qandaydir badburush, berahm, yovuz maxluqday tuyuldi. Uning tushunib bo'lmaydigan har bir sahifasi Giribalaga so'zsiz nafrat bilan qaragan qandaydir yomon odamning basharasiday ko'rinardi. Agar biror o'g'ri shu kitobni o'g'irlab ketsa, uni mukofotlash uchun Giribala ayasining sandiqchasidan butun shirinliklarni olib chiqqan bo'lar edi. Shu kitob nobud bo'lsin deb qiz bechora ne-ne duolar bilan xudolarga murojaat qilmadi. Ammo xudolar unga quloq solmadilar, shuning uchun men ham bu duolarning mazmunini o'quvchilarimga so'zlab o'tirishni lozim ko'rmadim.
Shunda xafa bo'lgan qizcha uch kungacha o'qituv-chisining oldiga bormaslikka qaror qildi. Keyin, ko'rgan choralarining natijasini aniqlash maqsadida yana bordi, — albatda, bu borish tamom boshqa ish bilan edi.
Yo'lda yashirincha Shoshibushonning derazasiga qaradi: endi Shoshibushon yonida u qora kitoblar yo'q edi. O'zi xona o'rtasida turib, qo'llarini cho'zib, derazaning temir-panjarisiga murojaat etib, chet tilda nutq so'zlardi. Ehtimol, u o'z nutqi sudlarning yuragini eritadimi — yo'qmi deb temirlarda sinab ko'rayotgandir. Hayotni faqat kitoblardan o'rgangan Shoshibushon agar qadim zamonlarda Demosfen, Sitseron, Bark, Sheridan kabi notiqlar o'z nutqlari bilan mo'jizalar ko'rsatgan bo'lsalar, so'z o'qlari bilan adolatsizlikni tor-mor etib, zo'ravonlikni fosh etgan, takabburni yerga qaratgan bo'lsalar, bizning zamonda ham imkondan xorij hech narsa yo'q-ku, deb o'ylar edi. U o'zining kichkina qishloqchadagi uyida turib, mansab mayidan mast bo'lgan bu inglizni butun dunyo oldida uyaltiraman, uni o'z qilmishlariga pushaymon bo'lishga majbur etaman deb o'ylardi. Osmonlardagi xudolar uni eshitib kuldilarmi yoki ularning ilohiy ko'zlaridan yosh to'kildimi — buni hech kim bilmaydi.
Shunday fikrlarga sho'ng'ib ketgan Shoshibushon, o'sha kuni Giribalaning kelganini sezmadi. Qizchaning etagida olxo'ri yo'q edi — u olxo'ri danaklarining ta'siriga ishonmay qo'ydi. Endi Shoshibushon beparvolik bilan: «Giri, bukun olxo'ri yo'qmi?» deb so'raganda, bu gap qizchaga xuddi masxaralaganday tuyulib: «Bor-e» deb, qochib ketardi. Bukun olxo'risi yo'qligidan mug'ambirlikka o'tdi. Birdan ko'zlarini uzoqlarga tikib, qattiq qichqirdi:
— Shorno, meni kutib tur, hozir boraman!
Erkak o'quvchilar bu gap qizchaning uzoqdan o'tib borayotgan dugonasiga qarata aytilgan deb o'ylashlari mumkin, lekin ayol o'quvchilar u yerda hech kim yo'qligini va bu gap yonginasida turgan yigitchaga aytilganini darrov fahmlaydilar. Hayhot bu mug'ambirlik ko'zlari zaif odamga hech kor qilmadi. Shoshibushon qizchaning so'zlarini eshitdi-yu, lekin ma'nosini anglamadi. U, qizchaning o'ynagisi kelyapti, deb o'yladi, uning esa, hozir qizcha bilan mashg'ul bo'lishga vaqti yo'q. Buning sababi shuki, u bugun ba'zilarning yuraklariga qadash uchun o'tkir so'z o'qlari izlamoq bilan band. Ammo kichkina qizchaning qo'li bilan otilgan o'qlar nishonga tegmagandek, olim odamning o'qlari ham nishonga tegmay, xato ketganini o'quvchilar biladilar.
Olxo'ri danaklarining bir yaxshi jihati shuki, ularni bi-rin-ketin ota bergach, bordi-yu to'rttasi xato ketganda ham, beshinchisi borib mo'ljalga tegishi muqarrar. Ammo Shorno o'ylab topilgan nom bo'lsa-da, «meni kut, men boraman» degandan keyin, bu yerda turish mumkin emas, mabodo joyida tura bersa, odamlar Shorno degan qizning borligiga shubha qiladilar. Shuning uchun, bu tadbir ham natija bermagach, Giribala darrov ketishga majbur bo'ldi. Ammo shuni ham aytish kerakki, uning harakatida dugonasini ko'rishga bo'lgan chin xohishning tabiiy quvonchlari sezilmas edi. U orqasiga qayrilmay, o'z izidan biror kishi kelyaptimi-yo'qmi, shuni bilishga tirishardi. Ketidan hech kim kelmayotganini sezgandan keyin ham, bir narsaga umid qilganday, yana orqasiga qayrilib qaradi, hech kimni ko'rmagach, xo'rlik va alam shiddatidan to'zg'ib ketgan charupatni yirtib-yirtib, o'zining so'nggi umidlari bilan birga yerga tashladi. Agar shu topda Shoshibushondan o'rgangan bilimlarini qaytarib berish yo'li topilsa, ularni ham yigitning eshigi oldiga olxo'ri danaklariday irg'itib ketardi. Qizcha Shoshibushon bilan ko'rishgungacha u o'rgatgan hamma narsalarni esdan chiqarishga qattiq qaror qildi. U holda, o'qituvchi undan so'raydi, u esa birortasiga javob qaytara olmaydi. Ha bittasigayam, bittasigayam. O'shanda u yigit o'zining qanday yomon ish qilganini payqaydi!
Alamdan Giribalaning ko'zlari jiqqa yoshga to'ldi. Hamma narsani unutganini bilib Shoshibushonning xafa bo'lishini o'ylaganida, qizchaning ezilgan yuragi birmuncha tinchlandi, ammo Shoshibushonning aybi bilan kelajakda nodon bo'lib qolishini o'ylaganida, baxtsiz Giribalaning o'ziga rahmi kelardi.
Osmonda bulutlar suzardi — yomg'ir fasli bosh-langanda bu xil bulutlarni har kun ko'rish mumkin.
Giribala yo'l bo'yidagi daraxt orqasiga bekinib, alamiga chidolmay yig'lab yubordi. Kuniga qancha qizlar shu xilda sababsiz ko'zyoshi to'kadilar. Bunda diqqatga sazovor hech narsa yo'q.
VI
Shoshibushonning yuridik izlanishlari va notiqlik mashqlari nechun behuda bo'lib chiqqani o'quvchilarga ma'lum: sudga berilgan shikoyat to'satdan qaytarib olindi. Xorkumar o'z rayoniga faxriy sudya etib tayin qilindi. Endi u kir chapkon kiyib, yog'i chiqqan salla o'rab, tez-tez sudga borar, shuning bilan birga har gal, sohib huzuriga kirib, unga ta'zim qilib chiqishni tark etmasdi.
Bir necha kundan keyin Shoshibushonning qora, katta kitobi Giribalaning qarg'ishiga uchradi, — uyning qorong'i bir burchagiga tashlab qo'yilgan, ustini chang bosib, esdan chiqib ketgan edi. Axir Giribala qaerda, bu mudhish kitobga bo'lgan e'tiborsizlikdan quvonadigan qizcha qaer¬da?
O'sha kuni Shoshibushon qonun to'plamini yopib qo'ygach, Giribalaning ketib qolganini fahmladi. U xayol surib, so'nggi kunlarda qizchaning qilgan harakatlarini esladi. U Giribalaning bir kun erta bilan soriysi etagida hali yomg'ir nami qurimagan bakul gullari ko'tarib kelganini esladi, o'shanda u qizchaga qayrilib ham boqmagan edi. Qizcha esa dastlab o'zini yo'qotayozdi, lekin keyincha soriysidan igna-ip olib, boshini egib, gullarni birin-ketin ipga tiza boshladi, u bu ishni juda sekin qilsa ham, oxiri rugatdi. Kun kechikib, Giribalaning uyga qaytish vaqti yetgan edi. Shoshibushon bo’lsa, hanuz o'qish bilan mashg'ul bo'ldi. Qiz g'oyat xafa bo'lib, gullarni divanda qoldirib chiqib ketdi. Yigitcha bu xil beparvolik qizning izzat-nafsiga tekkanini fahmlab qoldi. Qizcha esa uning oldiga kirmay qo'ydi, faqat ahyon-ahyonda uyi yonidan o'tib qolardi, xolos; oxiri qizcha butunlay kelmaydigan bo'lib qoldi, — bunga ham ancha vaqt bo'ldi. Qizchaning izzat-nafsi bu qadar e'tiborsizlikka bardosh bermasligi muqarrar edi. Shoshibushon chuqur uf tortib, go'yo bir narsasini yo'qotganday devorga suyandi. Endi uning kichkina shogirdi yo'q edi, o'qishga bo'lgan har qanday havasi ham yo'qoldi. U kitobni olib, ikki-uch sahifa o'qib yana joyiga qo'yar, yozishga kirishar, lekin minut sayin cho'chib, birovni kutganday ko'chaga qarar, yoza boshlagan narsasini tashlardi.
Shoshibushon Giribala og'rib-netib qolmadimikan deb qo'rqdi. Ehtiyot bilan surishtirib, havotirning o'rinsiz ekanini bildi. Giribalani yaqinda erga beradilar, shuning uchun uydan chiqishi mumkin emas.
Charupatni yirtib, loy ko'chaga tashlab kelgan kunining ertasiga, giri soriy etagiga shirinliklar solib, shoshilib uydan chiqdi. Havo dimligidan tuni bilan uxlamay chiqqan Xorkumar ilk sahardan beligacha yalang'och bo'lib olib, hovlida o'tirgan edi.
— Sen qayoqqa ketyapsan, — deb so'radi u Giridan.
— Shoshi amakimnikiga.
— Nima qilasan Shoshi amakinikida, bor, uyga kir! Shundan keyin uni so'ka boshladi; kap-katta qiz, yaqinda erga tegadi-yu, uyatni bilmaydi. Ana shundan keyin, unga ko'chaga chiqishni man qildilar. Endi ruxsat so'rash, yolvorish foydasiz. Bu hol qizning g'ururini poy-mol qildi. Mango mevasining quyuq sharbati, betel va limonlar qaytib o'z joyiga qo'yildi. Yomg'irlar boshlandi, bakul gullari to'kilmoqda, guavi mevalari daraxtda osilib yotibdi, pishib yerga to'kilgan olxo'rilami qushlar cho'qimoqda. Afsuski, to'zg'igan charupat ham endi yo'q bo'lib ketdi.
VII
Giribalaning to'yida surnaylar chalingan kuni, tantanaga taklif etilmagan Shoshibushon qayiqda Kalkuttaga tomon suzib ketdi.
Xorkumar o'z shikoyatini qaytarib olgandan beri, Shoshibushonni ko'rishga ko'zi yo'q edi. U, Shoshi mendan nafratlanadi, deb qattiq ishonardi. U o'zi tasavvur etgan bu nafratning minglab nishonalarini Shoshibushonning ko'zlarida, yuzlarida, xatti-harakatida ko'rdi. U o'zining bir vaqt xo'rlanganini qishloq aholisi allaqachon unutgan, faqat Shoshibushongina eslab yuradi, deb hisoblar, shuning uchun yigitchaning ko'ziga qarolmasdi. Shoshibushon bilan uchrashganda o'ng'aysiz holatda qolar, shu bilan birga, yigitchaga g'azabi kelardi. U, Shoshini qishloqdan ketkazaman deb ahd qildi.
Bunday odamni o'z uyidan chiqib ketishga majbur etish og'ir ish emas. Noib janoblari tez fursatda o'z murodiga yeta qoldi. Bir kun Shoshi qayiqqa kitoblari bilan bir necha temirsandiqni yukladi. Uni bu qishloqqa bog'lab turgan birdan-bir ip shu kungi to'y tufayli tamom uzildi. U, ilgari bu nozik ip qalbini naqadar mahkam o'rab olganini tasavvur etmas edi. Qayiq daryo sohili bo'ylab yurib, tanish daraxtlarning uchlari uzoqlarda ko'zdan g'oyib bo'la boshladi, to'y muzikasi borgan sari zaiflashardi, birdan yigitning ko'ngli buzilib, nimadir tomog'ini siqib keldi, chakka tomirlari tez-tez ura boshladi, nazarida butun olam aldovchi sarobday ko'rindi.
Qayiq oqim bo'ylab ketgan bo’lsa ham, qarshi tomondan esgan qattiq shamol yoini og'irlashtirar edi. Shu payt daryoda bir voqea yuz berib, Shoshibushon sayohatining to'xtalishiga sabab bo'ldi.
Yaqinda temir yo'lni qo'shni rayonlar bilan bog'laydigan yangi paroxod yo'li ochilgan edi. Paroxod parraklari bilan suvni to'lqinlantirib, pishqirgancha oqimga qarshi suzib kelardi. Unda yangi paroxod yoii boshqarmasining raisi yosh sohib va bir qancha passajirlar bo'lib, birmunchasi Shoshibushonning hamqishloqlari edi.
Qandaydir savdogar barkasi paroxodni quvib o'tishga intilib, goh o'zib ketar, goh orqada qolardi. Qayiqchi bu musobaqaga haddan tashqari qiziqib, birinchi yelkan ustiga ikkinchisini, ikkinchisi ustiga uchinchisini ko'tardi. Shamolning tazyiqidan uzun langar oldinga qarab egildi. Qayiq kesib o'tgan baland to'lqinlar uning bortlariga kelib urilar, barkas esa, suvliqni tishlab chopgan otday tez ke¬tar edi. Daryo bir oz qayrilib oqqan yerda barkas paroxod yo'lini kesib o'tish uchun shiddat bilan ilgari harakat qildi, paroxoddan o'zib ketdi. Panjaraga tirsagini tirab turgan sohib bu musobaqani zo'r qiziqish bilan kuzatib borardi. Barkasning yurishi tezlashib, paroxoddan jindak o'tganda, birdan sohib miltig'ini olib, shishib turgan yelkanni nishonga olib otdi. Yelkan yirtilib, barkas to'ntarildi. Pa¬roxod daryoning qayrilishida g'oyib bo'ldi. Boshqarma raisi nega bunday qildi, buni aytish qiyin. Biz, bengalliklar inglizlarning nimadan quvonishlarini sira anglay olmaymiz. Ehtimol, u hind barkasining musobaqadagi g'alabasiga chidamagandir; balki shishgan katta yelkanning bir lahzada burda-burda bo'lib ketishi uning uchun bir halovatdir; balki, dadil kemachaning o'yinini birdan buzishda, uning bir necha joyidan teshilishida biror iblisona lazzat bordir, — bilmadim. Ammo bir narsa shubhasiz: ingliz bu hazil uchun o'ziga hech narsa bo'lmasligiga qattiq ishonardi va to'g'risini aytganda, barkas egasini ham, komandani ham odam qatorida sanamas edi.
Sohib miltiqni olib otganda, barkas to'nkarilib g'arq bo’lganda, Shoshibushon shu hodisa ro'y bergan joyda bo'lib, hamma hodisani o'z ko'zi bilan ko'rdi. U ag'darilgan barkas oldiga darhol suzib borib, qayiqchi va eshkakchilarni halokatdan qutqazdi. Faqat bir kishini qutqazib bo'lmadi — u, falokat yuz bergan chog'da barkas ayvonchasi ostida ziravor yanchib o'tirgan ekan.
Shoshibushonning tomirlarida qon qaynab ketdi. Adolat favqulodda sekin harakat qiladi, u xuddi katta va murakkab mashina: hamma «tarafdor» va «qarshilarni» o'lchab, dalillar to'playdi va to'la sovuqqonlik bilan jazo beradi, unda odam yuragiday yurak yo'q. Ammo Shoshibushonning nazarida jazo bilan g'azabni bir-biridan ayrib qarash — to'qlikni ochlikdan, xohishni qanoatdan ayrib qarash kabi g'ayritabiiy bo'lib ko'rindi. Ko'p jinoyatlar borki, ular tomoshabindan tezda biror chora ko'rishni talab etadi, aks holda, u tomoshabin o'z qalbida yashiringan samoviy jazoga giriftor bo'ladi. U holda adolatga ishonib o'zini tinchitish kishini uqubatli andishaga soladi. Biroq adolat mashinasi ham paroxod boshqarmasi raisini Shoshibushondan uzoqqa olib ketdi. Jamiyatning bu voqeada nima foyda qilganini bilmayman, lekin Shoshibushonning «hind g'ussadorligini», shubhasiz, kuchaytirdi.
Shoshi o'zi xalos etgan kishilar bilan qishloqqa qaytdi. Barkas yuksiz yotardi. Uni chiqarib olish uchun kishilar yubordi va qayiqchiga boshqarma raisi ustidan sudga shikoyat qilishni taklif etdi.
Qayiqchi rozi bo'lmadi.
— Qayiq-ku g'arq bo'ldi, nima, men endi o'zimni ham g'arq qilaymi?— dedi u.— Avvalo, buning uchun pul to'lash zarur, so'ngra, ishni tashlab, yemoq, uxlamoqni unutib, buning orqasidan sudma-sud yurish kerak, bundan tashqari, sohibga qarshi boshlangan bu ishning nima bilan tamom boiishini bir xudodan bo'lak hech kim bilmaydi.
Oxiri Shoshibushonning advokatligini, sud xarajatlarini uning o'zi to'lashga tayyorligini va hamma faktlar uning foydasiga ishlab, sud qayiqchining ko'rgan ziyonlarini to'lashga hukm chiqarishi muqarraligini bilgandan keyin, qayiqchi rozi bo'ldi. Biroq, Shoshibushonning paroxodda kelgan hamqishloqlari sudda guvohlik berishga rozi bo'lmadilar. Ular Shoshibushonga bunday dedilar:
— Janob, biz hech narsani ko'rganimiz yo'q, biz paroxodning boshqa tomonida edik, suvning sharillashi va roashinaning pishqirishidan miltiq tovushini eshitganimiz ham yo'q.
Yuragida vatandoshlarini la'natlab, Shoshibushon boshqarma raisi ustidan o'zi shikoyat qildi.
Guvohlarga ehtiyoj ham sezilmadi. Boshqarma raisi miltiq otganiga chindan iqror bo'ldi. U bunday dedi: osmonda qator turnalarni ko'rib, nishonga oldim. Paroxod g'oyat tezlik bilan yurib, miltiq otilgan paytda daryoning qayrilib oqadigan yeriga kelib qolgan edi. Binobarin, qarg'ani o'ldirdimmi, turnani otdimmi yoki barkasni g'arq qildimmi, bilolmadim. Havoda va yerda ov to'lib yotganda, hech bir aqlli odam, garchi bir o'q chorak paysa tursa ham uni bekorga xayf qilib, iflos lattaga otmaydi.
Sohib oqlandi va sigaret tutunini buraqsatib, karta o'ynash uchun klubga ketdi. Ziravor yanchib turgan odamning o'ligini hodisa yuz bergan joydan to'qqiz mil narida, to'lqin qirg'oqqa chiqarib tashlagan joydan topib oldilar. Shoshibushon ko'ngli buzilgan holda qishlog'iga qaytib keldi.
U qaytib kelgan kuni Giribalani qaynatasinikiga olib borish uchun qayiqlar tayyorlangan edi. Garchi Shoshibushonni hech kirn taklif etmagan bo'lsa-da, u daryo sohiliga keldi. Pristan yonida odamlar to'plangan edi, u odamlardan bir oz nariroq o'tib turdi. Qayiq pristandan jo'nab, uning oldidan suzib o'tganda, u bir lahzagina kelinni ko'rib qoldi; u gamto bilan o'ragan boshini pastga egib o'tirardi. Giribala uzoq vaqtgacha, biror yo'l topib, ketish oldida Shoshibushon bilan ko'rishib qolarman, deb umid qilgan edi, endi bo'lsa, u sho'rlik o'qituvchisi yaqinida — sohilda turib unga qarayotganini bila olmadi. U biror marta boshini ko'tarmay, tovushsiz yig'lar, ko'z-yoshlari yuzlaridan oqib tushar edi.
Qayiq borgan sari olg'a qarab suzib, nihoyat, ko'zdan g'oyib bo'ldi. Ertangi quyosh nurlari suvda porlay boshla-di, yonginada, mango daraxti shoxida, papiyar qushi baland tovush bilan o'zining intihosiz qo'shig'ini kuylay ketdi, qayiqchilar yuklarni bir sohildan ikkinchi sohilga o'tkaza boshlashdi. Pristanga suvga kelgan xotinlarning qaynatasinikiga ketishini muhokama qilar edilar. Shoshibushon ko'zoynagini olib, jiq yoshga to'lgan ko'zlarini artdi. Shundan so'ng, yo'l bo'yidagi, derazalari temirpanjarali uyiga ketdi. Birdan uning qulog'iga Giribalaning tovushi eshitilganday bo'ldi: «Shoshi amaki!» Ajabo, qaerda u, qaerda? U hech yerda ko'rinmaydi! Na uyda, na ko'chada, na qishloqda — u faqat yigitning g'am-hasrat bilan to'lgan qalbida edi.
VIII
Shoshibushon narsalarini yig'ishtirib yana Kalkuttaga jo'nadi. Kalkuttada uning hech qanday ishi yo'q, sirasini aytganda, borishga ham ehtiyoj yo'q edi. Binobarin, u temir yo'l bilan emas, daryo bilan jo'nashga qaror qildi.
Yomg'ir faslining avji qizigan chog'i. Bengaliyani minglab sersuv anhorlar to'rday qamrab olgan. Gurkuragan yam-yashil Bengaliyaning qon tomirlari limmo-lim, hamma joyda mo'l maysa, lionlar, ko'katlar, nihollar, sholi, jut va shakarqamishi barq urib bosh silkimoqda.
Daryoning Shoshibushon qayig'i suzib borayotgan egri-bugri tor shoxobchasi limmo-lim to'lgan, suv qirg'oqlar bilan baravar bo'lib, sohildagi pichanzorlami, ayrim o'rinlarda don ekinlarini suv bosgan edi. Suv bambuk novdalari o'sgan, mango bog'laridan iborat qishloq qo'ralariga juda yaqin kelgan go'yo xudolar Bengaliyadagi barcha daraxt tomirlari ostidan ariq o'tkazishga g'amxo'rlik qilgandek tuyulardi.
Sayohat boshlanganda, yomg'ir suvida yuvilgan daraxtlar quyosh nurida porlab turardilar, biroq tezda bulut to'planib, yomg'ir yog'a boshladi. Qaysi tomonga boqmang — hamma narsa qayg'uli va chirkin.
Toshqin vaqtida atrofi suv bilan o'ralgan tor va iflos qo'tonga qamab qo'yilgan sigirlar shikoyat etganday ter-milib, sabr bilan yomg'irda iviganday, Bengaliya ham qadam bosib bo'maydigan loy-balchiq va zax changalzorda xomush va g'amgin ivimoqda edi. Dehqonlar ko'chaga chiqqanda boshlarga toka ilib chiqadilar; xotinlar sovuq va shamoldan junjikib, shoshilgan holda ro'zg'or ishlari bilan uydan-uyga yuguradilar yoki ehtiyot bilan qadam bosib, ich-ichlarigacha ivib, daryoga suvga boradilar, uyda qolgan erkaklar eshik oldida o'tirib tamaki chekadilar; ular faqat zarur bo'lgan paytlardagina bellariga ro'mol o'rab, tuflini qo'lga olib, boshlariga shamsiya tutgan holda ko'chaga chiqadilar; quyosh qovjiratgan, yomg'irga bo'kkan bu mamlakatda shamsiyani xotinlarga berish yaxshi an'analar jumlasiga kirmaydi.
Yomg'ir bo'shashmadi. Qayiq ayvonchasida o'tirib bezor bo'lgan Shoshibushon poezd bilan ketishga qaror qildi. U, bir daryo ikkinchi daryoga quyiladigan joyda qayiqni qirg'oqqa bog'lab, ovqat qidirib ketdi.
Oqsoq odam chuqurga tushib ketar ekan, bunga faqat chuqur aybli emas, — oqsoqning oyog'i ham hamisha chuqurga qarab tortadi. O'sha kuni Shoshibushon buni juda yaxshi isbot qildi.
Ikki daryoning bir-biriga quyiladigan yerida baliqchilar to'r solib, uni qirg'oq yaqinidagi bambuk daraxtiga bog'lab qo'ygan edilar. Faqat bir joydagina qayiq o'tishi uchun yo'l qolgan edi. Baliqchilar uzoq vaqtlardan beri shu yo'sinda baliq ovlab, shunga munosib soliq to'lardilar. Baxtga qarshi, bosh politsiya amaldoriga, birdan, xuddi shu yo'ldan suzib o'tishga to'g'ri kelibdi. Uning qayig'ini uzoqdan ko'rgan baliqchilar, qichqirib, uni to'r solinganidan ogohlantirib, yo'l ko'rsatdilar. Ammo sohibning qayiqchisi kishilar yaratgan to'siqlar bilan hisob-lashishga o'rganmagan, u qayiqni to'ppa-to'g'ri to'rga qarab burdi, to'r suvga botib, qayiq uning ustidan o'tdi, biroq eshkak ilinib qoldi. Uni ajratish uchun bir oz vaqt va harakat zarur edi.
Sohibning qahr-g'azabi jo'sh urib, qayiqni to'xtatishga farmon berdi. Uning yuzlaridagi g'azabni ko'rib baliqchi¬lar tumtaraqay bo'lib qochib ketdilar. Sohib o'z eshkakchilariga, to'rni qirqib tashlanglar, deb buyurdi. Ular yetti-sakkiz yuz rupiya turadigan to'rni bir nafasda kesib, burda-burda qilib tashladilar. Sohib g'azabini bir daraja bosib, baliqchilami tutib kelishga buyurdi. Politsiyalar qochgan baliqchilami topolmay, duch kelgan to'rt odamni tutib keldilar. Ular qo'llarini ta'zim vaziyatida tutib, sohibga yolvorib, qo'yib yuborishni so'radilar va hech narsadan xabarlari yo'qligini so'zlab uni ishontirishga urindilar. Politsiya boshlig'i asirlami o'zi bilan olib ketishga buyurdi. Shu paytda ko'zlarida ko'zoynak, ustidagi ko'ylakning tugmalarini solishga ulgurmagan Sho¬shibushon tuflisini shapillatib, hansiragancha sohibning qayig'i oldiga chopib kelib, qaltiragan ovoz bilan dedi:
— To'mi kesishga va bu to'rt odamni qiynashga sizning hech qanday haqqingiz yo'q!
Katta amaldor unga hind tilida qo'pol javob berdi. Shu paytda Shoshibushon qayiqqa sakrab tushdi-da, sohibning ustiga otilib, uni yosh boladay, jinniday do'pposlab ketdi.
So'ngra nima bo’lganini u eslamaydi. Ko'zini ochib o'zini politsiya uchastkasida ko'rdi, u yerdagi muomalalardan uning ma'naviy qanoat hosil qilishi yoki jismoniy yengillik his etishi ehtimoldan uzoq edi, deb gapirishga ehtiyoj bo'lmasa kerak.
IX
Shoshibushonning otasi advokat yollab, o'g'lini kafilga olishga muvaffaq boidi. Shundan so'ng sud protsessiga doir tashvishlar boshlandi.
To'rlari qirqib tashlangan baliqchilar Shoshibushon yashagan okrugda istiqomat qilib, o'sha zamindorga mute edilar, ular baxtsizlikka uchraganda Shoshibushonning oldiga yuridik maslahat so'rab kelardilar. Sohib tutib ketgan boyagi to'rt kishi ham Shoshibushonning tanishlari edi.
Shoshi hamqishloqlarini chaqirib, ularni shu mojaroga guvoh tariqasida ko'rsatish niyatida ekanini aytdi. Ular haddan tashqari qo'rqib ketdilar: axir ularning oilalari, bolalari bor, bordi-yu, politsiya bilan janjallashib qolsalar, ularni bu balodan kim qutqazadi?
Axir, har kimning birgina joni bor! To'g'ri, ular zarar ko'rdilar, biroq, hozir uni qaytarib bo'lmaydi, endi ko'ra-bila turib guvohlik berish —bu baloga giriftor bo'lishning o'zi-ku!
— Janob, sen bizni katta musibatga duchor qilding, — der edi ular.
Uzoq cho'zilgan gap-so'zlardan keyin, ular bo'lgan haqiqatni batamom so'zlab berishga rozi boidilar.
Xorkumar bir ish bilan sudga borib, sohiblarga salom berish niyatida idoraga kirganda, politsiya boshlig'i kulib turib unga:
— Noib-babu, eshitishimcha, sening ijarachilaring politsiyaga qarshi yolg'on guvohlik berar emishlar? — dedi.
Noib qo'rqib ketdi:
— Qanday, yo'q, bunday bo'lishi mumkin emas! Bu iflos toifaning bolalari juda ham yuzsiz-da!
Sudda advokat Shoshibushonni himoya qila olmagani tez fursatda gazetadan ma’lum bo'ldi.
Baliqchilar birin-ketin turib, politsiya boshlig'i to'rni qirqqani yo'q, bizlami otlarimizni yozib oldi, xolos, dedilar.
Bugina emas. Shoshibushonning bir necha hamqishloqlari, biz o'sha kuni to'y munosabati bilan daryoda sayohat qilib, voqea yuz bergan joyning yaqiniga borib qolgan edik; Shoshibushonning birdan politsiya sohibiga tashlanib, uni bekordan-bekor urganini o'z ko'zimiz bilan ko'rdik, — dedilar.
Shoshibushon o'zi tahqirlangach qayiqqa tushib sohibni urganiga iqror bo'ldi. Lekin buning bosh sababi sohibning to'rni kesishi va aybsiz to'rt baliqchini qamashi edi.
Bunday sharoitda Shoshibushon ustidan chiqarilgan hukmni adolatsiz deb hisoblash mumkin emas. Hukm qat'iy bo'lib, Shoshibushon bir necha xil jinoyatda ayblangan edi: birovni urish, qayiqqa bostirib kirish, politsiyaning qonuniy harakatiga qarshilik ko'rsatish va hokazo... har qaysisining isboti uchun yetarli dalillar bor edi.
Shoshibushon sevikli kitoblarini kichik uyida qoldirib, besh yil muddatni turmada o'tkazishga majbur edi. Uning otasi oliy sudga shikoyat qilmoqchi bo'lganda, Sho¬shibushon qat'iy qarshilik ko'rsatib, bunday dedi:
— Turmaga borishim ham yaxshi. Temir zanjirlar yolg'on so'zlamaydi, turma devoridan tashqaridagi «ozodlik» esa meni aldab, musibatga giriftor qildi. Agar odamlar haqida so'z borarkan, shuni aytish kerakki, turma tor bo'lganidan u yerda yolg'onchilar, qalloblar, himmatsiz va nomard kishilar ozodlikdagiga nisbatan ancha oz.
X
Shoshibushon qamalganidan keyin tez orada otasi o'ldi. Uning boshqa hech kimi qolmadi. To'g'ri, bir akasi bor edi, ammo u uzoq vaqtlardan beri Markaziy Viloyatlarda ishlaydi. U yerda uy solib, xotin-bola-chaqalik bo'¬lib ketgan, vataniga qaytishga taraddud qilmasdi. Shoshi¬bushonning bu yerdagi hamma mulklarini noib Xorkumar turli hiylayu nayranglar bilan o'zlashtirib olgan edi.
Taqdirning xohishi bilan Shoshibushon turmada boshqalardan ko'proq azob-uqubat chekdi. Nima bo'lsada, bu uqubatli besh yil o'tib ketdi.
Yana yog'ingarchilik davri boshlangan edi. Shoshi¬bushon ozib-to'zib, ko'ngli cho'kkan holda turmadan chiqdi. U ozod bo'ldi. Turma devorlaridan tashqarida uning shu ozodlikdan boshqa hech narsasi, hech kimsasi yo'q edi. Jamiyatdan haydalgan, uysiz, yolg'iz Shoshibushonga bu keng dunyo boshpanasiz bir biyobondek tuyuldi.
U tik turib, hayotning uzilgan ipini qanday qilib ulash, nimadan boshlash haqida fikr yuritardi. Qo'qqisdan uning oldiga juft ot qo'shilgan katta kareta kelib to'xtadi. Uning ichidan chiqqan xizmatkor:
— Sizning ismingiz Shoshibushonbabumi? — deb so'radi.
— Ha.
Xizmatkor kareta eshigini ochib, o'zi eshik yonida, uning o'tirishini kutib turdi.
— Siz meni qaerga olib bormoqchisiz? — so'radi Shoshibushon ajablanib.
— Sizni mening xo'jayinim taklif etgan. O'tkinchilarning qiziqib qarashlariga toqat qilib bo'lmasdi, shuning uchun Shoshibushon xizmatkor bilan ortiqcha so'zlashib turmay, karetaga o'tirdi. «Shubhasiz, bu yerda qandaydir anglashilmovchilik bo'layotir, — deb o'yladi u, — ha mayli, axir qaerga bo'lmasin ketish kerak-ku. Ehtimol, bu xato mening yangi hayotimning boshlanishi bo'lar».
O'sha kuni ham osmonda quyosh bilan bulutlar o'ynamoqda edi; yomg'ir suvi bilan to'lgan yo'l bo'ylab cho'zilib ketgan to'q-yashil sholilar nur bilan soyalarning almashinuvidan rang-barang bo'lib tovlanardi. Bozor yonida eski kareta qiyshayib turar, uning yaqinidagi oziq-ovqat do'koni oldida, vishnu qalandarlari gupijontra va do'mbira tovushiga jo'r bo'lib kuylar edilar:
Qayt, sultonim, qaytl
Qayt, intizor, chanqoq qalbimga!
Kareta olg'a ketar, ashula esa, borgan sari uzoqdan eshitilardi:
Qayt, berahm, qayt, nozigim, qayt!
Qayt, go'zalim, bahor kunlaridek qalbimni yorit!
Ashula endi zo'rg'a eshitilar, so'zlarini anglab bo'l¬masdi. Ammo ashulaning maqomi Shoshibushonni hayajonlantirardi, she'rlarni birin-ketin eslab, ashulani to'xtatishga kuchi yetmaganday, o'zicha sekin xirgoyi qila boshladi:
Abadiy baxtim, qayt!
Qayt, mangu kulfatim!
Qayt, baxtu kulfatim, azobu davlatim, qayt!
Qayt, bir umr mushtoq etgan, abadiy sevgilim, qayt!
E, bevafo, og'ushimga qayt!
Qo 'ynimga qayt, ko 'z uyimga qayt!
Tushlarimga, xayolimga qayt!
Qayt, kulbamga, quvonchimga, hayotimga qayt,
Kulgimga qayt,
Ko 'zyoshimga qayt!
G 'ururimga, xotiramga, hurmatimga qayt!
Ishonchimga', nomusimga, ishlarimga qayt!
Tashvishimga, hayotimga, o 'limimga qayt!
Kareta, atrofi o'ralgan bir boqqa kirib, ikki qavatli, imorat oldida to'xtadi. Shoshibushon ham ashula aytishdan to'xtadi.
U biror narsa haqida so'rab-netib turmay, xizmatkor orqasidan keta berdi.
U kirgan xonada devor bo'ylab qo'yilgan oynali shkaflarda rang-barang muqovali kitoblar qator terib qo'yilgan edi. Bularni ko'rib, u o'zini turmadan ikkinchi daf’a ozod bo'lganday his etdi. Muqovalari oltin naqshlar bilan bezatilgan bu chiroyli kitoblar, unga nariyog'ida baxt dunyosi yashiringan, qimmatli toshlar bilan bezatil¬gan tanish darvozaday tuyuldi.
Stol ustida bir narsa turar edi. Ko'zlari uzoqdagini ilg'amaydigan Shoshibushon egilib, toshtaxta ustiga qo'yilgan bir necha eski daftarlar va Dosning eskirib to'zg'igan «Dxarapat», «Kotxamala» va «Mahobhorata» nomli kitoblarini ko'rdi. Toshtaxtaning yog'och ramkasiga katta harflar bilan siyohda Shoshibushonning qo'li bilan «Qizcha Giribalaga» deb yozilgan edi. Shu ism uning qalami bilan daftarlarga va kitoblarga ham yozil¬gan.
Shoshibushon qaerga kelganini fahmladi. Uning yura-gi qattiq ura boshladi. U ochiq derazaga qaradi, hayhot, bu nima? O'sha derazalari temirpanjarali uy, o'sha o'nqir-cho'nqir qishloq yo'li, o'sha yo’l-yo'l soriy kiygan qizcha... O'zining o'sha davrdagi osoyishta, sokin hayoti. Bu baxtli hayotda odatdan tashqari bir holat yo'q edi: ko'zga tashlanmaydigan kichik ishla, ozgina baxt bilan shukuh qilib kun kechirar, uning hayotidagi ahamiyatsiz voqealar, shaxsiy mashg'ulotlar orasida yosh qizchani o'qitish mashqlari alohida ajralib turardi. Biroq yoi bo'yidagi uyda yolg'izlikda kechirgan hayoti, u osoyishtalik, u ozgina baxt, u kichkina qizchaning yorug' chehrasi — mana shular hammasi uning ko'z o'ngida, bevaqt, o'rinsiz yalt etgan tutqich bermas samoviy orzulardek ko'rindi. U kunlarning xotiralari bu kungi g'amgin ertaning nuri va vishnuparastlar qo'shig'ining hazin ohangi bilan qo'shilib, yuragida go'zal maqom singari jaranglar edi. Bir tomoni changalzorga qarab ketgan tor, iflos yoi ustida xafa bo'lib turgan qizchaning g'amgin, lekin mag'rur chehrasi uning ko'z oldida xudoning qudrat qoii bilan yaratilgan eng go'zal suratday namoyon bo'ldi. Yana ashulaning yurakni ezadigan sadosi eshitildi. Uning nazarida, bu qishloq qizining yuzida butun olamning chorasiz g'am-g'ussalari aks etganday tuyuldi. Yuzini qoilari bilan berkitib, tirsaklarini stolga, shu toshtaxtaga, daftar va kitoblarga tirab, o'tmishning xotiralarini o'ylab ketdi. Yengil oyoq tovushi eshitildi. U boshini ko'tardi. Uning qarshisida kumush barkashda meva va shirinliklar ko'targan Giribala so'zsiz kutib turardi. Hech qanday bezaksiz, oq, tul xotin libosi kiygan Giribala uning oldida tiz cho'kdi va bosh egib ta'zim qildi.
Giribala o'rnidan turgach, azob tortib, ozib-to'zigan Shoshibushonga muhabbat bilan nazar soldi, ko'zlari yoshga toiib, yuzlaridan oqib ketdi.
Shoshibushon, odatdagidek, avval qizning salomatli-gini so'ramoqchi edi, biroq biror so'z ham ayta olmadi. Uning ko'zyoshlari tomog'iga kelib tiqildi, — yig'i bilan to'kilmagan ko'zyoshlari, aytilmagan so'zlar yurakda yig'ilib, go'yo qotib qoldi...
Ziyoratchi, qalandarlar uy qarshisida to'xtalib, takror va takror kuylardilar:
Qayt, o, qaytl
Rabindranat Tagor. Nur va soyalar (hikoya)
1894-yil